• Materiallarning tasniflanishi.
  • Texnikada ishlatiladigan muhim metallar va qotishmalar. Tayyorladi: ismoilova kamolaxon 87a 20




    Download 0.77 Mb.
    bet1/3
    Sana04.03.2024
    Hajmi0.77 Mb.
    #166816
      1   2   3
    Bog'liq
    oylik balans, 20220312T1152 - Тесты по русскому языку для 6 класса, Standartlashtirish asoslari, 1-MI (Algo), Mustaqil ish Fan Statistika Mavzu Moliya bozori statistikasi-kompy.info (1), Молия бозори статистикаси фани якуний назорат саволлари (1), Economic theory - lecture 7, Ijtimoiy fanlar

    Texnikada ishlatiladigan muhim metallar va qotishmalar.

    Tayyorladi:ismoilova kamolaxon 87a_20

    Metallar va qotishmalar

    Metall deb elektr va issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan, shaffof bo‘lmagan yaltiroq va plastik jismga aytiladi.

    Texnikada metallarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:1) oddiy metallar (nisbatan boshqa kimyoviy element-lardan toza bo‘lgan);2) murakkab metallar yoki qotishmalar (metall asosida birnecha elementlarning birikmasi bo‘lgan).

    D. I. Mendeleyev davriy sistemasiga ko‘ra, hozirda 120 dan ortiq kimyoviy element bo‘lib, shulardan 3/4 qismi metallar,qolgani esa metallmaslardir. Metallar shunday ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, sanoatda ularning juda oz qismi ishlatiladi.Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy metall bu temir (Fe) bo‘lib, uning uglerod (C) bilan birikmasi qora metallarni tashkil etadi. Dunyo bo‘yicha ishlatiladigan metallarning 93 foizi qorametallardir. Qurilishning barcha sohalarida, mashina va mexanizmlarni tayyorlashda, asosan, qora metallar ishlatiladi.Qolgan metallar va ularning qotishmalari rangli metallar guruhiga kiradi. Rangli metallardan mis (Cu), alyuminiy (Al),magniy (Mg), titan (Ti), qo‘rg‘oshin (Pb), rux (Zn), qalay(Sn) va boshqalar sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan metallar hisoblanadi. Ularning barchasi texnik ahamiyatga ega.

    Materiallarning tasniflanishi.


    Materiallar
    Metallar
    Temir
    Rangli materiallar
    Metallmaslar
    Tabiiy materiallar va keramika

    Sanoatda qo‘llaniladigan asosiy metallar.

    Texnikada ishlatiladigan metallar asosan ikki gruppaga – qora va rangli metallarga bo’linadi. Qora metallarga temir va uning birikmalari (cho’yan, po’lat, ferro qotishmalar) kiradi. Qolgan metallar va ularning qotishmalari rangli metallar gruppasini tashkil qiladi.

    • Zamonaviy konstruktsion materiallarning xossalariga juda keng va turli xil talablar qo’yiladi. Metall va qotishmalarning barcha xossalari ularning tarkibiga va ichki tuzilishiga bog’liq.Mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo’nalishlarda tubdan yangi texnika, materiallar va ilg’or texnologik protsesslarni yaratish va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish asosida fan-texnika taraqqiyotini yanada jadallashtirishni ta’minlash qayd etilgan. Belgilangan maqsadga metall mahsulotlarining sifatini va assortimentini yaxshilash; yangi konstruktsion materiallar, metall kukunlari asosida tayyorlanadigan qoplama va buyumlar ishlab chiqarishni ko’paytirish; talab etilgan xossalar kompleksiga ega bo’lgan yangi polimer va kompozitsion materiallar ishlab chiqarishni rivojlantirish; kam chiqindi chiqadigan, chiqindi chiqmaydigan va kam operatsiyali texnologik protsesslarni keng qo’llash; metall va materiallarning xossalarini keskin yaxshlashni tahminlaydigan ishlov berishning yuqori samarali usullaridan foydalanishning hamda boshqa qator tadbirlarni amalga oshirish mumkin. Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishning bu muhim yo’nalishlaridan ba’zilari ushbu bitiruv malakaviy ishda o’z aksini topgan.Hozirgi zamon mashinasozligi mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan metallarning asosiy iste’molchisi hisoblanadi. Stanoksozlikda, avtomobilva aviatsiya sanoatida, elektronika va radiotexnikada metallardan juda ko’p mashina va pribor detallari tayyorlanadi.

    Uglerod (C)olmos,grafit,toshko’mir holida uchraydi.Po’lat va cho’yanning xossalari uglerodning miqdoriga va holatiga bog’liq.
    Oltingugurt (S) cho‘yan va po‘lat tarkibida juda oz miqdordabo‘ladi.
    Fosfor (P) juda ko‘p metallar bilan tez birikadi, u temir-ning barcha uglerodli birikmalari tarkibida mavjud. Fosfor bilanoltingugurt po‘lat tarkibidagi zararli elementlar hisoblanadi
    Kremniy (Si) turli xil metall qotishmalarini olishda ish-latiladi. Metallarni jilvirlash, silliqlashda kremniy karborundi(SiC) dan foydalaniladi

    Download 0.77 Mb.
      1   2   3




    Download 0.77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnikada ishlatiladigan muhim metallar va qotishmalar. Tayyorladi: ismoilova kamolaxon 87a 20

    Download 0.77 Mb.