• OSI modeli OSI model
  • Fizik pogʻona
  • Texnika xavfsizligi




    Download 4,32 Mb.
    bet4/12
    Sana26.07.2024
    Hajmi4,32 Mb.
    #268616
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Hisobot1

    ADSL tizimini o’rganish
    ADSL (ing. Asymmetric Digital Subscriber Line — asimmetrik raqamli abonent liniyasi) — bu xDSL oilasiga mansub modem texnologiyasidir.
    ADSL texnologiyasida kanalning oʻtkazish qobiliyati kiruvchi va chiquvchi trafik orasida nosimmetrik taqsimlangan — foydalanuvchilarning asosiy qismiga chiquvchi trafikdan koʻra kiruvchi trafikning ahamyati kattaroq, shundan kelib chiqib bunday taqsimot oʻzini oqlaydi. Oddiy telefon liniyasi ovozni uzatish uchun 0,3-3,4 kHz (kilogerts) oraligʻidagi chastotani ishlatadi va ADSL texnologiyasini yaratish jarayonida ovozli telefon aloqasi xalaqit bermaslik maqsadida ishchi chastota sifatida 26 kHz dan 1.1 MHz gacha boʻlgan oraliq tanlangan. Bunda 26 kHz - 138 kHz oraliq chiquvchi trafik va 138 kHz - 1.1 MHz oraliq kiruvchi trafik uchun ajratilgan.
    1990-yillarning oʻrtalarida dunyoga xDSL texnologiyasi kirib kela boshladi. Bizni Oʻzbekistonda T1.413 va G.DMT standarti keng rivojlangan. Uning kirish va chiqish tezliklari quyidagicha hisoblanadi. Download - 8 Mbit/sek, Upload - 1 Mbit/sek ni tashkil qiladi. Lekin bizda koʻpi bilan 2.1 Mbit/sek va 0.6 Mbit/sek tezliklarni tashkil qiladi. Bunda albatta modem toʻgʻri sozlangan boʻlishi kerak. Hozirda koʻp modemlar ADSL2+ standartiga sozlangan hisoblanadi. Koʻpincha shunday modemlarda DSL oʻchib-yonadi.

    2 - rasm. Kerakli qurilmalar.
    OSI modeli
    OSI modeli — tarmoqni loyihalash va ishlab chiqishda qoʻllaniladigan yetti pogʻonadan tashkil topgan modeldir. Bu model uzatuvchining tarmoq qurilmasidagi (noutbukmarshrutizator) ilovadan fizik muhitdan foydalangan holda qanday qilib maʼlumotlar qabul qiluvchiga etib borishi va har ikkala tarmoq qurilmasidagi ilovalarning oʻzaro aloqalarini tavsivlaydi. Boshqacha qilib aytgandaOSI modeli maʼlumotlarni uzatish uchun zarur boʻlgan tarmoq vazifalarini pogʻonalar kesimida belgilaydi va ularni yetti toifaga ajratadi.


    3-rasm.OSi modeli
    Fizik pogʻona — uzatish muhitlari bilan oʻzaro munosablarda ishlovchi tarmoqning eng quyi pogʻonasi hisoblanadi. Tarmoqning fizik qismi tarmoq elementlarini bir biri bilan bogʻlaydi hamda tarmoq tugunlari orasida fizik maʼlumotlarni tashiydi. Fizik pogʻonada koʻp murakkab amallar bajariladi, masalan, modulyasiyalashkodlashmultipleksorlash kabi. Bu pogʻona shuningdek kanal pogʻonasi uchun xizmatlarni taqdim etadi.
    Kanal pogʻonasi — bu tarmoq pogʻonasi orqali qaerga uzatilishi kerakli aniqlangan paketlarni orqaliq tugunlar oʻrtasida uzatish jarayoni uchun masʼul hisoblanadi. Ushbu pogʻona fizik pogʻona boʻylab xatosiz uzatish jarayonini taʼminlaydi

    Download 4,32 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 4,32 Mb.