|
Modellashtirish algoritmi
|
bet | 19/93 | Sana | 23.07.2021 | Hajmi | 1,93 Mb. | | #15867 |
Modellashtirish algoritmi
Matematik ifodada tenglamalar tizimsini yechish ketma-ketligini aniqlab hisoblash algoritmini tuzib chiqish kerak bo‘ladi. Matematik tenglamalar tizimsini analitik yechish mumkin bo‘lsa, unda maxsus modellashtirish algoritmlarini yaratishga zarurat yo‘qoladi, ammo kup holatlarda matematik tenglamalar tizimsi murakkab ko‘rinishga ega bo‘lib, effektiv modellashtirish algoritmi tuzish mumkinligiga qarab, bu modeldan foydalansa bo‘lishligi bog‘liq bo‘ladi. Yana bir asosiy faktorlardan biri, olinayotgan natijalarni fizik mohiyatini yaxshi anglash, effektiv hisoblash algoritmlarini tuzishga yordam beradi.
Ba’zi bir holatlarda murakkab modellashtirish algoritmini EHMda yechish uchun matematik modelni soddalashtirishga to‘g‘ri keladi. Albatta bu matematik model aniqligini pasaytiradi.
Tayanch so‘z va iboralar
Modellashtirish- texnologik jarayon xususiyatlarini uning modeli yordamida o‘rganish.
Fizik modellashtirish - texnologik jarayon xususiyatlarini uning fizik modeli yordamida o‘rganish.
Matematik modellashtirish - texnologik jarayon xususiyatlarini uning matematik modeli yordamida o‘rganish.
Mazmuniy ifoda - texnologik jarayonni mazmuniy aspektda ifodalangan ko‘rinishi.
Matematik ifoda - texnologik jarayonni analitik aspektda matematik tenglamalar yordamidagi ifodasi.
Modellashtirish algoritmi - matematik modelni yechish ketma-ketligini belgilovchi algoritm.
Texnologik «elementar» jaraenlari - texnologik jarayon ierarxik tuzilishida jarayonni tashkil qiluvchi bir necha jarayonlar.
Fazalarning oqim tuzilishi - fazalarning oqimi xarakati.
Moddaning agregat xolatini o‘zgarishi - moddaning suyuqlik xolatdan bug‘ga, bug‘ xolatdan suyuqlik xolatiga o‘tishi va x.k.z.
Jaraenning konstruktiv parametrlari - jarayonning apparat konstruksiya parametrlariga bog‘liq bo‘lgan parametrlari.
Jaraenning fizik parametrlari - jarayonning xolat va xususiyat parametrlari.
Parametrlari mujassamlangan modellar - parametrlari bir koordinata bo‘yicha o‘zgaruvchi modellar.
Parametrlari taksimlangan modellar - parametrlari vaqt va yana bir boshqa koordinata bo‘yicha o‘zgaruvchi modellar.
Effektiv xisoblash algoritmlari - xisoblashni optimal ketma-ketligi.
|
| |