Skanirlash usuli.
Bu usul bo‘yicha optimallik kriteriysining maqsad funksiyasi qiymatlarini qiymatlar o‘zgarishi mumkin bo‘lim oblastlarida, ketma-ket ko‘p nuqtalarda hisoblab chiqilib, ular ichida maqsad funksiyasining eng yaxshisini (optimumi) aniqlanadi.
Bir tomondan bu global optimumni hisoblab topish imkoniyatini bersa, ikkinchidan, bu hisoblashlar sonining juda ko‘payib ketishiga olib keladi.
Hisoblashlar sonini kamaytirish uchun, qidiruv qadamlar boshlanib, global optimum joylashgan oblast aniqlanadi (lokallaniladi), so‘ngra qidiruv kichik qadam bilan davom ettiriladi (40-rasm). Bu qidiruv strategiyasi hisoblashlar sonini qisqartishlarga olib keladi.
40-rasm.
Simpleks usuli.
Bu usul bo‘yicha, simpleks deb ataladigan ko‘p qirra cho‘qqilarida maqsad funksiya qiymatlari hisoblab chiqilib, optimallik kriteriysining eng tez o‘zgarishini ta’minlaydigan qidirish qadami yo‘nalishi aniqlanadi. Agar qidiruv 2 o‘lchamli koordinata tizimsida olib borilayotgan bo‘lsa, unda simpleks-uchburchak, 3-o‘lchamli koordinata tizimsida esa 4 qirrali piramida bo‘ladi.
Simpleks cho‘qqilarining hammasida maqsad funksiyasining qiymati hisoblaniladi va uning eng katta qiymatiga mos keladigan cho‘qqi aniqlanadi.
Shu cho‘qqidan (masalan, A cho‘qqi, 41-rasm), VS tomon o‘rtasidan (O nuqta orqali) o‘tuvchi AA’qidirish qadami qo‘yiladi. Bunda AO=OA’; Topilgan A’ nuqtada maqsad funksiyasi qiymati hisoblanib, V va S nuqtalardagi funksiya qiymatlari bilan solishtiriladi. Yana, maqsad funksiyasi eng katta qiymatga ega bo‘lgan cho‘qqidan (S) qidiruv qadami qo‘yiladi va hokazo (41 -rasm). Optimum yaqinida qidiruv «sikllanib» qolishi mumkin, bunda qidirish qadami kichraytirilib, optimumni qidirish davom ettiriladi. 41-rasm.
|