|
O‘qitishning modul tizimi mazmunidan uning quyidagi afzalliklari namoyon bo‘ladi
|
bet | 51/121 | Sana | 29.12.2020 | Hajmi | 1,62 Mb. | | #13005 |
O‘qitishning modul tizimi mazmunidan uning quyidagi afzalliklari namoyon bo‘ladi:
fanlar, fanlar ichidagi modullar orasidagi o‘qitish uzluksizligi ta’minlanishi;
har bir modul ichida va ular orasida o‘quv jarayoni barcha turlarining uslubiy jihatdan asoslangan muvofiqligi o‘rnatilishi;
fanning modulli tuzilish tarkibining moslanuvchanligi;
o‘quvchilar bilimini muntazam va samarali nazorat (har qaysi moduldan so‘ng) qilinishi;
o‘quvchilarning zudlik bilan qobiliyatiga ko‘ra, tabaqalanishi (dastlabki modullardan so‘ng, o‘qituvchi ayrim o‘quvchilarga fanni individual o‘zlashtirishni tavsiya etishi mumkin);
informatsiyani «siqib» berish natijasida, o‘qishni jadallashtirish, auditoriya soatlaridan samarali foydalanish va o‘quv vaqti tarkibini ma’ruzaviy, amaliy (tajribaviy) mashg‘ulotlar, individual va mustaqil ishlar uchun ajratilgan soatlarni - optimallashtirish. Buning natijasida, o‘quvchi etarli bilimlarga ham, ko‘nikmaga ham, malakaga ham ega bo‘ladi.
Fan bo‘yicha faoliyat yondashuvi asosidagi modulli o‘qitish texnologiyasi har qaysi modul uchun ishlab chiqilgan pedagogik-texnologik xaritalar orqali ro‘yobga chiqariladi (4.2-jadval).
SHunday qilib modulni o‘qitishdan foydalanib yuqori malakali mutaxassisni tayyorlash, quyidagilar asosida ta’minlanadi:
o‘qitishning uzluksizligi (bunda fanlarni o‘zlashtirish samaradorligi oshadi);
o‘qitishni jadallashtirish buning natijasida axborotning ko‘p qismi, individual va mustaqil ishlash paytida, kompyuter tarmoqlari orqali o‘zlashtiriladi;
o‘qishni individuallashtirish (o‘quvchi o‘z qobiliyatiga ko‘ra bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi).
Mutaxassisni faoliyatini inobatga olgan holda muayyan o‘quv fani bo‘yicha tuzilgan modullarni ketma-ket o‘zlashtirishni ta’minlash fan bo‘yicha faoliyat yondashuvi asosidagi modulli o‘qitish texnologiyasining mohiyatini tashkil etadi. Ushbu o‘quv jarayonini maqbullashtirish o‘qitishni moslashtirish va individuallashtirishga imkon beradi.
|
| |