|
Texnik xususiyatlari va me'moriy xususiyatlari
|
bet | 1/2 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #230922 |
Bog'liq burj xalifa
REJA:
Burj Khalifa osmono'par binosi - umumiy ma'lumot
Texnik xususiyatlari va me'moriy xususiyatlari
Burj Xalifa haqidagi raqamlar va faktlar
Burj Xalifa
B urj Xalifa dunyodagi eng baland bino bo'lib, Dubayda Birlashgan Arab Amirliklarida joy-lashgan. Burj Xalifaning me'moriy balandligi 828 metrni tashkil etadi. Odamlar egallagan qavat balandligi 584,5 metrni, binonig uchidan o'lchanadigan umumiy balandligi 829.8 metrni tashkil qiladi. Binoning rasadxonasi 452.1 metr balandlikda joylashgan.163 qavat zamin ustida joylashgan bo'lib, uning tagida ikki qavat avtoturargoh joylashgan. Unda 58 ta lift mavjud bo’lib, ular sekundiga 10 metr yoki soatiga 65 km tezlikda ishlaydi. Burj Xalifa 304 ta mehmonxona va 900 ta xonadan iborat. Minoraning umumiy maydoni – 344.000 m2. Dubay shahrida joylashgan bu minora dastlab Burj Dubai deb nomlangan. Bino 2003-yilda taklif qilingan, ammo qurilish ishlari 2004-yil 24-sentyabrda boshlanib, rasman 2010-yil 4-yanvarda ochilish marosimi bo’lib o’tgan. Abu Dabi amiri Shayx Xalifa ibn Zayid Al Nahayon nomiga Burj Xalifa deb nomlangan. Ko'plab savdo, turar-joy va mehmonxona joylashgan, uning balandligi qurilish vaqtida sir tutilgan bo’lib, 163 qavat va 828 metr balandlikda yakunlandi. Burj Xalifa loyihasi Chikago arxitektura firmasi Skidmore, Owings & Merrill va Dubayning Emaar Properties kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan. Adrian Smit me'mor, Uilyam Beyker qurilish muhandisi bo’lib, 2009-yil 11-iyulda strukturaviy injeniring uchun Fritz Leonhard mukofotiga sazovor bo'lgan birinchi amerikalik bo'ldi. Turner Construction kompaniyasi Burj Xalifa uchun loyiha rahbari, Belgiyaning Besix, BAAning Arabtec va Janubiy Koreyaning Samsung C&T Corporation asosiy pudratchilari bo'lgan. Dow Corning korporatsiyasi minora uchun mastiklarni yetkazib berdi, Otis Elevator kompaniyasi esa liftlarni yetkazib berdi. Burj Xalifa Eyfel minorasidan 3 baravar baland va Empire State Buildingdan ikki baravarga balanddir. Minorada ishlatiladigan alyuminiyning umumiy og'irligi 5 ta A380 samolyotiga teng. Bino og’irligi 540.000 tonnadan ortiq bo’lib, betonning umumiy og'irligi 100.000 filni o’g’irligiga teng. Qurilishning eng yuqori kunlarida har kuni 12000 ishchi shug'ullangan. Minora qurilishini 6 yil ichida yakunlash uchun 55.000 tonna po'lat armatura va 110.000 tonna beton 28.261 ta shisha qoplama paneli, 31.400 tonna temir ishlatilgan. Burj Xalifa qurilishining umumiy qiymati 1,5 milliard dollarni tashkil etdi. Burj Xalifani hayotga tadbiq etish uchun uzoqqa ko'zlagan g'oyalar va mustahkam ilm-fanning birlashuvi zarur edi. 163 qavatli minora dizayni mahalliy va madaniy ta'sirlarni zamonaviy texnologiya bilan birlashtirib, ekstremal cho'l iqlimida yuqori ko'rsatkichlarga erishishga imkon berdi. Burj Xalifa loyihachilari har 30-qavatda maxsus baquvvat zamindan foydalanganlar. Bu shamol ta’sirida bino o’z shaklini saqlab qolish imkonini beradi. Sekundiga 40 metr esadigan shamol kuchini kamaytirish uchun Liliya gulidan ilhomlangan holda, bino maxsus shaklda loyihalashtirilgan. Avtomatik ko'tar-gichdan foydalanish tizimi (beton qorishmasi qurigach, ko'taradigan texnologiya) Samsung ishchilariga har uch kunda bir qavat qurishga imkon berdi, bu esa sanoat rekordi edi. Loyihada ko'plab faktlar, raqamlar va statistika to'plangan. 828 metr va 163 qavatdan iborat Burj Xalifa quyidagilarni zabt etdi:
Dunyodagi eng baland bino, eng baland qavat, eng yuqori ochiq kuzatuv maydoni (124-qavat), dunyodagi eng baland suzish havzasi (76-qavat), eng uzoq masofaga ega lift, eng yuqori xizmat ko’rsatuvchi lift, shuningdek, dunyoning birinchi Armani mehmonxonasi.
|
| |