Bug‘ qobig‘i bor gidravlik idishni modellashtirish




Download 1,93 Mb.
bet55/93
Sana23.07.2021
Hajmi1,93 Mb.
#15867
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   93
Bug‘ qobig‘i bor gidravlik idishni modellashtirish.
Odatda ko‘p texnologik jarayonlari isitish bilan olib boriladi. Buning uchun har xil konstruksiyali isitgichlardan foydalaniladi. Kimyo-texnologiyada ishlatiladigan isitgichlardan biri, bug‘ qobig‘i bor gidravlik idishdir.

Texnologik jarayonlarni modellashtirishda odatda kimyoviy kibernetikaning tizimli tahlil qilish usulidan foydalaniladi. Bug‘ qobig‘i bor gidravlik idishni modellashtirishda ham tizimli tahlil qilish usulini qo‘llab, avval uning «elementar» jarayonlarini aniqlab olish kerak. Ularni chuqur o‘rganib, oqimlarni gidrodinamik tuzilishini hisobga olgan holda, bu «elementar” jarayonlarning matematik ifodalari tuziladi, so‘ngra ularni bir tenglamalar tizimsiga birlashtirib, butun texnologik jarayonning matematik modeli tuziladi. Matematik modeldagi tenglamalarni ko‘rinishiga qarab hisoblash usuli tanlanadi va kompyuterda yechish uchun dastur tayyorlanadi.



Isitgichga (18-rasm. Bug‘ qobig‘i bor gidravlik idish) modda G1 sarf va T1 temperatura bilan beriladi va G2 sarf va T2 temperatura bilan chiqib ketadi.


CHiqishdagi temperatura T2, butun apparat xajmidagi temperatura bilan bir xil bo‘ladi, chunki, idishdagi oqimlarning gidrodinamik tuzilishini ideal aralashtirish modelidagidek deb qabul qilish mumkin (bunda, modda temperaturasi, idishning har bir nuqtasida bir xil bo‘ladi.)

Bug‘ qobig‘idagi bosim Rp va bug‘ temperaturasi Tp.

Bug‘ qobig‘i bor gidravlik idishda ketayotgan jarayonlarni modellashtirishda, quyidagi “elementar” jarayonlarni ajratish mumkin:

1. Idishda moddaning yig‘ilash jarayoni.

2. Bug‘ning agregat holatini o‘zgarish (isitgich devorida kondensat xosil bo‘lish) jarayoni.

3. Gidravlik idish devorini isish jarayoni.



4. Idishdagi moddaning isish jarayoni.

Download 1,93 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   93




Download 1,93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bug‘ qobig‘i bor gidravlik idishni modellashtirish

Download 1,93 Mb.