|
-mavzu: Tashkiliy operatsiyalarni komplektlash shartlari
|
bet | 3/6 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 45,57 Kb. | | #157221 |
Bog'liq Texnologik jarayonlarni loyihalash fan dastur14-mavzu: Tashkiliy operatsiyalarni komplektlash shartlari
Tashkiliy operatsiyalarni komplektlash shartlari. Agregat-guruhli oqimlar uchun moslik tenglamasi. Konveyerli oqimlar uchun moslik tenglamasi.
15-mavzu: Bir modelli oqimlarning texnologik sxemasi
Tashkiliy operatsiyalarni shartlar asosida bo’linmas operatsiyalarni komplektlash. Bir modelli oqimning texnologik sxemasini tuzish.
III. Amaliy mashg’ulotlari buyicha ko’rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg’ulotlarda talabalar texnologiya fani o’quv dasturlari materiallari mazmuni bilan chuqur tanishadilar, ulardan foydalanishni o’rganadilar, taqvimiy mavzuli reja, o’quv ishlab chiqariladigan mahsulotlar ro’yxati, fanlararo bog’lanish rejasi, o’quv dasturidagi aniq mavzularga doir dars rejasini tuzish va shu mavzular bo’yicha konspekt yozishni o’rganadilar.
Amaliy mashg’ulotlarga tavsiya etiladigan mavzular.
Kiyim modellarini tanlash va asoslash. Zamonaviy moda yo’nalishi asosida kiyim modelini tanlab eskizini chizish. Tanlangan modelning tashqi ko’rinishiga tasnif yozish. Tanlangan model uchun spetsifikatsiya jadvalini to’ldirish.
Gazlama tanlash va asoslash. Kiyim modeli uchun gazlama tanlash. Kiyim modeli uchun tanlangan gazlamani asoslash. Tavsiya etiladigan materiallar tavsifi jadvalini to’ldirish konfeksion xarita tayyorlash.
Ishlov berish usullari va jihozlarni tanlash. Ishlov berish usullarini tanlash va tikib-ulash uchun qo’llaniladigan choklar jadvalini to’ldirish. Zamonaviy jihozlarni tanlash va mashinalar tavsifnomasi jadvalini to’ldirish. Namlab-isitib ishlov berish jihozlarini tanlash, namlab-isitib ishlov berish jadvallarini to’ldirish.
Texnologik oqimlar uchun texnologik ketma-ketlik tuzish. Bir modelli texnologik oqimlar uchun texnologik ketma-ketlik tuzish.
Ko’p modelli texnologik oqimlar uchun texnologik ketma-ketlik tuzish.
Bo’linmas operatsiyalarning vaqt sarflarini tanlash va hisoblash. Bo’linmas operatsiyalarning mutaxassisligi va razryadni belgilash.
|
| |