MA’RUZA:№ 14
Optimallashtirishda gradient usuli.
Reja:
Birlamchi distillyatsiya jarayonini optimallashtirish
Optimallik kriteriysini tanlash
Optimallashtirishda gradient usuli
Paxta yog’ining ekstraktsion benzindagi eritmasini (mistsella) birlamchi distillyatsiyalash (bug’latish) jarayonida optimallashtirish quyidagi maqsadlarda amalga oshirilishi mumkin:
- jarayonning eng maqbul ish sharoitlarini aniqlash; - ratsional texnologik parametrlarga va geometrik o’lchamlarga ega bo’lgan qurilma konstruktsiyasini ishlab chiqish. Ushbu jarayon statikasini optimallashtirish masalasi asosan ikki yo’nalishda amalga oshiriladi:
- jarayonning eng maqbul texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini taminlovchi texnologik rejimlarni aniqlash;
- qurilmaning optimal konstuktiv kattaliklarini, xususan uning qizdirish yuzasi qiymatini aniqlash. Qurilmaning belgilangan ish unumdorligi va tayyor maxsulot sifatiga ko’rsatilgan chegaraviy talablarni qisobga olib optimallik kriteriysi, umumiy qolda, quyidagi funktsiya ko’rinishda ifodalanadi.
R = f (G, K x, Э x, K c) , (9-1)
bu erda, G- qurilmaning ish unumdorligi yoki vaqt birligi ichida qurilma yordamida ishlab chiqarilayotgan maxsulot qajmi; Kx - ishlab chiqarishga yo’naltirilgan kapital xarajatlar; Ex - jarayonni amalga oshirish paytidagi ekspluatatsiyaviy xarajatlar; Kc - tayyor maxsulotning sifat ko’rsatkichlari.
Ko’p xollarda optimallik kriteriysi sifatida ishlab chiqarilayotgan maxsulot tannarxi S tanlanadi. Maxsulot tannarxi ishlab chiqarish kalükulyatsiyasi bandlarida keltirilgan xarajatlar yiqindisidan iborat bo’ladi.
Maxsulot tannarxining texnologik qismi tarkibiga xom-ashyo, materiallar, energiya, suv va boshqalar uchun sarf-xarajatlar kiritiladi. Ushbu kattaliklarning biron-birini o’zgarishi texnologik jarayonga bevosita ta'sir ko’rsatadi. SHu sababdan, birlamchi distillyatsiya jarayonining kechish sharoitlarining eng maqbul chegaralarini aniqlash masalalarida optimallik kriteriysi sifatida ishlab chiqariladigan maxsulotning texnologik tannarxi Ст tanlanadi.
|