- MA’RUZA Ma’lumotlarni taxrirlash va jarayonlarni modellashtirishda dasturiy-apparat vositalari. MathCad dasturi va unda ishlash




Download 1,93 Mb.
bet12/93
Sana23.07.2021
Hajmi1,93 Mb.
#15867
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   93
2 - MA’RUZA

Ma’lumotlarni taxrirlash va jarayonlarni modellashtirishda dasturiy-apparat vositalari. MathCad dasturi va unda ishlash.

Reja:

  1. Modellashtirish nazariyasi xaqida umumiy ma'lumotlar.

  2. Matematik modellashtirish va uning bosqichlari.

  3. Matematik modelni qurish.

    1. Mazmuniy modelni qurish.

    2. Matematik ifodani tuzish.

    3. Matematik model tenglamalarining tasnifi.

    4. Modellashtirish algoritmi.

  1. MathCad dasturi va unda ishlash

Jarayonlar va qurilmalarni taxliliy o’rganish, mukammallashtirish va yangi texnologik tavsiyalar ishlab chiqish uchun dastlab analitik tadqiqotlar va laboratoriyada tajribalar o’tkaziladi.

Analitik tadqiqotlardan ko’zlangan asosiy maqsad o’rganilayotgan jarayonni qisoblash uchun zarur bo’lgan tenglamalar olishdir. Ushbu tadqiqot yo’nalishi fizika va kimyoning umumiy qonunlari asosida, jarayonni to’la tavsiflovchi matematik boqliqliklarni (ko’p xollarda differentsial tenglamalarni) tuzish va ularning echimini topishdan iborat bo’ladi. Differentsial tenglamalar moxiyatiga ko’ra o’xshash bo’lgan bir qator jarayonlar guruqini tavsiflaydi. Ammo barcha jarayonlar uz tabiati, murakkabligi va o’zaro boqlangan ko’plab parametrlar sistemasi bilan tavsiflanadi. SHu sababdan texnologik jarayonlarni ifodalash uchun shakllantirilgan differentsial tenglamalarni mavjud matematik uslublar yordamida echish murakkab yoki ularni qar doim qam echish mumkin bo’lavermaydi. Bunday qolatlarda, jarayonning o’zgaruvchan parametrlari o’rtasidagi boqliqliklarni aniqlash maqsadida, laboratoriya sharoitida, qo’shimcha tajribalar o’tkaziladi.

Muayyan jarayonning differentsial tenglamalari o’xshashlik shartlari va tajriba natijalari asosida asosida qayta ishlansa, xususiy qarakterdagi, biron-bir aniq sharoit uchungina qo’llanilishi mumkin bo’lgan emprik tenglamalar keltirilib chiqariladi. Texnologik parametrlarni o’zaro boqlovchi bunday analitik tenglamalardan keyinchalik, parametrlar qiymatlarining ruxsat etilgan chegaralarida, jarayonni muxandislik qisoblarida qo’llaniladi.

SHunday qilib, analitik va laboratoriyaviy tadqiqotlar o’tkazish tufayli bizni qiziqtiradigan jarayonni amalga oshirilish sharoitlari, qayta ishlanayotgan maxsulotning eng muxim xossalari, maxsulotning chiqish foizi, xom-ashyo va energiyaning birlik sarflari aniqlanadi.

Laboratoriya sharoitida va sinov qurilmalarida o’tkazilgan tadqiqot ishlarining natijalari o’xshash jarayonlarning bir xillik shartlariga muvofik qayta ishlanib, sanoat qurilmalariga ko’chiriladi.

Ushbu bosqichlardagi ishlarni muvaffakkiyatli amalga oshirilishi ko’p jixatdan jarayonlarni modellashtirish nazariyasi uslublaridan qay darajada to’qri foydalanilganidan boqlik bo’ladi. Modellashtirish nazariyasi yangi jarayonlar va qurilmalarni yaratish yoki ularning mavjud turlarini mukammallashtirish bilan boqlik bo’lgan barcha analitik va tajribaviy tadqiqotlar qamda loyixalash ishlarining asosini tashkil qiladi.

Modellashtirish uslubiyotiga ko’ra, tadqiqotlar qaqiqiy ob'ektlarda (originalda) emas, balki ularning modellarida (nusxalarida) amalga oshiriladi. Originalning modeli uning kichraytirilgan fizik nusxasi (fizik modeli) yoki matematik tenglamalar sistemasi (matematik modeli) shaklida bo’lishi mumkin.

Modellashtirishning asosiy maqsadi modeldagi izlanishlar asosida originalda kechadigan jarayonning ishchi xolatlarini oldindan aniqlab berishga qaratilgan.

Ishlab chiqarishga joriy etilayotgan jarayonlarning murakkabligi bu borada olib boriladigan tadqiqot-loyiqalash ishlarini bajarilish muddatlarining cho’zilishiga sabab bo’lishi mumkin. Ushbu qolat kutilgan natijalarni ma'naviy jixatdan eskirib olish eqtimolini yuzaga keltiradi. Modellashtirish qonuniyatlaridan foydalanilganda esa yangi jarayonlar va qurilmalarni ishlab chiqarishga joriy etish bilan boqliq ishlarni bajarilish muddatlari sezilarli darajada qisqaradi.


Modellashtirish jarayonida quyidagi asosiy shart-sharoitlarni bajarilishi talab etiladi:

  • modelda o’tkaziladigan tajribalar originaldagiga nisbatan qisqa vaqt ichida amalga oshirilishi, oddiy, qulay, arzon va xavfsiz bo’lishi lozim;

  • modeldagi tadqiqotlar muayyan algoritmlar yordamida o’tkazilishi kerak;

  • modelning tarkibi, tuzilishi va vazifasi modellashtirishdan ko’zlangan asosiy maqsadlarga uyqun bo’lishi lozim, chunki xech bir model originalni aynan qaytarmaydi.

Umuman olganda, texnologik jarayonlar modellarini yaratish paytida o’xshashlik shartlari va qoidalariga to’la rioya qilish lozim.

Modellashtirish nazariyasi nuqtai nazaridan qaralganda modellashtirishning ikki uslubi (turi) mavjud: fizik modellashtirish; matematik modellashtirish.




Download 1,93 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   93




Download 1,93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- MA’RUZA Ma’lumotlarni taxrirlash va jarayonlarni modellashtirishda dasturiy-apparat vositalari. MathCad dasturi va unda ishlash

Download 1,93 Mb.