Ikkinchi bosqich: Modulli bloklarning mazmuni va tarkibining tahlili.
Mazkur tahlilning maqsadi, modulli blok doirasidagi muayyan ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarish uchun zarur bo‘lgan amallar (qadamlar) ketma-ketligini aniqlash hisoblanadi. Ishlab chiqarish faoliyati tahlilini bajarish uchun birinchi navbatda kasbiy soha va shu bilan bir qatorda tizimli tahlil bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis talab etiladi. Oliy o‘quv yurtida yoki kasb-hunar kollejida bunday ishni faqat bu sohada malakaga ega bo‘lgan pedagoglar bajarishi mumkin. Demak, ixtisoslik fanlari o‘qituvchilari chuqur bilimlar bilan bir qatorda o‘rgatiladigan ixtisoslik bo‘yicha malakaga ham ega bo‘lishi kerak.
Ishlab chiqarish faoliyati, modulli bloklar, qadamlarning tahlili, tegishli ishni bajarish uchun mutaxassis ega bo‘lishi lozim bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar va nazariy bilimlar ro‘yxatini aniqlash imkoniyatini beradi. Loyihalashning bu bosqichi natijalari «Modulli blok tahlili jadvali» ko‘rinishida tizimlanadi. Bu jadvalda ish qadamlari va ularni bajarish uchun zaruriy amaliy malakalar va standartlar tafsilotlari lo‘nda holda keltirilgan (4.4-jadval).
|