|
Termiz davlat pedagogika instituti
|
bet | 1/6 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 45,57 Kb. | | #157221 |
Bog'liq Texnologik jarayonlarni loyihalash fan dastur
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
“TASDIQLAYMAN” ____________ A.B.Xasanov
2023 yil “___”___________
|
TEXNOLOGIK JARAYONLARNI LOYIHALASH
FANINING O’QUV DASTURI
Bilim sohasi:
|
100000 – Ta’lim
|
Ta’lim sohasi:
|
110000 – Ta’lim
|
Ta’lim yo’nalishi:
|
60112300 – Texnologik ta’lim
|
Fan/modul kodi
TJL308
|
O’quv yili
2023-2024
|
Semestr
6
|
Kreditlar
4
|
Fan/modul turi
Tanlov
|
Ta’lim tili
O’zbek
|
Haftadagi dars soatlari
4
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg’ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Texnologik jarayonlarni loyihalash
|
60
|
60
|
120
|
2.
|
I. Fanning mazmuni
Fanni o’qitishdan maqsad – tikuv buyumlarini ishlab chiqarishning zamonaviy strukturasi, texnologik jarayonlarni loyihalashga qo’yilgan umumiy talablar, asosiy bosqichlari, texnologik oqimlarni tashkil qilish asoslari va ularning tavsifi, tikuv korxonalarining asosiy sexlari va ularning vazifalari berilgan. Tikuv buyumlarini ishlab chiqarishda avtomatlashtirilgan tizimlarni qo’llash, gazlamalarni bichishga tayyorlash va ularni ratsional bichish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi - Yangi kam operatsiyali texnologiyalar yaratish tikuvchilik buyumlariga ishlov berishni takomillashtirishdagi istiqbolli yo’nalishlarini, yuqori sifatli kiyimlarni ommaviy tikishning kompleks avtomatlashgan korxonalarini yaratish, jumladan, ishlab chiqarishning tayyorlov-bichish, tikish va pardozlash bo’limlaridagi tayyor mahsulotni o’rash va saqlash joylaridagi asosiy texnologik jarayonlar uchun hisoblash texnikasi, mikroprotsessor vositalaridan keng foydalaniladigan maxsus ixtisoslashgan sistemalar, liniyalar, robotkomplekslar, yangi yarim avtomat tikuv uskunalari ishlab chiqish ko’nikmasini shakllantirish.
|
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu: Texnologik jarayonlarni loyihalashga umumiy talablar.
Texnologik jarayonlarni loyixalashtirish uchun boshlang’ich ma’lumotlar. Kiyim tikishning va ta’mirlashning texnologik tartibini tuzish. Tikuvchilik korxonalari faoliyati. Texnologik jarayonlarni zamonaviy loyihalash. Tikuv buyumlari assortimentining shakllanishi. Turli tikuvchilik korxonalarining ishlab chiqarish bo’limlari.
2-mavzu: Texnologik jarayondagi buyum modelini, gazlamasini,
asbob-uskunalarini tanlash.
Zamonaviy moda yo’nalishi asosida kiyim modelini tanlash. Zamonaviy moda yo’nalishi asosida kiyimga gazlama tanlash. Asbob-uskunalarni tanlash.
3-mavzu. Ishlab chiqarish oqim shakl va turini tanlash
Texnologik oqim tushunchasi. Ishlab chiqarish oqimlarini tashkil qilishning shakllari. Ishlab chiqarish oqimlarini tashkil qilishning turlari.
4-mavzu. Tikuv sexlarida texnologik jarayonlarni loyihalash
Tikuvchilik sanoatida ishlab chiqarishni tashkil etish. Ishlab chiqarishda oqim usulidan foydalanish. Oqim takti.
5-mavzu. Texnologik oqimning asosiy bosqichlari
Texnologik oqimni loyihalash bosqichlari. Texnologik oqimni loyihalashning birinchi va ikkinchi bosqichlari. Texnologik oqimni loyihalashning uchinchi va to’rtinchi bosqichlari.
6-mavzu. Texnologik oqimlarni tashkil qilish asoslari va ularning tavsifi.
Oqimning klassifikatsiyasiga qisqacha tavsif. Oqimning texnika bilan jihozlanishi. Texnologik oqimda ishni tashkil qilish turlari. Konveyerli va konveyersiz oqimlarga izoh. Texnologik oqimning quvvati. Texnologik oqimning tuzilishi. Texnologik oqimda ishlab chiqariladigan modellar soni. Texnologik oqimlarning ta’minlanishi. Buyumlarni ishga tushirish usullari. Kam seriyali texnologik oqimlar.
|
|
| |