• Beshinchi sxema.
  • Yettinchi sxema
  • Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari




    Download 3,07 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet122/206
    Sana09.10.2024
    Hajmi3,07 Mb.
    #274299
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   206
    Bog'liq
    Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va se

    To‘rtinchi sxema.
    Mahsulot namunalarining turlarini xuddi 1-3-
    sxemalardek sinovdan o‘tkazishga asoslangan bo‘lib, so‘ngra savdo 
    shahobchasidagi hamda ishlab chiqarishdan olingan namunalarning tekshirish 
    nazorati vaqti-vaqti bilan o‘tkazish orqali mahsulotning sifati hisobga olinadi. Bu 
    holda mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning chiqarilishiga ma’lum xarajatlar 
    bo‘lgandan keyin standart talablariga nomuvofiqligi aniqlanadi.
    Beshinchi sxema.
    Bu sxema mahsulot namuna turlarini tasdiqlangan sinov 
    tashkilotlarida o‘tkazishga va mahsulot ishlab chiqarishning sifatini baholashga 
    asoslangan bo‘lib, so‘ngra savdo shahobchasida va ishlab chiqarishda namunalar 


    139 
    sifatini vaqti-vaqti bilan tekshirilib nazorat qilib boriladi. Bu sertifikatlashtirish 
    usuli faqat mahsulotning sifatini nazorat qilibgina qolmay, balki korxonada 
    chiqaziladigan mahsulotning sifatini kerakli darajada bo‘lishini ham nazorat 
    qiladi. Tabiiyki, korxonadagi mahsulot sifatini ta’minlashda, tizimni 
    baholanishida uning mezonini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu usul 
    sanoati rivojlangan mamlakatlarda hamda xalqaro sertifikatlashtirish tizimlarida 
    eng ko‘p tarqalgan sxemadir. Birinchi-to‘rtinchi sxemalarga qaraganda bu sxema 
    eng murakkab va nisbatan qimmatroq turadigan sxema bo‘lib, uning afzalligi 
    ite’molchi mahsulot sifat darajasini yuqori ekanligiga ishonch hosil qiladi, bu esa 
    asosiy mezon hisoblanadi.
     
    Oltinchi sxema
    faqat korxonadagi mahsulotning sifatini ta’minlash bilan 
    tizimni baholanishini o‘tkazishga mo‘ljallangan. Bu usul ayrim vaqtda korxona-
    tayyorlovchini attestatlash deb ham yuritiladi. Bu xil sertifikatlashtirishda faqat 
    korxonaning belgilangan sifat darajasidagi mahsulotni chiqarish qobiliyati 
    baholanadi.
    Yettinchi sxema
    mahsulotning har bir tayyorlangan to‘dasidan sinovlarga 
    tanlab olishga asoslangan. Tanlab olish sinovlarining natijalariga qarab to‘dani 
    ortish uchun qaror qabul qilinishi aniqlanadi. Bu xildagi sertifikatlashtirish uchun 
    tanlanmaning hajmi aniqlanishi lozim, bu esa tayyorlangan to‘daning katta-
    kichikligiga maqbul bo‘ladigan sifat darajasiga bog‘lik. Qabul qilingan qoidaga 
    asosan tanlanmani to‘plash vakolatlangan sinov tashkilotlari tomonidan amalga 
    oshiriladi. Bu xil sertifikatlashtirish qo‘llanilishi statistik usulni qo‘llash bilan 
    bog‘liqdir.

    Download 3,07 Mb.
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   206




    Download 3,07 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari

    Download 3,07 Mb.
    Pdf ko'rish