Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish




Download 1,62 Mb.
bet3/7
Sana23.05.2024
Hajmi1,62 Mb.
#250867
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kamoldinov A TJA

1.2.Barbotajli ekstraktorlar
Tekshirilayotgan barbotajli absorbsiya qurilmasini gaz taqsimlash qurilmasidagi gaz
yostigʻini hisoblash uchun tenglama yaratilgan boʻlib. Bu tenglamani tekshirish
uchun tajribalar oʻtkazildi. Quyida tajribalarni oʻtkazish usuli keltirilgan.
Qurilmaning aralashtirish zonasiga gaz uzatuvchi teshiklari orqali KV-10 markali
kompressordan RS-3 markali ratometr orqali gaz berildi. Gaz taqsimlash
patrubkasidagi teshik diametrlari d0=0,6;0,8;1;1,5;2; mm ni tashkil etadi. Har bir
teshik diametri uchun alohida-alohida tajribalar oʻtkazilib, gaz sarfining oʻzgarishi
bilan gaz yostigʻini oʻzgarishi tekshirildi. 6 Oʻtkazilgan tajribalarda suyuqlik 0,7 m3
/soat dan 0,39 m3 /soatgacha oʻzgartirildi.
1-Gaz taqsimlash boʻlimi, 2-gaz taqsimlash nasadkasi, 2a-gaz uzatuvchi teshik, 3-
ostki seksiya, 3a-ustki seksiya, 4,4a,4b-flaneslar, 5-ajratuvchi qism,6- toʻyingan
absorbent quvuri,7- gaz uzatish kanali, 8-absorbent uchun idish, 9- nasos, 10-
rotametr, 11-zaxarli gaz kompressori, 12-zaxarli gaz rotametri, 13- toʻyingan
absorbent idishi, 14-absorbentni oqizuvchi quvur, 15-tutash idish naychasi, 16-
tozalangan gaz quvuri, 17- tortuvchi shpilkalar, 18-absorbent ventil, 19-gaz ventili,
20-yirik setka, 21- mayda setka. Qurilmaning konstruksion tuzilishi quyidagicha.
Qurilma yigʻiluvchi va ajraluvchi qismlardan tashkil topgan boʻlib, bir-birining
ustiga oʻrnatiladigan seksiyalardan iborat. Bu seksiyalar qurilmaning pogʻonalari
vazifasini oʻtaydi. Apparat seksiyalari 3, 3a, shisha turbalardan tayyorlangan.
Shisha turbalar metal flanes 4, 4a, 4b, larga oʻqdosh xolatda 4 tadan shpilka 17a
va 17b lar yordamida tortiladi. Shisha trubalarning 7 koʻndalang kesilgan yuzalari
(tores) benzin va kislotaga chidamli ikkitadan rezina prokladkalar bilan flanes 4, 4a,
4b, larga zichlanadi. Seksiya pastki flanesi 4 ning markaziga metall patrubka 2
payvandlash orqali oʻrnatilgan boʻlib, uning bir qismi flanes 4 ning pastki qismidan
boʻrtib chiqib turadi. Unda ochilgan teshik 2a apparatning ostki va ustki seksiyalari
3 va 3a ga gaz oʻtkazish uchun xizmat qiladi. Ostki flanes 4 ga qurilma ostki
seksiyasiga yirik oʻlchamdagi setka 14 va flanes 4a ga ustki seksiyasiga, mayda
oʻlchamli setka 15 toʻshalgan. Bu setkalar zaxarli gaz pufaklarini maydalash uchun
xizmat qiladi. Flanes 4 ning yon tomonlarida kanallar 7 va 7a parmalash yoʻli bilan
ochilgan. Kanal 7 apparatga zaxarli gazni uzatish uchun xizmat qiladi. Kanal 7a esa
apparat seksiyalari 3 va 3a lardagi absorbent suyuqligi sathini aniqlash uchun
tutash idish shaklida shisha patrubka 15 ga bogʻlangan. Qurilma seksiyalarini toʻliq
rejimda ishlashini taminlash maqsadida flanes 4b ga absorbent va gazni bir
biridan ajralishini ta'minlovchi patrubka 5 oʻrnatilgan. Bu patrubkadagi kanal 6
orqali gaz yutilgan ikkilamchi absorbent maxsus quvur 14 orqali idish 13 ga
toʻkiladi. Kanal 16 orqali esa tozalangan gaz atmosferaga chiqariladi. Qurilmaga
absorbentni idish 8 dan berish uchun nasos 9 xizmat qiladi. Berilayotgan
absorbentni kerakli xajmi rotametr 10 va jumrak 18 orqali sozlanadi. Qurilmaga
zaxarli gaz kompessor 11 va jumrak 19 hamda rotametr 12 orqali uzatiladi. Gaz
pufaklarini maydalash uchun apparatning flaneslari 4 va 4a larga yirik oʻlchamli 20
va mayda oʻlchamli 21 setkalar oʻrnatilgan


Download 1,62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 1,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish

Download 1,62 Mb.