1.4. Xom ashyolar sarfini hisoblash.
Ushbu bo‘limda asosan quyidagilar yoritiladi:
-loyihalashtirilayotgan buyum ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom ashyo tavsifi;
-xom ashyoga qo‘yiladigan standart talablar va texnik shartlar;
-loyihaviy buyumni ishlab chiqarish uchun sarf bo‘ladigan xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar sarfini hisoblash.
Beton va temirbeton buyumlari ishlab chiqarish korxonalari odatda xom ashyo zahiralari ko‘p bo‘lgan joylarda, shuningdek temir yo‘l va suv transporti vositalaridan unumli foydalanish imkoni bo‘lgan sanoat markazlariga qurilishi maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari sanoat korxonalaridan chiqadigan chiqindilar (shlak, temir qipiqlari va x.k.) beton uchun to‘ldiruvchi sifatida keng ishlatiladi. SHunday qilinganda temir-beton buyumlar ishlab chiqarish harajatlari birmuncha kamayib, iqtisodiy jihatdan tejamkorlikka erishiladi va ishlab chiqarish unumdorligi oshadi.
Beton va temirbeton buyumlari qo‘llanilishi va ishlab chiqarish texnologiyasi talablariga asosan og‘ir, engil va maxsus xildagi betonlardan tayyorlanadi. Og‘ir betonlar uchun yirik to‘ldirgichlar sifatida shag‘al, chaqir tosh, sanoat chiqindilari (cho‘yan, po‘lat qirindisi va boshqalar), mayda to‘ldiruvchilar sifatida esa mayda qumlar (tog‘, daryo va dengiz, barxan va x.k.) hamda sun’iy qumlar (maydalangan tog‘ jinslari, metallurgiya shlaklari va boshqalar) ishlatiladi.
Engil betonlar sifatida keramzitobeton, g‘ovakbeton va boshqa xildagi betonlar qo‘llaniladi. Engil va g‘ovak to‘ldiruvchilar sifatida keramzit, agloporit, perlit, pemza shlaki, tuf kabilar ishlatiladi.
Maxsus xildagi betonlardan asosan silikat betonlik, polimerbetonli va betonpolimerli buyumlar ishlab chiqariladi. Silikat betonlarga ohak-shlak va boshqa bog‘lovchilar ishlatiladi.
Buyumning mustahkamligi betonning sinfiga va sifatiga bog‘liqdir. Betonning sifati va mustahkamligi esa o‘z navbatida uni tashkil qiluvchi dastlabki ashyolar sifatiga bog‘liqdir. Belgilanishi va inshootlarda ishlatilishiga qarab uni tashkil etuvchi komponentlarga tegishli talablar qo‘yiladi. Sementning turi va markasini tanlash betonning kerakli mustahkamligiga, uning qotish sharoiti va beton hamda temirbeton qurilmalarining qanday maqsadda ishlatilishiga qarab aniqlanadi. Og‘ir betonlar uchun sementning 300...400 markalari (aktivligi Rs=30…40 MPa) tavsiya qilinadi. Uning haqiqiy zichligi ρm=3,05…3,15 g/sm3, uyma zichligi ρm=1,4…1,7 g/sm3 va normal qotuvchanligi 22...26% atrofida bo‘ladi [1,2].
Mayda to‘ldiruvchilar sifatida ishlatiladigan qumning donadorligi 0,16...5 mm bo‘lishi kerak. Yiriklik moduli Mk=1...2 gacha, uyma zichligi ρm=1400…1700 kg/m3, namligi Wn=3…7% atrofida bo‘ladi [1,2].
Yirik to‘ldiruvchilar sifatida ishlatiladigan shag‘al, chaqir tosh, keramzit va boshqa yirik to‘ldiruvchilarning donadorligi 5...70 mm bo‘lishi kerak. Uning sifati donalar tarkibi va shakli bilan xarakterlanadi. To‘ldiruvchi donalarining yirikligi betonlanadigan buyumlarning o‘lchamlari va armatura sterjenlari orasidagi masofa bilan cheklanadi (ya’ni, yirik to‘ldiruvchi donalarining eng katta o‘lchami betonlanadigan buyumning eng kichik o‘lchamidan ko‘pi bilan ⅓ yoki armatura sterjenlari orasidagi eng kichik masofadan ko‘pi bilan ¾ bo‘lishi kerak). Yirik to‘ldiruvchilarning xaqiqiy zichligi ρ=2600...2800 kg/m3, uyma zichligi ρm=1600…1750 kg/m3, namligi Wn=6%, g‘ovakligi 35…50% atrofida bo‘ladi [1,2].
Markasi PD-2x2,25x20 bo‘lgan yo’l plitani tayyorlash uchun dastlabki xom ashyolar sarfi quyidagicha berilgan: sement 435 kg/m3, qum-520 kg/m3, shag‘al-1150 kg/m3, suv-200 l.
Sexning (korxonaning) texnologik jarayonini loyihalash uchun topshiriqda berilgan qiymatlar asosida har bir komponentlarning yillik, kunlik, smenalik va bir soatlik talabiy sarfini hisoblaymiz. Bunda beton qorishmasini tayyorlash vaqtida 0,5%, uni tashish va buyumlarga quyish paytida 1% kamayishi e’tiborga olinadi va hisoblash quyidagi formula yordamida bajariladi:
G= P·G1 ∕ ( 1- ) (1.2)
Bu erda P-sexning (korxonaning) yillik unumdorligi, m3;
G1-1m3 betonga sarf qilinadigan ashyo sarfi, t.
B=0,5+1=1,5% betonni tayyorlash va buyumga quyish jarayonidagi kamayishi.
Sementning yillik sarfi, (2x2,25x20 bo‘lgan yo’l plitasi uchun) yukoridagi formulaga (1.2) asosan:
S= 18000·0,435 ∕ (1- ) = 7949 t
Qolgan komponentlarning yillik sarfi , xuddi yukoridagidek hisoblanadi. Hisoblash natijalari jadval 1.3. da keltirilgan.
Xom ashyo materiallarning sarfi
Jadval 1.3
№
|
Xom ashyolarning nomi
|
O‘lchov birligi
|
Sarfi, t
|
Bir soatlik
|
Bir smenalik
|
Bir kunlik
|
Bir yillik
|
1
|
Sement
|
t
|
1,9
|
15,2
|
30,4
|
7949
|
2
|
Qum
|
t
|
2,27
|
18,16
|
36,32
|
9503
|
3
|
SHag‘al
|
t
|
5,01
|
40,08
|
80,16
|
21015
|
4
|
Suv
|
t
|
0,87
|
6,96
|
13,92
|
3655
|
5
|
Po‘lat PD-2x2,25x20
|
t
|
0,09
|
0,72
|
1,44
|
380
|
Eslatma: Jadvalning qolgan grafalari bir yillik qiymatlari 262 kunga, 2smena va 8 soatga bo‘lib topiladi.
|
|