|
Standart neftni barqarorlashtirish jarayonida asosiy qurilma funksional sxemasi
|
bet | 2/3 | Sana | 16.06.2024 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #264072 |
Bog'liq barqarorlasahtirishStandart neftni barqarorlashtirish jarayonida asosiy qurilma funksional sxemasi
Sarfni rostlash. Kolonnaga kirayotgan maxsulot sarfini o’lchash uchun Proline Prosonic Flow ultratovushli sarf o’lchagich FE,FT(1-1, 1-2) o’rnatilgan. Ijrochi mexanizm sifatida REVCA teskari membranali rostlash klapani va 1.4, atmosfera bosimidagi NO’A va A pnevmomanbasi asosida ishlaydigan pozitsionerlar o’rnatilgan.
Haroratni rostlash. Qurilmaga kirayotgan bug’ sarfi bo’yicha haroratni rostlash uchun trubaquvurga izolyatsion holda, SITRANS TR Pt100 elektr qarshilik termometrlari TT (2-1) o’rnatilgan. Ijrochi mexanizm sifatida REVCA teskari membranali rostlash klapani va 1.4 atmosfera bosimidagi NO’A va A pnevmomanbasi asosida ishlaydigan pozitsioner o’rnatilgan
Haroratni rostlash. Qurilmaga kirayotgan bug’ sarfi bo’yicha haroratni rostlash uchun trubaquvurga izolyatsion holda, SITRANS TR Pt100 elektr qarshilik termometrlari TT (3-1) o’rnatilgan. Ijrochi mexanizm sifatida REVCA teskari membranali rostlash klapani va 1.4 atmosfera bosimidagi NO’A va A pnevmomanbasi asosida ishlaydigan pozitsioner o’rnatilgan
Bosimni kuzatib borish. Qurilmadagi bosimni asosiy parametr bo’lgani uchun bosimni nazorat qilish talab etiladi, buning uchun 4-1 pozitsiyada PScale 133 markali, bosimni ko’rsatib turuvchi shkalali asbob o’rnatilgan.
Haroratni rostlash. Qurilmaga kirayotgan bug’ sarfi bo’yicha haroratni rostlash uchun trubaquvurga izolyatsion holda, SITRANS TR Pt100 elektr qarshilik termometrlari TT (5-1) o’rnatilgan. Ijrochi mexanizm sifatida REVCA teskari membranali rostlash klapani va 1.4 atmosfera bosimidagi NO’A va A pnevmomanbasi asosida ishlaydigan pozitsioner o’rnatilgan.
Balandlikni rostlash. Qurilmadagi balandlikni rostlash uchun Pointek KLS 400 sath o’lchov asbobi LT (6-1) yordamida o’lchanadi va analog signal shitga yuboriladi. Ijrochi mexanizm sifatida REVCA teskari membranali rostlash klapani va 6-3 atmosfera bosimidagi NO’A va A pnevmomanbasi asosida ishlaydigan pozitsionerlar o’rnatilgan
Kolonnadagi jarayonning ish rejimini nazorat qilish va boshqarish uchun SIMATIC Panel sanoat kompyuterida avtomatlashtirilgan ish o’rni yaratiladi.
TT – Pt100 sezgir elementli -200 dan 6500C o’lchaydigan, chiqish signali 4-20mA analogli tokga ega bo’lgan SITRANS TR elektr qarshilik termometri.
FE - Proline Prosonic Flow ultratovushli sarf o’lchagichning sezgir elementi.
FT - Proline Prosonic Flow ultratovushli sarf o’lchagich signal o’zgartirgichi, chiqish signali 4-20 mA.
PLK SIMATIC – programmalashtirilgan logik kontrollerlar.
SIMATIC NET – PROFInet, Industrial Ethernet, PROFIBUS, AS-Interface, KNX asosida tarmoq yechimlari.
SIMATIC HMI – o‘zaro inson-mashina interfeysi:
Operator panellari
HMI-ilova SIMATIC Protool
HMI-ilova SIMATIC WinCC Flexible
HMI-ilova SIMATIC WinCC
SIMATIC PCS 7 – DCS-sistema.
SIMATIC IPC – sanoat kompyuterlari.
|
| |