|
I.2.Solishtirma elektr o’tkazuvchanlik
|
bet | 3/7 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,26 Mb. | | #245850 |
Bog'liq Suyundikova Zarina Fizikaviy kimyo kursa ishiI.2.Solishtirma elektr o’tkazuvchanlik.
Solishtirma elektr o’tkazuvchanlik qiymati elektrolit yoki suyuqlik tabiatiga, eritma kontsentratsiyasiga va haroratga bog’liq.Ionlarning harakat tezligi va oz bo’lsada dissotsialanish darajasi haroratga bog’liq bo’ladi. Elektr o’tkazuvchanlikni aniqlashda haroratni doimiyligiga katta e’tibor berish lozim. Haroratni ortishi bilan 0 ortadi, chunki bunda ionlar harakatchanligi ortadi. O’lchanadigan xonada haroratning o’zgarishi katta xatolikka olib keladi. SHuning uchun elektr o’tkazuvchanlik termostatda aniqlanishi kerak.
Ionlarning kontsentratsiyasi qancha katta bo’lsa va ularning absolyut harakat tezligi ko’p bo’lsa 0 qiymati shuncha katta bo’ladi. Grafikdan ko’rinib turibdiki, kuchli elektrolitlar uchun kontsentratsiya ortishi bilan maksimum hosil bo’lib, so’ng 0 qiymati kamayadi. HCl va KOH larda (kuchli elektrolitlar) maksimum bo’lishining sababi, H+ va OH- ionlarining harakatchanligi juda kattadir.
I.2.Solishtirma elektr o’tkazuvchanlik. Elektr o’tkazuvchanlikka kontsentratsiya ta’sirini yo’qotish uchun ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik () degan tushuncha kiritilgan.
I.3. Ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik.
Elektr o’tkazuvchanlikka kontsentratsiya ta’sirini yo’qotish uchun ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik () degan tushuncha kiritilgan. Oralari 1 sm bo’lgan ikkita elektrod orasiga 1 g-ekv. modda quyilgan hosil bo’ladigan elektr o’tkauvchanlik - ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik deb ataladi. U (lyambda) harfi bilan belgilanadi. Suyultirish - 1 g-ekv. modda saqlagan eritmaning litr miqdori. -kuchli elektrolitlar uchun katta, kuchsiz elektrolitlar uchun kichik bo’ladi. suyultirish bilan ortib boradi. Buning sababi shundaki, elektrodlar orasidagi elektrolit miqdori o’zgarmaydi (doimiy qoladi), vaholanki suyultirish natijasida ionlar soni ortadi.
|
| |