• E’tiboringiz uchun rahmat
  • Yoshlarni ekstremizm va terrorizm tahdidlaridan ogoh etish




    Download 1.31 Mb.
    bet2/2
    Sana23.10.2023
    Hajmi1.31 Mb.
    #89891
    1   2
    Bog'liq
    O\'sarova Shoira
    1-mavzu taqdimot, Algoritmlash va dasturlashning asosiy tushunchalari Reja-fayllar.org, 1-Mavzu (1), 2-topshiriq sobirov, NIZOM, Bog\'uston ko\'chasi, 9-A sinf, jamshid-biznes-taxlil, Reading juice 1

    Yoshlarni ekstremizm va terrorizm tahdidlaridan ogoh etish

    • Hozirgi vaqtda kuchga asoslangan ekstremizm va terrorizm barqaror rivojlanish va dunyodagi millatlararo totuvlikka tahdid solmoqda. Bu esa ularni bartaraf etish yoʻllarini izlash uchun birgalikda harakat qilishni talab etadi. Ushbu maqsadlarda soʻnggi yillarda qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Jahonda shiddat bilan oʻzgarayotgan notinch va murakkab vaziyat, turli mojarolar jonajon Vatanimiz xavfsizligini, el-yurtimizning osoyishta hayotini taʼminlash hamda mavjud tahdid va xatarlarga munosib javob berishga doim tayyor turishimizni taqozo etmoqda. Oʻzbekiston ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashni global xavfsizlikni taʼminlashning muhim sharti deb hisoblaydi, ushbu jarayonning doimiy ishtirokchisi va tashabbuskoridir.

    «Mehr-5» operatsiyasi doirasida 93 nafar o‘zbekistonlik — 24 nafar ayol va 69 nafar bolalar Suriyadan Toshkentga olib kelindi. «Mehr-5» operatsiyasi natijasida Suriyadagi urush ketayotgan «qaynoq nuqtalarga» borib qolib, «Al-Hol» lagerida 3 yildan ortiq vaqt davomida ushlab turilgan 24 nafar ayol va 69 nafar bolalar O‘zbekistonga qaytarildi, deya xabar qildi Daryo. Mazkur operatsiya AQSH va boshqa hamkor davlatlar ko‘magi bilan amalga oshirilgan.
    2019-2021-yillar davomida davlatimiz rahbarining tashabbuslari va bergan topshiriqlari asosida dunyoning qurolli mojarolar davom etayotgan mintaqalaridan yurtdoshlarimizni respublikamizga olib kelish boʻyicha bir necha bosqichli “Mehr” deb nomlangan insonparvarlik operatsiyalari amalga oshirildi. Bu kabi xayrli ishlar nafaqat shu mamlakatda istiqomat qilayotgan aholining osuda hayot kechirishi uchun, balki mintaqa xalqlarining tinchligi va osoyishtaligi saqlashda ham katta ahamiyatga ega. Asr vabosiga qarshi kurashish borasida respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar davlatimiz tinchligi va xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda
    Qayd etilishicha, bugungi kungacha o‘tkazilgan «Mehr-1, 2, 3, 4» operatsiyalari doirasida Suriya, Iroq va Afg‘onistonda og‘ir ahvolga tushib, chorasiz qolgan 438 nafar ayollar va bolalar O‘zbekistonga olib kelindi. Jumladan, «Mehr» insonparvarlik operatsiyasi doirasida 2019 yilda Suriyadan 156 nafar o‘zbekistonlik, asosan, ayollar va bolalar, 2019 yilning oktyabrida Iroqdan 64 nafar o‘zbekistonlik bola, 2020 yilning dekabrida («Mehr-3») Suriyadan 25 nafar ayol va 73 nafar bola, 2021 yildagi «Mehr-4» operatsiyada esa 24 nafar fuqaro Afg‘onistondan O‘zbekistonga qaytarilgan edi.
    Ekstremizmning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat: aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish; ekstremistik faoliyatni amalga oshirishga yo'l qo'ymaslik to'g'risida rasmiy ogohlantirish chiqarish; yuridik shaxs tomonidan ekstremistik faoliyat amalga oshirilishiga yo'l qo'ymaslik to'g'risida taqdimnoma kiritish; ekstremistik materiallarni olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etishni taqiqlash; ekstremizmni moliyalashtirishni taqiqlash; yuridik shaxsning faoliyatini to'xtatib turish; tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish. Terrorizmga va ekstremizmga qarshi kurashning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat, qonuniylik, shaxs huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, terrorizmning oldini olish choralari ustuvorligi, jazoning muqarrarligi, terrorizmga qarshi kurash oshkora va nooshkora usullarining uyg'unligi, jalb etiladigan kuchlar va vositalar tomonidan terrorchilikka qarshi o'tkaziladigan operatsiyaga rahbarlik qilishda yakkaboshchilik kilish. Terrorchilik va ekstremizm faoliyatining oldini olish davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa profilaktik choralar majmuini o'tkazish orqali amalga oshiriladi.Mo'ynoq tumani adliya bo'limi tumandagi tegishli tashkilotlarning masul xodimlari bilan xamkorlikda terrorchilik va ekstremizmning oldini olish maqsadida targ'ibot ishlari davom ettirilmoqda.

    E’tiboringiz uchun rahmat


    Download 1.31 Mb.
    1   2




    Download 1.31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yoshlarni ekstremizm va terrorizm tahdidlaridan ogoh etish

    Download 1.31 Mb.