|
"Axborot texnologiyalari” fani nimalarni oʻrganadi?
|
bet | 2/4 | Sana | 21.08.2024 | Hajmi | 13,94 Kb. | | #269763 |
Bog'liq Axborot texnologiyalari 10."Axborot texnologiyalari” fani nimalarni oʻrganadi?
Javob: Axborot texnologiyalari (inglizcha: Information Technology(IT)) — bu kompyuter tizimlari, dasturiy taʼminot, dasturlash tillari, maʼlumotlar, maʼlumotlarni qayta ishlash va saqlashni oʻz ichiga olgan tegishli sohalar toʻplami. Axborot texnologiyalari (AT) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ning bir qismini tashkil qiladi. AT tizimi — odatda, axborot tizimi, aloqa tizimi yoki aniqrogʻi, kompyuter tizimi, jumladan, barcha apparat, dasturiy taʼminot va periferik jihozlar — cheklangan AT foydalanuvchilari guruhi va AT loyihasi tomonidan boshqariladigan tizim va odatda AT tizimini ishga tushirish va joriy etishni nazarda tutadi.
11.Qaysi javobda videoformatlar to'g'ri berilgan?
Javob: MPEG, HD, AVI, WMV, MART, MKV, 3GP.
12. Interaktiv texnologiyalar
Javob: audio konferensiya, elektron konferensiyalar, ovoz kommunikatsiyalar, ikki tomonlama sputnik aloqasi, virtual birlik
13.Nointeraktiv texnologiyalar
- bosib chiqarilgan materiallar;
- audiokassetalar;
- videokassetalar;
- bir tomonlama sputnik aloqa;
- televizion va radio ko’rsatuvlari;
- disketa va CD- ROMlar.
14.Telekommunikatsiyalar — signallar, belgilar, matnlar, tasvirlar, tovushlar yoki axborotning boshqa turlarini o‘tkazgichli, radio, optik yoki boshqa elektromagnit tizimlaridan foydalangan holda uzatish, qabul qilish, qayta ishlash;
15.Telekommunikatsiyalar tarmog’i - uzatishlarning bir yoki bir necha turini: telefon, telegraf, faksimil turlarini, ma’lumotlar uzatish va hujjatli xabarlarning boshqa turlarini, televizion va radioeshittirish dasturlarini translyasiya qilishni ta’minlovchi telekommunikatsiya vositalarining majmui;
|
| |