|
Ishning ilmiy va amaliy ahamiyati
|
bet | 2/7 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,26 Mb. | | #245850 |
Bog'liq Suyundikova Zarina Fizikaviy kimyo kursa ishi Ishning ilmiy va amaliy ahamiyati: Kurs ishini bajarishda adabiyotlardan o’rganilgan va tahlil qilingan ma’lumotlardan shuningdek tajriba natijalaridan talabalar kurs ishi mavzularini tayyorlashda,ularning fizikaviy kimyoga oid bilimlarini mustahkamlashda amaliy ahamiyatga ega.shu bilan birglikda xalqaro miqiyosda e’tirof etilgan xorij va o’zbek olimarining so’ngi yillardagi ilmiy tadqiqotlari haqida muhim ma’lumotlar ham keltirib o’tilgan. Ishning hajmi: kurs ishi 30 betlik matndan iborat bo’lib kirish, adabiyotlar tahlili,xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati qismlaridan iborat .Kurs ishi moddalarning fizik kimyoviy formulalar va modellar yordamida yoritib berilgan. I.Asosiy qism I.1.Elektrolit eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi Bugun biz fizik kimyoning muxim bo’limlaridan biri elektrokimyoni boshlaymiz. Elektrokimyo quyidagi uchta qismdan tashkil topgan. Elektr o’tkazuvchanlik, elektr yurituvchi kuch va elektrodializ. Bugungi lektsiyada biz asosan elektr o’tkazuvchanlik xaqida gap yuritamiz. Elektr o’tkazuvchanlik elektr tokini o’tkazish qobiliyatidir.Elektr tokini o’tkazuvchilar ikki turga bo’linadi. 1 va 2 turdagi o’tkazgichlar. 1 turdagi o’tkazgichlarga metallar va ularning qotishmalari, grafit, ba’zi qiyin eruvchi oksidlar va boshqa materiallar kirib, ular elektr tokini elektronlarning tartibli harakati tufayli o’tkazadilar. Bu vaqtda elektrodlarga modda o’tishi sodir bo’lmaydi.II turdagi o’tkazgichlarga kislotalar, ishqorlar, tuzlar eritmasi, turli suyuqliklar, ba’zi qattiq tuzlarning suyultirilgan (erigan) holati va kristall holatdagi elektr o’tkazuvchanlik misol bo’lib (masalan NaCl, KCl va boshqalar), ulardagi elektr o’tkazuvchanlik ionlarning tartibli harakati tufayli sodir bo’ladi (elektr maydonida). Bu turdagi elektr o’tkazgichlarda elektrodlarda modda almashinuvi sodir bo’ladi. Ionlarning harakatchanligi qancha katta bo’lsa, elektr o’tkazuvchanlik xam shuncha katta bo’ladi. Elektr o’tkazuvchanlik - elektr tokiga bo’lgan qarshilikka teskari qiymatdir.
|
| |