Texnologik jarayonlari.
Har qanday ishlab chiqarish korxonasini, har qanday texnologik tizimni ma’lum bir miqdordagi tipik texnologik zvenolar orqali ifodalash mumkin. Odatda ularda adsorbsiya, rektifikatsiya, ekstraksiya, kimyoviy reaksiya va boshqa tipik texnologik jarayonlar ketadi.
Ma’lum bir kurilmada ketayotgan tipik jarayon, o‘z vaqtida tipik boshqarish ob’ekti hamdir.
Ichki moddiy va energetik bog‘liqliklar xarakteriga qarab, ishlab chiqarish texnologiyasining hamma jarayonlarini quyidagi sinflarga bo‘lish mumkin:
gidrodinamik;
issig‘lik;
diffuzion;
kimyoviy;
mexanik.
Bundan tashqari texnologik jarayonlar determinlashgan va staxostik jarayonlarga bo‘linadi.
Determinlashgan deb shunday jarayonlarga aytiladiki, ularda asosiy kattaliklar uzluksiz va aniq qonuniyatlar bo‘yicha o‘zgaradi. Bunda, ushbu jarayonni ifodalovchi chiqish parametrining qiymati, kirish parametrining qiymatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir.
Staxostik deb shunday jarayonlarga aytiladiki, ularda asosiy parametrlar o‘zgarishi tartibsiz va diskret ro‘y beradi.
|