|
LOYIHALASH UCHUN KERAKLI MA’LUMOTLARNI ISHLAB CHIQISH
|
bet | 2/17 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #158564 |
Bog'liq 2023 BETON Kurs ishi1. LOYIHALASH UCHUN KERAKLI MA’LUMOTLARNI ISHLAB CHIQISH
1.1. Umumiy tushunchalar
Bosqich loyihasining tarkibi va hajmi quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘lishi kerak:
- kirish-1÷3 bet;
-ishlab chiqariladigan buyumlarning tavsifini aniqlash-1 bet;
-xom ashyolar miqdorini hisoblash-2÷3 bet;
-korxonaning ish rejimini asoslash 2÷3 bet;
-korxonaning ishlab chiqarish dasturini aniqlash 1÷2 bet;
-texnologik qism (sexning ish rejimi va ishlab chiqarish dasturini aniqlash, texnologik liniya unumdorligini aniqlash, texnologik tizimlarni ishlab chiqish va h.k.)-15÷20 bet;
-xom ashyolar ombori va beton qorish sexi -6÷8 bet;
-atrof muhit va mehnat muhofazasi 2÷3 bet;
-foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1 bet.
Ishning hamma bo‘limlarini yuqori saviyada bajarish uchun topshiriqda quyidagilar berilishi kerak: sexning o‘lchami va yillik unumdorligi, buyumning xili, ishlab chiqarish usuli. Qo‘shimcha kerakli ma’lumotlar normativ xujjatlardan, texnik adabiyotlar va katalogdan olinadi.
Loyihaning hisob-tushuntirish xati 30-35 bet qo‘l dastxati, grafik qismi esa 1 varaq A1 yoki 2 varaq A2 standart chizma varaq shaklida bajariladi. Bosqich ishining hisob tushuntirish xati o‘lchamlari 297x210 mm. A4 standart qog‘ozning bir tomoniga (yuza qismiga) yoziladi. Qog‘ozning chap tomonidan 25 mm, qolgan uch tomonidan 10mm masofa qoldirib hoshiya chiziladi. Hoshiyaning pastki o‘ng qismiga burchak belgisi (o‘lchami 130x15 mm) chiziladi. Tushuntirish xatining birinchi betida ishni bajarish uchun topshiriq beriladi va ishning bajarilishi mundarijasi yoziladi. Grafik qismida sexning tarxi, bo‘ylama va ko‘ndalang qirqimlari, texnologik tizimlar siklogrammasi va tavsifnomalar aniq va mukammal qilib bajariladi. Asosiy e’tibor texnologik uskunalar, mashina va mexanizmlarning joylanishiga hamda texnologik jarayonlarning bajarishiga qaratiladi.
Diplom loyixasining hisob tushuntirish xatida quyidagilar yoritilmog‘i zarur:
-kirish qismi - 4÷5 bet. Bu qismda yig‘ma temir beton buyumlari va qurilmalari ishlab chiqarishning xalq ho‘jaligidagi ahamiyati, loyihalanishi kerak bo‘lgan korxona va undagi texnologik jarayonlarning mohiyati hamda loyihani bajarishdan ko‘zlanadigan maqsad va x.k. yoritilishi kerak.
-ishlab chiqariladigan buyumlar haqida qisqacha tavsif va xillarini aniqlash – 2÷3 bet;
-xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar tarkibini hamda sarfini hisoblash - 5÷6 bet;
-texnologik jarayonlarni ishlab chiqish. Bu asosiy bo‘lim bo‘lib unga quyidagilar kiradi:
a) korxonaning ish rejimini asoslash va ishlab chiqarish dasturini aniqlash - 4÷5 bet;
b) alohida usullar uchun unumdorliklarni aniqlash - 4÷5 bet;
v) texnologik uskunalar, mashina va mexanizmlarni tanlash - 3÷4 bet;
g) texnologik tizimlarni tashkil etish, alohida elementar sikllarning bajarilishini ishlab chiqish, texnologik jarayonlarning bajarilish siklogrammalarini qurish va x.k. 25÷30 bet;
d) buyumlarni issiqlik bilan qotirish jarayonini hisoblash - 5÷6 bet;
e) to‘ldiruvchilar va sement ombori hamda beton qorish sexi hisoblari - 4÷5 bet.
j) korxonaning bosh tarxi va me’moriy qurilish echimlari - 4÷5 bet;
z) atrof muhit, mehnatni muhofaza qilish hamda texnika xavfsizligi qoidalarni ta’minlash - 3÷4 bet;
i) foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1÷2 bet.
Diplom loyixasining grafik qismida korxonaning bosh tarxi echimlari va asosiy texnologik tarxi, bo‘ylama va ko‘ndalang qirqimlari, texnologik tizimlarning bajarilish siklogrammasi, issiqlik kameralari, to‘ldiruvchilar ombori va beton qorish sexi, buyumlarning qurilmaviy chizmalari aniq va tushunarli qilib chiziladi.
Grafik qismi chizmalari quyidagicha joylanishi mumkin:
-korxonaning bosh tarxi – 1 varaq;
-asosiy ishlab chiqarish sexlarining texnologik tarxi chizmalari – 1 varaq;
-korxonaning bo‘ylama va ko‘ndalang qirqimlari (tavsifnomalar bilan) – 1 varaq;
-texnologik tizimlar siklogrammalari va asosiy grafiklar – 1 varaq;
-to‘ldiruvchilar ombori va beton qorish sexi hamda issiqlik kameralari – 1 varaq;
-buyumlarning qurilmaviy chizmasi, armaturalanishi hamda tavsifnomalari – 1 varaq.
Asosiy e’tibor texnologik tizimlarga uskunalar, mashina va mexanizmlarning joylanishiga qaratiladi. CHizmalar 1:50; 1:100; 1:200 masshtablarda bajarilishi tavsiya qilinadi. Alohida buyumlar, agregatlar va uskunalarning chizmalari 1:10, 1:20, 1:25, 1:50 masshtablarda bajarilishi ruxsat etiladi. Grafik qismidagi chizmalar, jadvallar, dastxatlar va boshqa belgilanishlar qat’iyan Davlat standarti talablari asosida bajarilishi shart.
|
| |