TEXNOLOGIK LINIYALARNI LOYIHALASH




Download 0,62 Mb.
bet7/17
Sana19.02.2024
Hajmi0,62 Mb.
#158564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
2023 BETON Kurs ishi

2. TEXNOLOGIK LINIYALARNI LOYIHALASH


2.1. Texnologik liniyalarni hisoblash uchun umumiy ko‘rsatmalar va ularning ravoqlarda joylanishi

Sexda ishlab chiqariladigan buyum (korxonada ishlab chiqariladigan buyumlar) uchun quyidagi asosiy texnologik hisoblashlar amalga oshiriladi:


-buyumning xiliga va sexning (korxonaning) berilgan ishlab chiqarish unumdorligi asosida texnologik liniyalar sonini hisoblash;
-buyumlarga issiqlik bilan ishlov berish uchun issiqlik kameralari yoki avtoklavlarning asosiy tavsiflarini aniqlash (soni, o‘lchamlari va x.k);
-har bir texnologik liniya uchun jihozlar (mashina va agregatlar) sonini aniqlash;
-ravoqlardagi texnologik tizimlar ishlarining bajarilishini tashkillashtirish;
-liniyalardagi mashina va mexanizmlardan eng unumli foydalanishni yo‘lga quyish (texnologik tizimlarning bajarilishi siklogrammalari va x.k);
-buyumlarni ta’mirlash, texnik nazorat qilish va omborga jo‘natish jarayonini ratsional tashkillashtirish.
Asosiy texnologik jihozlar quyish sexga joylashtiriladi. Ishlab chiqarish liniyalari esa eni 18, 24, 36m, uzunligi 54÷144m bo‘lgan tipovoy ishlab chiqarish binosi ravoqlarga mos kelishi kerak. Sexning kran osti yo‘ligacha bo‘lgan balandligi 8,05 m, ustunlar orasidagi masofa chetki katorlar uchun 6 m va o‘rta katorlar uchun esa 12 m olinadi. [6].
Beton quyish sexida quyidagi postlar joylashadi: qoliplarni tayyorlash; betonni quyish; betonni zichlash; qoliplarni echish; ta’mirlash; sovutish; ushlab turish; buyumlarni qayta ta’mirlash, nazorat qilish va omborlarga jo‘natish postlari; issiqlik bilan qotirish kameralari, shuningdek armatura xom-ashyolar va komplektlovchi detallarni saqlovchi oraliq maydonchalar, qoliplarni sovutish maydoni va x.k.
Liniyaning texnologik jarayoni loyihalanganda asosiy e’tibor beton quyuvchi va uni zichlovchi uskuna va jihozlarga qaratilish kerak. Qolgan barcha postlar esa asosiy jarayonning ritm bo‘yicha ishlashini ta’minlab borish kerak.

Download 0,62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Download 0,62 Mb.