Matematik modellashtirish
Odatda texnologik ob’ektni o‘rganishda ma’lum qiyinchiliklar bo‘lsa, unda modellashtirish usullari qo‘llaniladi (masalan, ob’ektning xavfsizligi bo‘yicha tajriba o‘tkazish mumkin bo‘lmasa).
Modellashtirilayotgan ob’ekt xususiyatlarini uning modelida olingan anologik xususiyatlarni tahlil qilish yo‘li bilan o‘rganishga modellashtirish deyiladi. Bunda model va ob’ekt o‘xshash bo‘lishi kerak. Odatda o‘xshashlik fizik va matematik bo‘ladi.
Fizik modellashtirishda, ob’ekt xususiyatlari kichik masshtabli moslamalarda o‘rganilib, u ob’ektni o‘rganishni kam xarajatlar bilan o‘tkazishga imkoniyat beradi. Fizik modellashtirishda ob’ektning ba’zi bir xususiyatlari modelda olingan natijalardan farqli bo‘lishi mumkin.Shuning uchun odatda fizik modellashtirishda odingan natijalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ob’ekt uchun qo‘llab bo‘lmaydi.
Matematik modellashtirish usuli oxirgi 30-40 yil ichida juda tez rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, zamonaviy kompyuterlarning imkoniyatlarini oshib borishi bilan matematik modellashtirish yo‘li bilan texnologik jarayon xususiyatlarini o‘rganish yaxshi natijalar bera boshladi.
|