Optimal konstruktsiyali distillyator loyixalash uslubi
Birlamchi distillyatsiya jarayonini statik optimallashtirish masalasini echish paytida, xususan energetik jixatdan optimal konstruktsiyaga ega bo’lgan va texnologik jarayonni belgilangan rejimlarda (G0, aj, tj 100C) amalga oshirilishini ta'minlovchi distillyator loyiqalash maqsadida, optimallik kriteriysi sifatida qurilmaning qizdirish yuzasi F tanlanishi mumkin.
Birlamchi distillyatsiya jarayonining statik modelidan foydalanib, qurilmaning ish unumdorligini G0 va quyultirilgan mistsella kontsentratsiyasi aj bo’yicha chegaraviy shartlarni xisobga olib, mazkur masalani quyidagi ko’rinishda shakllantirish mumkin:
Rоп min F (dи, n, h), (9-16)
bu erda, dи - qurilmadagi qizdirish trubalarining ichki diametri; h - truba balandligi;
n - trubalarning umumiy soni.
Birlamchi distillyatorlarni qisoblash jarayonida optimallik kriteriysi sifatida ularning birlik ish unumdorligidan (G0/F) foydalanish qulaydir. Bu paytda qurilma ishchi yuzasining optimal qiymati, buqlatilayotgan mistsella kontsentratsiyasi a, uni qaynash qarorati t va qurilmadagi ishchi bosimga P ko’rsatilgan chegaraviy shartlarni qisobga olgan qolda, aniqlanadi:
Rоп = G0/F = f(a, p, t, dи, n, h) max f(a, p, t, dи, n, h) (9-17)
Ushbu optimallashtirish masalasini echimi qurilmaning minimal qizdirish yuzasini aniqlashga yo’naltirilgan bo’lib, odatda ikki bosqichda yechiladi.
Birinchi bosqichda, qizdirish trubkalarining diametri ma'lum bo’lsa, ularning zaruriy soni aniqlanadi:
Rоп = f(a, p, t, dи, n,) max f( n) (9-18)
Bu paytda vertikal trubalarda qaynayotgan suyuqlik gidrodinamikasi e'tiborga olinadi.
Ikkinchi bosqichda, quyultirilgan eritmaning optimal kontsentratsiyasi bo’yicha, trubkaning ishchi balandligi aniqlanadi.
Energetik jiqatdan optimal konstruktsiyaga ega bo’lgan va texnologik jarayonni yumshoq rejimlarda (G0, aj, tj100C) amalga oshirilishini ta'minlovchi va muayyan ish unumdorligiga (G0, ао, аj) ega bo’lgan vertikal trubkali distillyator jarayonni statik matematik modeli (5-23) yordamida loyiqalanadi. Distillyatorni optimal ishchi yuzasi Fопт = dиnhопт ekanligi sababli berilgan konstruktiv-texnologik parametrlari (dи, n, G0, ао, tо, Рб) bo’yicha trubkalarni zaruriy balandligi hопт aniqlanadi.
Jarayonning statik modeli EXM da quyidagi algoritm bo’yicha tadqiq etiladi.
1. Qizdirish trubkasining ichki diametri dи, ularning soni n , eritmani birlamchi sarfi G0, kontsentratsiyasi ao va xarorati to; qizdiruvchi suv bug’ining qurilma qobig’idagi bosimi Рб va issiqlik uzatish koeffitsienti k kattaliklarning son qiymatlari beriladi.
2.Qurilma qobiqidagi suv buqi bosimini ifodalovchi (6-19) tenglamadan uning kondensatsiyalanish qarorati tкн aniqlanadi.
3. Eritma kontsentratsiyasi farqi а = аj - аj-1qiymati belgilanadi.
4. Qurilmadagi absolyut ishchi bosimni ifodalovchi tenglamadan eritmani qaynash qarorati t = f (а, Ра) aniqlanadi.
5. Eritmani aniklangan qaynash qarorati t bo’yicha (6-21) tenglamadan ikkilamchi buq entalüpiyasi iw aniqlanadi.
6. a va t kattaliklarni (6-22) tenglamaga qo’yib, eritmani issiqlik siqimi s aniqlanadi.
7. . tкн , t , iw va s kattaliklar qiymatlarini tenglamaga (6-18) qo’yib, qizdirish trubkasining j - chegarasi balandligi hj qisoblanadi.
8. Ра va k kattaliklarni berilgan qiymatlarida 3 dan 7 bandlar bo’yicha, t 100 0С sharti saqlanishi tekshirilib, qisoblashlar qaytariladi.
15.1- rasm. Paxta yog’i mistsellasini birlamchi distillyatsiyalash jarayonining statik modeli uchun EXMda qisoblash algoritmining blok - sxemasi
Suyuqlikni "yumshoq" rejimda quyultirishni ta'minlovchi ishchi bosim qiymatlarida Ра = Рw (t100 0С) eritma kontsentratsiyasi аj = аопт bo’lguncha qisoblashlar davom ettiriladi.
Ushbu algorimt asosida jarayonni EXMda tadqiq etish uchun tuzilgan blok-sxema 9.1- rasmda keltirildi.
Mistsella kontsentratsiyasini distillyator yuzasi (trubkalar balandligi) bo’ylab taqsimlanishini o’rganish bo’yicha kompüyuterda o’tkazilgan tadqiqotlar natijalari 9.2- rasmda tasvirlangan.
|