• E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
  • Termiz davlat pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo’nalishi 22-07-guruh 1-kurs magistranti Chorshanbiyeva Nozimaning “ Terminologik lug’atlarni tuzish nazariyasi va amaliyoti” fanidan tayyorlagan taqdimoti




    Download 0.88 Mb.
    Sana25.06.2023
    Hajmi0.88 Mb.
    #75664
    Bog'liq
    Chorshanbiyeva Nozima PPT
    Aniq integralning tatbiqlari Reja-fayllar.org, 3-AMALIY.K.T

    Termiz davlat pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo’nalishi 22-07-guruh 1-kurs magistranti Chorshanbiyeva Nozimaning “ Terminologik lug’atlarni tuzish nazariyasi va amaliyoti” fanidan tayyorlagan TAQDIMOTI

    Mavzu: Globallashuv va integratsiya davrida tillararo munosabatlarning terminologiyada aks etishi


    Globalllashuv, internet va kompyuterlashtirish asrida O‘zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyati safidan o‘rin olishi davlatlararo iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va sh.k. aloqalamingqizg‘in,jadalsur’atIar bilan rivojlanishiga olib keldi.
    Bunday munosabatlaming ijobiy natijalari nafaqat ijtimoiy-siyosiy, madaniy-iqtisodiy hayotda, shuningdek, tilda ham o‘z ifodasini topmoqda. So‘nggi yillarda o‘zbek terminologiyasi tayyor xorijiy leksik birliklar hamda ular anglatuvchi akademik litsey, kollej, magistr, magistratura,
    bakalavr, tender, preferensiva, investitsiya, litsenziya, diler, megapolis, ekologiya, ekspert, demping, inflyatsiya, kliring, supermarket, minimarket, giper market, chat, paynet singari mutlaqo yangi tushunchalar va realiyalar hisobiga boyib bormoqda
    O‘zbekiston Respublikasi olimlarining dunyoning rivojlangan mamlakatlari yetakchi muassasalari ilm ahli bilan o‘matgan ilmiy-texnik munosabatlarining jadallashuvi, hamkorlikda dolzarb ilmiy masalalar ustida izlanishlar olib borishning yo‘lga qo‘yilishi, yosh iste’dod egalarining nufuzli chet el universitetlari va institutlarida o‘qishi yoxud malaka oshirishi terminlar sistemasining yaqinlashuvi, boyishiga ko‘mak beradi. Hozirgi o‘zbek terminologiyasi uchun G‘arb tillari, ayniqsa, ingliz tilidan ko‘plab terminlaming bevosita kirib kelishi diqqatga sazovordir.
    Qayd etish lozimki, o ‘zbek terminologiyasi tizimida xorijiy tillarga taalluqli tushunchalami o‘z ichki imkoniyatlar asosida ifodalash tamoyili yetakchilik qilmoqda. Bunday jarayon paytida chetdan kelayotgan o‘zlashmalarning bir qismi o‘zbekcha mutanosiblari bilan almashtiriladi yoki tarjima (kalka) qilinadi. Ushbu usul yangi tushunchalarni atashda o‘ta qulayligi va mahsuldorligi bilan ajralib turadi. Masalan, aksiyadorlik jamiyati (aksionemoye obshestvo), erkinlashtirish (liberalizatsiyaj, tijorat banki (kommercheskiy bank), muzyorar (ledokol), kichik biznes (maliy biznes), soliq stavkasi (nalogovaya stavka), tadbirkor (predprinimatel), xususiy sektor (chastniy sektor), infratuzilma (infrastruktura), raqamli tarmoq (digital network), manzil niqobi (address mask), alfa-sinov (alpha testing), vashil kompyuter (green computer), elektron hamvon (electronic purse) va sh.k. shular jumlasidandir.
    O‘zbek tili terminologiyasi tizimida muayyan tushunchalaming muqobili bo‘lmaganligi bois ulami bitta so‘z bilan ifodalashning imkoniyati cheklangan. Chetdan kirib kelayotgan tushunchani bir qancha so‘zlar yordamida izohlash yoki tavsiflash terminologiya talablariga ziddir. Mana shunday holatlarda ruscha-baynalmilal terminlar donor tilda qanday shaklda bo‘lsa, o‘zbek tiliga ayni shu shaklda tayyor tarzda qabul qilinadi. Masalan: budjet - budjet, kredit - kredit, atom - atom, gidrolokatsiya - gidrolokatsiya, deduksiya - deduksiya, gerb - gerb, auditor - auditor, repatriatsiya - repatriatsiya, fraksiya - fraksiya,integrafszya-integratsiya,diplomatiya-diplomatiya, texnologiva-texnologiya va sh.k.
    Ilm-fan, texnika va ishlab chiqarishning shiddat bilan rivojlanayotganligi, jahonning taraqqiy etgan mamlakatlarida sodir bo‘layotgan globallashuv va integratsiya jarayonlari tillaming o‘zaro jips aloqalarga kirishi ularga xos leksik fondning boyishiga zamin yaratdi. Chunonchi, bugungi hayotni zamonaviy axborot kommunikatsiya tarmoqlari, xususan, internet va ushbu sohada qo‘llanuvchi tenninlar sistemasisiz tasavvur etishning aslo imkoni yo‘q.
    Ta’kidlash joizki, 1999-yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusiga muvofiq o‘zbek kurashi bo‘yicha jahon birinchiligi o‘tkazildi. Keyinchalik, bu sport turining ommalashuvi va dunyo sahnasiga chiqishi natijasida kurash, yonbosh, chala, halol, g'irrom kabi terminlar xalqaro sport terminologiyasining mulkiga aylandi.“Sharq taronalari” (Vostochniye melodiy), “O‘zbek modeli” (Uzbekskaya model) singari terminlar jahonga mashhur bo‘ldi. Mahalla institutining qayta tiklanishi fuqarolar yig'ini, fuqarolar yig'ini raisi, oqsaqol va sh.k. terminlaming o‘zga tillar so‘z boyligidan mustahkam o‘rin olishi yoki tarjima qilinishiga bois bo‘ldi.
    O‘zbek tili terminologiyasining hozirgi holatida o‘z hamda o‘zlashmalaming yonma-yon qo‘llanayotganiga shohid bo‘lamiz. Ushbu jarayon avvalgi terminologiya tizimidagi m e’yor va yangi leksik birlik o‘rtasidagi qarama- qarshilik, “yashash uchun kurash”dan guvohlik beradi. Tabiiy, raqobatalashayotgan terminlardan qaysi biri o‘zbek tili terminologiyasi tarkibidan munosib o‘rin egallashini lisoniy hayot, nutqiy amaliyot va vaqt ko‘rsatadi.
    E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
    Download 0.88 Mb.




    Download 0.88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo’nalishi 22-07-guruh 1-kurs magistranti Chorshanbiyeva Nozimaning “ Terminologik lug’atlarni tuzish nazariyasi va amaliyoti” fanidan tayyorlagan taqdimoti

    Download 0.88 Mb.