Optimumga tez tushish usuli.
Bu usulda relaksatsiya va gradient usullarining eng asosiy fikrlardan foydalaniladi. Boshlang‘ich nuqtada optimallashtirilayotgan funksiyaning gradienti topilgandan so‘ng, ya’ni funksiyaning eng tez o‘zgaruvchi yo‘nalishi, shu yo‘nalishda qidiruv qadami qo‘yiladi. Shu yo‘nalishda qidiruv davom ettiriladi. So‘ngra yana funksiya gradienti topiladi. Endi qidirish bu yangi gradient yo‘nalishida davom ettiriladi. Bu yo‘nalishda funksiya gradienti hisoblab topiladi va shu yo‘nalishda qidiruv tashkil qilinadi va hokazo.
Optimum yaqinida gradient yo‘nalishi juda tez o‘zgara boshlaydi va bu usul gradient usuliga o‘xshab ketadi. Chunki har yo‘nalish bo‘yicha optimum 12 qadamda topiladi.
35-rasmda optimumga tez tushish usuli ( ) chizig‘i bilan ko‘rsatilgan.
Optimumga tez tushish usulida gradient usuliga o‘xshab, qidiruv yo‘nalishi funksiya yuzasiga ortogonal bo‘lib, koordinata tizimsi orientatsiyasiga bog‘liq emas.
|