• Birinchi sxema
  • Ikkinchi sxema.
  • Uchinchi sxema.
  • -MAVZU SERTIFIKATLASHTIRISH SXEMALARI




    Download 3,07 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet121/206
    Sana09.10.2024
    Hajmi3,07 Mb.
    #274299
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   206
    Bog'liq
    Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va se

    22-MAVZU SERTIFIKATLASHTIRISH SXEMALARI 
    Reja. 
    1. Sertifikatlashtirish sxemalari. 
    2.Sertifikatlashtirish omillari. 
    3. Ekspert-auditorlar 
    Sertifikatlashtirish bo‘yicha 
    ISO
    tarkibidagi qo‘mita tomonidan 
    tayyorlangan hujjatda uchinchi tomon tarafidan amalga oshiriladigan 
    sertifikatlashtirishning to‘qqizta sxemasi berilgan bo‘lib, respublikamizda ham 
    aynan shu 9 ta sxema tadbiq etilgan:
    Birinchi sxema
    . Bu sxema bilan faqat mahsulot namunalari turlarini 
    standartlar talablariga muvofiqligini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida 
    sinovdan o‘tkaziladi. Bu xildagi sertifikatlashtirishda sinovga taqdim etilgan 
    namunani belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlanadi, xalos. Bu yo‘l 
    o‘zining soddaligi va unga ko‘p xarajat talab qilmasligi tufayli milliy va halqaro 
    savdo munosabatlarida muayyan darajada tarqalgan.
    Ikkinchi sxema.
    Bu sxemada mahsulotning namuna turlarini maxsus 
    tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra uning sifatini 
    savdo shahobchalaridan vaqti-vaqti bilan olinadigan namunalar asosida nazorat 
    qilib boriladi. Bu usul taqdim etilgan namunalar sifatini baholash bilan ko‘p 
    seriyali chiqayotgan mahsulotning sifatini ham baholash imkonini beradi. 
    Usulning afzalligi uning soddaligidadir. Uning kamchiligiga esa nazorat sinovlar 
    natijasiga qarab, agar mahsulot standart talablariga nomuvofiqligi aniqlansa
    baribir uni savdo shahobchalaridan chiqarib tashlash mumkin bo‘lmaydi yoki uni 
    chiqarib tashlash uchun birmuncha qiyinchiliklar tug‘iladi.
    Uchinchi sxema.
    Mahsulot namunalarining turlarini maxsus tasdiqlangan 
    sinov tashkilotlarida o‘tkazish, so‘ngra sotuvchi yoki iste’molchiga yubormasdan 
    turib vaqti-vaqti bilan namunalarning tekshiruvini nazorat qilishga asoslanadi. 
    Ikkinchi sxemadan farqlanuvchi tomoni shuki mahsulot savdo shahobchalariga 
    tushmasdan turib, sinov nazorati o‘tkaziladi va standartga nomuvofiqligi 
    aniqlansa, mahsulotning iste’molchiga jo‘natilishi to‘xtatiladi.

    Download 3,07 Mb.
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   206




    Download 3,07 Mb.
    Pdf ko'rish