Texnologik tizimlarning sintez qilishda, xom ashyodan kerakli maxsulot olish usuli ma’lum bo‘lsa, optimal texnologik sxema ishlab chiqiladi(3-sxema).
2-sxema
Odatda, texnologik tizimlarlarini tahlil kilish, optimallashtirish va sintez qilish masalalarini ishlab chiqarish sharoitida yoki tajriba moslamalarida yechish juda murakkab masala bo‘lib, hamma vaqt ham yechish mumkin emasdir. Bu masalalarni yechilishi kimyoviy kibernetika usullarini qo‘llash bilan ancha osonlashadi. Bunda, texnologik tizimlarning aloxida jarayonlarning matematik ifodalari tuzilib, ular asosida butun tizim matematik ifodasi tuziladi. Bu matematik apparat yordamida hisoblash eksperimenti o‘tkazilib, texnologik tizimlarning optimallashtirish, tahlil qilish va sintez qilish masalalarini yechish mumkin.
Tayanch so‘z va iboralar
1. Texnologik tizim taxlili- texnologik tizim kirish parametrlarini oraliq va chiqish parametrlariga ta’sir o‘rganiladi.
2. Texnologik tizim sintez qilish - agar maqsaddagi maxsulotni olish usuli ma’lum bo‘lsa, unda shu maxsulotni olishni optimal sxemasini aniqlash.
3. Texnologik tizim optimallashtirish - optimallashtirish kriteriysining eng yaxshi qiymatlarini ta’minlovchi texnologiya parametrlarini aniqlash.
4. Texnologik tizimning kirish parametrlari - tizimga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy parametrlar.
5. Texnologik tizimning chikish parametrlari - tizim xolatini ko‘rsatuvchi asosiy parametrlar.
6. Texnologik tizimning oralik parametrlari - tizim xolatini ko‘rsatuvchi parametrlar.
7. Samaradorlik ko‘rsatkichi - tizimni effektiv ishlashini kursatuvchi ko‘rsatkich.
8. Optimal texnologik sxema - texnologik sxemaning eng yaxshisi.
9. Kompyuterlar - zamonaviy shaxsiy elektron xisoblash mashinasi.
10. .Kimyoviy kibernetika - texnologiya tizimlarini EXM yordamida boshkarish va tadkikot kilish.
11. Texnologiya tizimi - texnologik jarayon, shu jarayon ketayotgan kurilma va shu jarayonni boshqarish tizimi hammasi birgalikda texnologik tizim deyiladi.
12. Matematik modellashtirish - texnologik jarayonni uning matematik modeli yordamida o‘rganish.
13.Tizimli taxlil kilish - jarayonni o‘rganishda uni elementar jarayonlarga bo‘lib o‘rganish.
14. Tizimni dekompozitsiyalash - tizimni aloxida elementar jarayonlarga bo‘lib o‘rganish.
15. Ishlab chiqarish korxonasining ierarxik tuzilishi - kimyoviy korxona ierarxik tuzilishining birinchi kuyi boskichi, ikkinchi o‘rta boskichi va uchinchi yukori boskichi va ular orasidagi bog‘lig‘liqlar.
16. Lokal avtomatik rostlash tizimi - texnologik jarayondagi biror parametrni avtomatik rostlash tizimsi.
17. Texnologik jaraenlarni avtomatik boshkarish tizimlari - masalan biror sexda ketayotgan texnologik jarayonni optimal boshqarish tizimi.
18. Korxonani avtomatik boshkarish tizimlari - butun korxonani ishini avtomatik boshqarish tizimi.
Nazorat savollari.
Kimyoviy kibernetikaning tadqiqot usuli nima?
Tizimli taxlil qilish nima?
Texnologik tizim nimalarni o‘z ichiga oladi?
Texnologik tizimlarni aloxida elementlarga dekompozitsiyalash deganda nimani tushunasiz?
Ishlab chiqarish korxonasining ierarxik tuzilishining quyi bosqichida boshqarish tizimini qanday tasavvur qilasiz?
Ishlab chiqarish korxonasining ierarxik tuzilishining o‘rta va yuqori bosqichida boshqarrish tizimini qanday tasavvur qilasiz?
|