• Transport pogʻonasi (Transport Layer)
  • Seans pogʻonasi(Session Layer)
  • Tarmoq pogʻonasi (Network Layer)




    Download 4,32 Mb.
    bet5/12
    Sana26.07.2024
    Hajmi4,32 Mb.
    #268616
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Hisobot1

    Tarmoq pogʻonasi (Network Layer) — bir necha tarmoqlami birlashtiruvchi yagona transport tizimini tashkil etish uchun xizmat qilib, ushbu tarmoqlarning oxirgi tugunlari oʻrtasida maʼlumot uzatishning turli xil tamoyillarini qoʻllashi va ixtiyoriy aloqa strukturasiga ega boʻlishi mumkin. Tarmoq miqyosida maʼlumotlarning uzatilishi muvofiq kanal pogʻonasi bilan amalga oshiriladi. 
    Transport pogʻonasi (Transport Layer) — Asosiy vazifasi paketlarni xatosiz, dastlabki ketma-ketlikda, yoʻqotishlarsiz va ikkilanishlarsiz kafolat bilan yetkazib berishdir. Ushbu pogʻonada maʼlumotlar qayta taxlanadi: uzunlari bir necha paketlarga ajratiladi, qisqa paketlar esa birlashtiriladi. Shu orqali tarmoqdan paketlarni yuborish samaradorligi oshiriladi. Transport pogʻonasida qabul qiluvchi tomonidan maʼlumotlari qabul qilinganlik haqida tasdiq signali yuboriladi. Transport pogʻonasi oqimni boshqaradi, xatolarni tekshiradi va paketlarni yuborish va qabul qilish bilan bogʻliq boʻlgan muammolarni hal qilishda ishtirok etadi. Tranport pogʻonasi xizmat sinfini tanlash, bir tomondan, transport pogʻonasidan yuqori pogʻonadagi qoʻllanish dasturlar va protokollari tomondan ishonchlilikni taʼminlash, ikkinchi tomondan esa, quyi joylashgan tarmoq, kanal va fizik pogʻonalarining maʼlumotlarini tarmoqqa uzatish tizimi qanchalik ishonchli ekanligiga bogʻliq
    Seans pogʻonasi(Session Layer) — bu pogʻona ikki oxirgi tizim kompyuterlari oʻrtasidagi dialoglarni (oʻzaro aloqalarni) boshqaradi. Ushbu pogʻona uzatuvchi va qabul qiluvchining dasturiy ilovalari oʻrtasida aloqa jarayonini oʻrnatadi, aloqa davomiyligini boshqaradi va aloqani tugatadi. Shuningdek, bu pogʻonada toʻliq dupleks va yarim dupleks rejimidagi aloqalarni amalga oshiriladi hamda seansni tekshirish, toʻxtatish, qayta boshlash va tugatish tartiblarini belgilaydi. OSI modelida ushbu pogʻona seanslarni aniq tugatilishi jarayonlari ucun masʼul hisoblanadi. TCP/IP uchun ham ushbu pogʻona aynan seans jarayonlariga bogʻliq amallarga javob beradi.

    Download 4,32 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 4,32 Mb.