2.2. Texnologik uskunalarni tanlash
Texnologik uskunalarga asosan quyish sexidagi mashina va mexanizmlar (betonquygich va betonni zichlovchi mexanizmlar, kranlar, armatura ashyolarini qayta ishlovchi stanoklar, titratgichlar va x.k.) kiradi. Uskunalarni tanlashda eng keyingi ishlab chiqarilgan va maksimal mexanizatsiyalashtirilganini tanlash ishlab chiqarish unumdorligin oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari uskuna va jihozlarni tanlash xom ashyo sifatiga va xiliga hamda buyumning tavsifiga bog‘liq bo‘ladi. Qo‘llaniladigan mashina va mexanizmlarni tanlashda ularning soni, unumdorligi va boshqa texnologik tavsiflari aniqlanadi, yoki maxsus normativ xujjatlardan, jadvallardan qabul qilinadi. Quyish sexidagi texnologik jarayonlarga aloqador bo‘lgan uskunalar ilovada berilgan jadvallardan tanlanadi (jadval 1÷24, ilova 1).
Talab qilinadigan mashina va uskunalar soni quyidagi formula orqali aniqlanadi:
(2.1)
Bu erda R1-sexning (liniyaning) bir soatlik unumdorligi;
Pm-tanlangan mashinaning (uskunaning) pasporti bo‘yicha bir soatlik unumdorligi;
Kn-jihozlardan foydalanish koeffitsienti, Kn=0,85. Agar tanlangan mashina yoki uskunaning bir soatlik unumdorligi sexning talab qilinadigan bir soatlik unumdorligidan ko‘p bo‘lsa u holda mashinalar (uskunalar) soni emas balkim ulardan foydalanish koeffitsienti aniqlanadi:
(2.2)
Quyish sexining xom ashyolar extiyojiga asosan (jadval 1.3) agregat-potok usulida markasi PP-3x6m bo‘lgan qovurg‘ali tom plitasini ishlab chiqarish uchun armaturaga bo‘lgan bir soatlik talab 0,09 t/soat. Armaturalarni to‘g‘rilovchi va qirquvchi stanokning ish unumdorligi (jadval 1. ilova 1) asosan 0,33t/soat. Demak markasi I-6118 stanok tanlaymiz. Soni bir dona (0,33t/soat>0,09t/soat).
Quyish sexining bir soatlik betonga bo‘lgan talabi (ehtiyoji) pp.1.5 (jadval 1.4) asosan 4,31m3/soat. Demak jadval 6 (ilova 1) asosan markasi SB-31 bo‘lgan betonqorigich tanlaymiz. Uning pasporti bo‘yicha unumdorligi Pm=4,5m3/soat. U holda betonqorigich soni (2.1) asosan
dona kabul kilamiz
Beton qorishmasini qoliplarga quyish uchun jadval 7 (ilova 1) asosida markasi LBU-20 bo‘lgan 1 dona betonquygich tanlaymiz (unumdorligi 20 m3/soat). Beton qorishmasini betonquygich kombaynga uzatish uchun jadval 8 (ilova 1) asosida markasi TK-11 bo‘lgan lentasimon betonuzatgich qabul qilamiz. Qoliplangan betonni zichlash uchun jadval 11 (ilova 1) asosida markasi SMJ-200V bo‘lgan titratmamaydoncha qabul qilamiz (qolipning beton bilan birgalikdagi og‘irligini e’tiborga olgan holda). SHuningdek, buyum yuzasini tekislash uchun jadval 12 (ilova 1) asosida markasi PV-1 bo‘lgan tekis titratgich va jadval 13 (ilova 1) asosida markasi SO-132A bo‘lgan titratmareyka tanlaymiz (buyumning eni asosida). Qolipni buyum bilan birgalikda gorizontal yoki tik vaziyatga keltiruvchi moslamani jadval 21 (ilova 1) asosida qabul qilamiz (markasi SMJ-367, yuk ko‘tarish qobiliyati 14t). SHuningdek, sex ichida buyumlarni tashish uchun o‘ziyurar telejka, yuk ko‘taruvchi kran va tayyor buyumlar sifatini nazorat qiluvchi stend uskunasini javdal, 22, 23 va 24 (ilova 1) asosida tanlaymiz (buyumlarning og‘irligi va gabarit o‘lchamlarini e’tiborga olgan holda).
Konveyer, kasseta va stend usullari uchun ham ishlatiladigan stanoklar va jihozlar yuqoridagidek tanlanadi, Bunda buyumning armaturalanishi tavsifi, og‘irligi, o‘lchamlari va qolip xillari e’tiborga olinadi.
Tanlangan jihozlarning asosiy tavsiflari jadval 2.1÷2.4 kiritiladi.
Armatura ashyolariga ishlov beruvchi stanoklarning asosiy tavsiflari
Jadval 2.1.
Asosiy tavsiflari
|
Stanoklarning markasi
|
I-6118
1 dona
|
Ishlov beriladigan armatura diametri, mm
|
3÷16
|
Armaturaning uzunligi, m
|
1÷9
|
Stanoklarning unumdorligi, t/s
|
0,33
|
Stanok o‘lchamlari, mm
uzunligi
eni
balandligi
|
7540
810
1450
|
Taranglanadigan sterjenlar soni, dona
|
-
|
Maksimal tortuvchi kuch, kN
|
-
|
Domkrat porsheninining siljishi, mm
|
-
|
Domkrat motorining quvvati, kVt
|
-
|
Payvandlanadigan to‘rlarning eni, mm
|
-
|
Stanoklarning og‘irligi, kg
|
1830
|
Buyumlarni qoliplash jarayonida ishlatiladigan uskunalarning asosiy tavsiflari
Jadval 2.2
Asosiy tavsiflari
|
Betonqorigich SB-31 2 dona
|
Beton quygich LBU-20 1 dona
|
Beton uzatgich TK-11, 1dona
|
Titratmamay-doncha SMJ-200V, 1 dona
|
Tekis titratgich PV-1 , 1dona
|
Titratmareyka SO-132A ,1 dona
|
Betonqorigich hajmi, l
|
250
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Unumdorligi, m3/soat
|
4,5
|
20
|
35,0
|
|
|
120,0
|
Bunkerining hajmi, m3
|
-
|
2,4
|
|
|
|
|
Xarakatlanish tezligi, m/min
|
|
12,0
|
96
|
|
|
|
YUk ko‘tarish qobiliyati, t
|
|
|
|
15,0
|
|
|
Silliqlanadigan yuza eni, m
|
|
|
|
|
|
3,0
|
Tebranishlar chastotasi, min-1
|
-
|
-
|
-
|
45÷50
|
5800
|
2850
|
Motorining quvvati, kVt
|
1
|
|
|
88
|
2x1,1
|
-
|
Gabarit o‘lchamlari, mm
uzunligi,
eni
balandligi
|
-
-
-
|
16400
2900
3950
|
10570
1460
1600
|
10260
2940
685
|
-
-
-
|
3300
430
285
|
Og‘irligi, kg
|
|
12500
|
960
|
6000
|
150
|
65
|
Tayyor buyumlarni tashuvchi va texnik ko‘rikdan o‘tkazuvchi uskunalarning asosiy tavsiflari
Jadval 2.3.
Asosiy tavsiflari
|
Qolip ko‘targich SMJ-367
1 dona
|
O‘ziyurar telejka
SMJ-216A
1 dona
|
Ko‘prik kran
K-15/3
2 dona
|
Sinov stendi SMJ-262A
1 dona
|
YUk ko‘tarish qobi-liyati, t
|
14
|
10
|
15/3
|
10÷15
|
Xarakatlanish tezligi, m/min
|
-
|
35
|
80
|
-
|
G‘ildiraklari ora-sidagi masofa, mm
|
3340
|
1524
|
|
|
Gabarit o‘lchamlari, mm
uzunligi
eni
balandligi
og‘irligi, kg
|
2400
1540
1540
110
|
9000
2500
1800
5850
|
-
6300
2400
-
|
7830
3840
2380
7500
|
Qo‘shimcha moslamalar, uskuna va jihozlarning vedomosti
Jadval 2.4.
t/r
|
Jihozlarning nomi
|
soni
|
Izoh
|
1
|
Qolip bortlarini ochuvchi va yig‘uvchi moslamalar
|
1-komp
lekt
|
Agregat-potok, konveyer va stend usullari uchun
|
2
|
Payvandlovchi transformator TD-500
|
2
|
Xamma usullar uchun
|
3
|
Qoliplovchi uskuna SMJ-2104
|
1
|
Xamma usullar uchun
|
4
|
Qoliplarni tozalovchi va moylovchi uskuna SMJ-342
|
1
|
Xamma usullar uchun
|
5
|
Strop-4 arqonli (yuk ko‘tarish qobiliyati Q=5, 10, 1, 20, 30, 50t)
|
2
|
Buyumlarni kran yordamida ko‘tarish-tushirish uchun
|
6
|
Buyumlarni vaqtinchalik taxlovchi seksiyalar
|
4
|
Xamma usullar uchun
|
7
|
Qo‘lda ishlatiladigan asboblar (lom, lopatka, bolta, cho‘tka, arra, ruletka, chelak va x.k)
|
1-komp
lekt
|
Xamma usullar uchun
|
8
|
CHiqindilar bunkeri
|
2
|
Xamma usullar uchun
|
|