• 8. Sertifikatlashtirish natijalarini rasmiylashtirish
  •  Sertifikatlashtirishda mahsulotni tekshirish




    Download 3,07 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet131/206
    Sana09.10.2024
    Hajmi3,07 Mb.
    #274299
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   206
    Bog'liq
    Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va se

    7. Sertifikatlashtirishda mahsulotni tekshirish 
    Amaldagi hama sertifikatlashtirish tartibida mahsulotning nazoratli 
    sinovlarini o‘tkazishga asoslangan, uning belgilangan meyoriy hujjatlar 
    talablariga muvofiqligi aniqlanadi. Tizim qoidalariga binoan sinovlarning 
    korxonani o‘zida mahsluotni tayyorlash jarayonida hamda iste’molchiga 
    yuborishdan oldin o‘tkaziladi. Bundan tashqari odatda sertifikatlashtirish 
    doirasida sertifikatlashtirilgan mahsulotning sifatini barqarorligi uchun nazoratli 
    tekshiruv vaqti – vaqti bilan o‘tkaziladi. 
    Sertifikatlashtirish uchun o‘tkaziladigan sinovlar tartibi, ba‘zan uni 
    sertifikatlashtirish sinovlari ham deb atalib, amaliy har qanday sinovlarga xos 
    bo‘lgan, mahsulotning sanoatda, ishlab chiqarishda ko‘p yillar ichida shakllangan 


    151 
    umumiy qoidalariga buysunadi. Lekin sertifikatlashtirish sinovlarini tashkil qilish 
    va o‘tkazish uslubiyati o‘ziga xos xususiyatlariga ega.
    Har bir sinov va uning natijalari uchinchi tomon tarafidan 
    sertifikatlashtirish uchun ishlatilishi ko‘zda tutilib, faqat sertifikatlashtirish 
    idorasi tomonidan mahsulotning sinovlarini o‘tkazish uchun huquqli 
    akkreditlangan sinov laboratoriyalarida yoki uning tashkilotlarida o‘tkaziladi. 
    Sinovlarni o‘tkazish va uni tartibi xalqaro yoki milliy sertifikatlashtirish 
    tizimlarining qoidalarida to‘liq va aniq qilib belgilangan. 
    Sertifikatlashtirish tartibiga qarab, ushbu mahsulotning bir turdagi nusxasi, 
    to‘dadan tanlanmasi yoki mahsulotning nusxasi sinovlardan o‘tishi mumkin. 
    Mahsulotning tavsiflari va parametrlari, ularga bo‘lgan talablar meyoriy 
    hujjatlarda berilgan bo‘ladi. Shuning uchun ularni aniq va ishonchlilik bilan 
    sinovlar va o‘lchashlar natijasida aniqlash imkonini beradi. 
    8. Sertifikatlashtirish natijalarini rasmiylashtirish 
    Mahsulot yoki buyum ma’lum tekshiruvdan o‘tganligini, tekshiruvning 
    haqqoniyligini yoki sertifikatlashtirish idorasi tomonidan tekshirilganligini 
    isbotlaydigan dalil – tamg‘a, etiketka, sertifikat, ilova qilib yuboriladigan royxat, 
    sertifikatlashtirilgan mahsulotlar royxati yoki korxona tayyorlovchilarning 
    royxati hisoblanadi. 
    Muvofiqlik sertifikatini sertifikatlashtirish idorasi yoki uning nomidan 
    akkreditlangan idora tomonidan berilishi mumkin. ISO ta’rifiga binoan:
    Muvofiqlik sertifikati
    – tegishlicha belgilangan mahsulot, jarayon yoki 
    xizmatlarning ma’lum standartga yoki boshqa meyoriy hujjatga mos kelishiga 
    ishontiradigan va sertifikatlashtirish tizimi qoidalari asosida berilgan hujjat»dir. 
    Muvofiqlik belgisi 
    deganda, ushbu mahsulot, jarayon yoki xizmat ma’lum 
    standartga yoki boshqa meyoriy hujjatga mos kelishini kafolatlovchi 
    sertifikatlashtirish tizimi qoidalari asosida berilgan yoki ishlatiladigan va ma’lum 
    tartibda himoya qilinadigan belgi tushuniladi. 
    Muvofiqlik belgisini faqat mahsulotning hamma tavsiflarini belgilangan 
    standart boyicha qamrab olgan hollardagina ishlatish tavsiya etiladi. 
    Sertifikat berish tartibi va muvofiqlik belgisini qoyish, hamda uni amalda 
    to‘xtatish yoki bekor qilish, standart shakli va muvofiqlik belgisining ramzi
    sertifikatlashtiriluvchi hujjatlarda belgilanadi va mahsulotning ushbu turini 
    sertifikatlashtirish qoidasida ko‘rsatiladi. 
    Sertifikatda qayd etiladigan ma’lumotlar quyidagilardan iborat: 
    – sertifikatlashtirish idorasining nomi va manzili; 
    – tayyorlovchining nomi va manzili; 
    – mahsulotni va uning to‘dasini belgilanishi, seriya raqami, 
    sertifikatlashtirishga tegishli bo‘lgan model yoki mahsulot turi; 
    – tegishli standartga havola; 
    – vakil –shaxsning imzosi va vazifasi. 
    Quyidagi keltirilgan hollarda sertifikat bekor qilinishi mumkin: 
    – agar mahsulot (buyum, mol)ning tarkibiga yoki uni ishlab chiqarish 
    texnologiyasiga o‘zgartirishlar kiritilsa, bu esa o‘z navbatida sertifikatlashtirish 
    boyicha qilinayotgan tekshiruvda uning tavsiflariga o‘zgarishlar olib kelsa, 


    152 
    hamda shu mahsulot namunalarining sinovlari qo‘shimcha bayonnomasdagi 
    standart talablariga mosligi tadsiqlanmasa
    – ishlab chiqarish texnologiyasining bo’zilishi va korxona – tayyorlovchi 
    mahsulotining sifati pasaysa yoki material bilan ta’minlovchi tomonidan 
    komplektlash detallari, yig‘ish qismi tegishli standartlar talablarini bo’zilishiga 
    olib kelsa. 
    Sertifikatlashtirish natijalarini, Tizim idorasi tomonidan sertifikatlashtirish 
    ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har doim chop etilishi lozim. Bu ma’lumotlar 
    quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
    – sertifikatlashtirilgan mahsulot royxati; 
    – akkreditlangan sinov tashkilotlarining royxati; 
    – attestatlangan korxonalardagi sertifikatlashtirilgan mahsulot royxati; 
    – sertifikatlashtirish hujjatlarining royxati. 
    Bu royxatlarni sertifikatlashtirish milliy idorasi boyicha qilinadigan 
    ishlarda qatnashuvchi vazirliklarga yuboriladi. 

    Download 3,07 Mb.
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   206




    Download 3,07 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Sertifikatlashtirishda mahsulotni tekshirish

    Download 3,07 Mb.
    Pdf ko'rish