|
Transport infratuzilmasi loyihalari – iqtisod o‘sishining asosiy tamoyili
|
bet | 3/3 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 43,74 Kb. | | #145338 |
Bog'liq Teshaboyev Rustam Adam SmitTransport infratuzilmasi loyihalari – iqtisod o‘sishining asosiy tamoyili
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan «Sheriklik tashabbuslari haftaligi» doirasida «Yirik transport infratuzilma loyihalarini amalga oshirish tajribalari – iqtisod o‘sishining asosiy tamoyili» hamda «O‘zaro bog‘liqlikni barcha transport sohalarda rivojlantirish: dolzarb takliflar va yechimlar» mavzularda panel sessiyalari bo‘lib o‘tdi.
Unda qator davlatlarning transport vazirlari hamda xalqaro tashkilot va kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida xorijlik mutaxassislar har bir mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida hal qiluvchi o‘rinni egallagan transport sohasida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish tajribalariga to‘xtalib o‘tgan.
Shuningdek, xalqaro yuk tashuvlari va logistikani rivojlantirish orqali davlatlar va mintaqalar o‘rtasida xalqaro savdoni kengaytirish, barqaror iqtisodiy o‘sish va farovonlikni ta’minlashda birgalikdagi sa’y-harakatlarning ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.
Ta’kidlash joizki, tadbir davomida o‘zaro bog‘liqlikni barcha transport sohalarda rivojlantirish yuzasidan dolzarb takliflar ilgari surildi.
Mazkur yo‘nalishda yangi transport koridorlarini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan loyihalar alohida e’tirof etildi.
O‘zbekiston transport vaziri O‘zbekiston–Afg‘oniston-Pokiston temir yo‘li qurilishi hamda Xitoy–Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi kabi transport-logistika yo‘nalishidagi istiqbolli loyihalarni e’tirof etib, bugungi global o‘zgarishlar davrida tarnsport tarmog‘ini rivojlantirish muhim masala ekanini ta’kidladi.
«Markaziy Osiyoning jahon bozorlarida raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida mintaqadagi iqtisodiy manfaatlarimizni yanada faol ilgari surish vaqti keldi.
Umid qilamanki, ushbu forumda ochiq fikr almashish va yangi, ilg‘or g‘oyalarni ilgari surish qo‘shma tashabbuslarni shakllantirishga yordam beradi.
Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz orqali transport tarmog‘ini xalqlarimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qiluvchi yanada samarali, izchil rivojlanayotgan xavfsiz sohaga aylantira olishimizga ishonch bildiraman», – deydi vazir.
O‘z navbatida Qirg‘iz Respublikasi transport va kommunikatsiyalar vaziri Tilek Tekebayev ham «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishi loyihasi haqida to‘xtalar ekan, loyiha «Markaziy Osiyoni butun bir logistika xabiga, ya’ni jahonning muhim bozoriga aylantirishga hissa qo‘shishi»ni ta’kidlaydi.
Xulosa o’rnida: Zamonaviy iqtisodiy infratuzilmaning eng muhim vazifasi jamiyatning barcha sohalarining bir maromda ishlashini taʼminlash, ishlab chiqarish va umuman iqtisodiyotni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Shu bilan birga, transport, ayniqsa, temir yoʻl transporti Oʻzbekiston sanoat va ijtimoiy infratuzilmasining asosiy tarkibiy qismi vazifasini oʻtaydi. Temir yoʻl transport tashkilotlari yuklarni va yoʻlovchilarni tashish, ularni yoʻlda saqlash, turli yuklarni yuklash va tushirish, kerakli vagonlarni taʼminlash, ularni tozalash va poyezdga qoʻshish, umuman transport jarayonini taʼminlaydi.
|
| |