|
Qurilish materiallari va konstruksiyalari
|
bet | 1/17 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #158564 |
Bog'liq 2023 BETON Kurs ishi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
“QURILISH MATERIALLARI VA KONSTRUKSIYALARI” KAFEDRASI
BETONLAR VA TEMIRBETON TEXNOLOGIYASI
fanidan kurs loyihasi
MAVZU: “Agregat potok usulida yillik ishlab chiqarish quvvati 18000 m3 bo’lgan yo‘l plitalari ishlab chiqarish korxonasini loyihalash”
Bajardi: 801-20 QMBva KICH guruhi talabasi Axmatov Diyorjon
Qabul qildi: Qurbonov Zavqiddin
Jizzax-2023 y
MUNDARIJA
1. Kirish……………………………...…………………………….. 3
2. Umumiy tushunchalar……….........…………………………….. 4
3. Buyumning tavsifini aniqlash……...…………………………… 6
4. Korxonaning ish rejimini asoslash……………………………… 6
5. Xom ashyolar sarfini hisoblash…………………………………. 8
6. Korxonaning (sexning) ishlab chiqarish dasturi……...………... 10
7. TEXNOLOGIK LINIYALARNI LOYIHALASH…...……..… 11
8. Buyumlarni uzlukli (siklli) ishlovchi agregatlarda qotirish……. 26
9. Bosh tarxni loyixalashning umumiy meyorlari………………... 31
10. ATROF MUHIT VA MEHNAT MUHOFAZASINI
TA’MINLASH………………..………………………………….. 37
11. Asosiy va qo’shimcha adabiyotlar hamda axborot manbaalari.. 39
K I R I SH
Mustaqil Respublikamizning kelajakda kuchli rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishida oliy o‘quv yurtlari oldiga yuqori malakali muhandis mutaxassislar, shu jumladan qurilish sohasida murakkab masalalarni echa oladigan loyihachilar, konstruktorlar va muhandis texnologlarni tayyorlashdek muhim vazifalar qo‘yilmoqda. Hozirgi bozor iqtisodiga o‘tilayotgan bir paytda arzon va mahalliy xom ashyolar asosida yangidan yangi qurilish ashyolari ishlab chiqarish, ulardan qurilish sanoati talablariga mos keluvchi va halq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan qurilish buyumlari va qurilmalarni tayyorlash muhim ahamiyatga egadir.
Talaba har tomonlama bilimli va malakali mutaxassis bo‘lib etishishi uchun ularning dunyoqarashini ilmiy izlanishlar orqali oshirmoq zarurdir. SHu sababli bosqich va diplom loyixasini bajarish davomida quyidagi talablar qo‘yiladi:
- talabalarning bilimini ilmiy izlanishlar bo‘yicha oshirish;
- berilgan topshiriq bo‘yicha kerakli adabiyotlardan foydalanish va referat yozishni o‘rganish;
-texnik va iqtisodiy jihatdan beton tarkibini hisoblash jarayonini o‘rganish;
- ishlab chiqarish texnologik jarayonga bog‘liq bo‘lgan barcha ishlar, jumladan texnologik liniyalarni tanlash, ishlab chiqarishning to‘liq tavsifnomasini aniqlash, ishlab chiqarish usullarini tanlash va unumdorligini hisoblash, betonni zichlash, qotirish jarayonlari, texnologik tizimlar siklogrammalarini ishlab chiqishni o‘rganish;
-to‘ldiruvchilar va sement ombori, shuningdek beton qorish sexi hisoblari va ularni loyihalash;
-ishlab chiqarish jarayonini iqtisodiy jihatdan analiz qilish, eng tejamli usullarini tanlash;
-mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni o‘rganish;
-olingan natijalar bajarilgan hisoblashlar asosida kerakli chizma grafik ishlarni aniq, ravon va davlat standartlarini talabga mos holda bajarlishini o‘rgansh va x.k.
Berilgan topshiriqning to‘liq va yuqori sifatda bajarishi talabalarning ushbu fanni chuqur o‘zlashtirishi, kelgusida etuk mutaxassis bo‘lib etishishiga muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
|
| |