Texnologik parametrlari




Download 18,76 Kb.
Sana24.01.2024
Hajmi18,76 Kb.
#144584
Bog'liq
Hujjat (1)


3.Boshqarish deb nimaga aytiladi?Har qanday texnologik jarayon va ob’ekt turli fizik kattaliklar:harorat, bosim,tezlik,taranglik,namlik,sath va boshqalar kabi kо‘rsatkichlari bilan ifodalanadi.Bu kattaliklar jarayon yoki mashinaning texnologik parametrlari deyiladi.Rostlanishi,о‘zgarmas qilib ushlab turilishi yoki berilgan dastur bо‘yicha о‘zgartirilishi talab qilinadigan parametr rostlanuvchi parametr deyiladi.Parametrlari rostlanayotgan texnologik mashina boshqarish,obyektideyiladi.Boshqarish deb, har qanday jarayonni qо‘yilgan maqsad sari yo’naltirishga aytiladi.Boshqarish obyektining rostlanuvchi parametrini berilgan qiymat bо‘yicha ushlab turish uchun xizmat qiluvchi va boshqarish obyektiga boshqarish signali ishlab chiquvchi,qurilma.rostlagichdeyiladi.Rostlanuvchi obyekt va rostlagich majmui avtomatik rostlash sistemasini tashkil qiladi. Avtomat» sо‘zi – о‘zi harakat qiladi degan ma’noni anglatadi. Shu sababli avtomat deganda insonning bevosita ishtirokisiz о‘z nazorati octida ishlab-chiqarish jarayonini bajaradigan qurilmaga (mashina, apparat, asbob, moslama) aytiladi.Biz о‘rganadigan fan avtomatni emas, balki avtomatik boshqarishdan bilim beradi.Avtomatik boshqarish deb, obyektning ishlashi va undan kutilgan natija – ma’lum miqdorli, sifatli mahsulot, jarayon olish uchun avtomatik boshqarish qurilmalari orqali boshqarish maqsadida, ya’ni ma’lum dastur asosida kо‘rsatiladigan ta’sirlar tо‘plamiga aytiladi. Obyekt kirishiga boshqaruvchi ta’sir berilganda, obyektda boshqaruv maqsadiga mos harakat (jarayon) hosil bо‘ladi. Bu harakat obyektning holatini baholaydigan holat о‘zgaruvchilari yoki obyektni koordinatalari deb ataladigan boshqariluvchi о‘zgaruvchi qiymatlar bilan aniqlanadi. Obyektda hosil bо‘ladigan harakat nafaqat boshqaruvchi ta’sirni tabiatiga va jadalligiga bog‘liq, balki turli tо‘lqinlantiruvchi ta’sirlarga, shuningdek obyektni statik va dinamik xususiyatlariga ham bog‘liqdir.
4.Mexanizatsiya deb nimaga aytiladi? Mexanizatsiya – bu qо‘lda ishlash vositalarini mashina va mexanizimlar bilan almashtirishdir. Bular yordamida inson og‘ir yuklarni kо‘tarishni va siljitish, metallarni kesishi, eritishi va shtamplash, yer ostidan qazilma boyliklarni qazib olish mumkin va xakozo. Lekin bu turli mashina mexanizmlar inson tomonidan boshqariladi: u ishlab chiqarish, ularni taxlilqilish, qaror qabul qilib, bu jarayonta’sir qilish lozim.Shunday qilib mexanizimlashtirilganda, inson ishlab chiqarish jarayonida doimiy ishtroki talab etiladi.Ishlab chiqarish jarayonlarini aftomatlashtirilgada insonning ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtroki va qisman va butunlay texnik vositalarni va boshqarish tizimlarini qо‘llash orqali ozod etiladi. Avtomatlashtirish insonning aqliy mexnatini yengillashtiradi, uni axborot olish, uzatish, uni о‘zgartirish va undan foydalanish insonning bevosita ishtirokisiz amalga oshiriladi.
5.Avtomat boshqaruv tizimini (ABT)tashkil etadi «Avtomat» sо‘zi – о‘zi harakat qiladi degan ma’noni anglatadi. Shu sababli avtomat deganda insonning bevosita ishtirokisiz о‘z nazorati octida ishlab-chiqarish jarayonini bajaradigan qurilmaga (mashina, apparat, asbob, moslama) aytiladi.Biz о‘rganadigan fan avtomatni emas, balki avtomatik boshqarishdan bilim beradi.Avtomatik boshqarish deb, obyektning ishlashi va undan kutilgan natija – ma’lum miqdorli, sifatli mahsulot, jarayon olish uchun avtomatik boshqarish qurilmalari orqali boshqarish maqsadida, ya’ni ma’lum dastur asosida kо‘rsatiladigan ta’sirlar tо‘plamiga aytiladi. Avtomat ravishda boshqaruv insonning bevosita ishtrokisiz avtomat boshqaruv qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. Avtomat boshqaruv qurilmalari bilan boshqaruv obyekti birgalikda avtomat boshqaruv tizimini (ABT) tashkil etadi.Obyekt kirishiga boshqaruvchi ta’sir berilganda, obyektda boshqaruv maqsadiga mos harakat (jarayon) hosil bо‘ladi. Bu harakat obyektning holatini baholaydigan holat о‘zgaruvchilari yoki obyektni koordinatalari deb ataladigan boshqariluvchi о‘zgaruvchi qiymatlar bilan aniqlanadi. Obyektda hosil bо‘ladigan harakat nafaqat boshqaruvchi ta’sirni tabiatiga va jadalligiga bog‘liq, balki turli tо‘lqinlantiruvchi ta’sirlarga, shuningdek obyektni statik va dinamik xususiyatlariga ham bog‘liqdir. Axborotning ikki turini ya’ni, boshlang‘ich (daslabki) yoki aprior (avvaldan) va ishchisini ajratishadi. Dastlabki yoki aprior axborot deb, tizim ishlashidan oldin boshqariladigan jarayon va boshqarish tizimi haqida ixtiyorimizda bо‘lgan ma’lumotlarga aytiladi. Ishchi axborot deb, tizim ishlayotgan vaqtda olinadigan axborotga aytiladi. Ishlab chiqarish unumdorligini oshirish asosan ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va aftomatlashtirishga asoslanadi.
6.Elektrik datchiklarni tushuntiring?
О‘lchov о‘zgartgichi yoki datchik har qanday avtomatik boshqarish sistemasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bо‘lib, nazorat qilinayotgan parametrni qabul qilish va uni о‘lchash hamda sistemaning keyingi elementiga uzatish uchun oson bо‘lgan boshqa parametrga о‘zgartirishga xizmat qiladi.Har qanday fizik tabiatga ega bо‘lgan, nazorat qilinayotgan parametr datchiklar yordamida chiqishda mexanik yoki elektrik parametrlarga aylantirilishi mumkin. Elektr chiqishli datchiklar mexanik datchiklarga nisbatan, masofadan turib о‘lchash, chiqish signalini kuchaytirish va undan boshqarishda foydalnish osonligi, kam xatoga yо‘l qо‘yishligi kabi afzalliklarga ega. Shuning uchun ushbu datchiklar kо‘proq qо‘llanishga ega. Avtomatik boshqarish sistemalarida ishlatiladigan, bevosita boshqaruv obyektlarida о‘rnatiladigan elektr datchiklar parametrik va generatorli datchiklar guruhiga bо‘linadi. Parametrik datchiklar nazorat qilinayotgan har qanday fizik tabiatga ega parametrni elektr zanjirga ulangan rezistor R, induktivlik L yoki sig‘im S qarshiliklaridan birini о‘zgarishiga aylantirib beradi. Odatda bu elementlar chiqishda kuchlanish hosil bо‘ladigan har xil о‘lchov sxemalari (kо‘prik, potensiometr, logometr)ga ulanadi. Generatorli datchiklar nazorat qilinayotgan parametrni EYUK ga aylantirib beradi. Parametrik datchiklar nazorat qilinayotgan har qanday fizik tabiatga ega parametrni elektr zanjirga ulangan rezistor R, induktivlik L yoki sig‘im S qarshiliklaridan birini о‘zgarishiga qilib buaylantirib beradi. Odatda bu elementlar chiqishda kuchlanish hosil bо‘ladigan har xil о‘lchov sxemalari (kо‘prik, potensiometr, logometr)ga ulanadi. Generatorli datchiklar nazorat qilinayotgan parametrni EYUK ga aylantirib beradi.
g) induktiv datchiklarning ish prinsipi pо‘lat yakor siljiganda simli g‘altakning induktiv qarshiligi о‘zgarishiga asoslangan;
Termoelektrik datchik (termojuft) – masofadan turib –100 dan +2200oS gacha bо‘lgan haroratni о‘lchash uchun xizmat qiladi. Termojuftning ish prinsipi uning issiqlik elektr yurituvchi kuchi (IYUK) bilan harorat о‘rtasidagi bog‘lanishga asoslangan.
7.Potensiometrik datchiklar nimani aniqlaydi. Potensiometrik (reostatli) datchiklar. Bu datchiklarda kirish signali bо‘lib reostat surilgichi, chiqish signali bо‘lib reostat qarshiligi R xizmat qiladi (1a-rasm). Reostat surilgichi detal bilan bog‘liq bо‘lib, u siljiganda elektr zanjirining qarshiligi о‘zgaradi. Potensiometrik datchikning statik tavsifi deb surilgichdan olinayotgan chiqish kuchlanishi Uch bilan surilgichning surilish masofasi x о‘rtasidagi, ya’ni bog‘lanishiga aytiladi. Potensiometrik datchiklar mexanikaviy siljishlarni elektr kattaliklariga aylantirib berishi uchun xizmat qiladi. Datchikning asosiy qismi reostat bо‘lib, uning qarshiligi surgich siljishida о‘zgaradi. Potensiometrik datchiklar afzalliklari quyidagilardan iborat: konstruksiyasi sodda, о‘lchamlari kichik; kamchiliklari: sirpanish kontakti borligi, statik tavsifning nochiziqliligi (kichik qiymatli Rn da).
10.induktiv datchiklar vazifasi va turlari qanday
Induktiv qarshilikli datchiklarning ish prinsipi harakatlanuvchi pо‘lat yakor siljishi sodir bо‘lganda, pо‘lat о‘zakka о‘ralgan chulg‘amning induktiv qarshiligi о‘zgarishiga asoslangan. Datchikning afzalligi – konstruksiyasi soddaligi, ishda ishonchliyligi, kamchiligi – statik tavsifi nochiziqligi. Elektromagnitli datchiklar sodda tuzilishi va puxtaligi bilan avtomatika tizimlarida keng miqyosda qо‘llanib kelinmoqda. Elektromagnitli datchiklar kirish kattaligini о‘zgarishi bо‘yicha induktiv, transformator va magnitoelastik turlariga bо‘linadi.
11.Induktiv datchikning ishlash tamoyili va ishlash harakteristikalari. kо‘rsatilgan. Datchikning kirish kattaligi havo bо‘shlig‘i bо‘lib, chiqish kattaligi Ia. ikkilamchi asbobdagi tok bо‘ladi. Ia qiymati chо‘lg‘amning induktiv qarshiligi hamda о‘lchov asbobining aktiv qarshiligiga bog‘liq. Chо‘lg‘amning induktivligi ikkita havo bо‘shlig‘ini hisobga olgan holda quyidagi tenglama orqali ifodalanadi.
13.Termoelektrik datchiklar va ularning qoʻllanilishi.Termoelektrik datchiklar, ularning qо‘llanilishi.Tо‘qimachilik va paxta sanoati korxonalarida haroratni о‘lchash va nazorat qilishda ish prinsiplari va konstruksiyalari har-xil bо‘lgan harorat datchiklari (termometrlari) ishlatiladi. Ish prinsiplari bо‘yicha ularni kengayish termometrlari, manometrik termometrlar, elektr qarshilik termometrlari, termoelektrik termometrlar (termojuft), maxsus termometrlarga va boshqalarga bо‘lish mumkin.Quyida ulardan ba’zilarining ish prinsipi va konstruksiyasi bilan tanishamiz.Termorezistorlar (elektr qarshilik termometrlari) texnikada –200 dan +700oS gacha bо‘lgan haroratni о‘lchashda kо‘plab qо‘laniladi. Termorezistor har xil metallar (asosan platina va mis) dan va yarim о‘tkazgichlar (nikel, marganets, kobalt, mis va b.k. metallar oqislari)dan tayyorlanadi. Ularning ish prinsiplari metallar va yarim о‘tkazgichlar elektr qarshiliklarining haroratga bog‘liqligiga asoslangan. Termorezistorlar metalldan va yarim о‘tkazgichdan yasaladi. Bunday datchiklarda harorat о‘zgarishi qarshilik о‘zgarishiga aylantiriladi. Metall termorezistorlar mis, temir, nikel, platinalardan, yarimо‘tkazgichli termometrlar esa metall zangi, nikel, marganets, kobalt va boshqalardan tayyorlanadi. Metall termorezistorli qarshiliklar harorat koeffitsiyenti musbat kо‘rinishda, ya’ni, harorat о‘sishi bilan ular qarshiligi ortadi, yarimо‘tkazgichlarda esa manfiy hisoblanadi, ya’ni harorat ortishi bilan ular qarshiligi keskin pasayib ketadi.Metall termorezistorning ishchi zonasidagi harorat о‘zgarish kо‘lami chiziqli kо‘rinishga ega bо‘lib, quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Download 18,76 Kb.




Download 18,76 Kb.