Texnologik qism




Download 446.06 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi446.06 Kb.
#74360
Bog'liq
TEXNOLOGIK QISM
41507934180044-Loan-20210916141300472, O\'zbek adabiy tili tarixining ilk davrlari (Usmon Sanaqulov), tilxat, 16-маъруза КТЖваК 1-кисм, a.t.h.t.t.e, 3-mavzu, 7sinf test, Test MTA, dimlom ishiga ilova, XULOSA, 1670875878, Биология 11 класс, Beton va temirbeton texnologiяси fanidan test savollari (7semest (1)

TEXNOLOGIK QISM
Zamonaviy traktor va avtomobillarda masofadan boshqariladigan starter yuritmasi qo'llanilgan. Bu turdagi boshqarishda starter elektr dvigateli va akkumulator batareyasi bilan tortish relesi orqali bog'lanadi. Starter shesternasining maxovikning tishli gardishi bilan o'zaro tishlashtirish va dvigatel yurgizib yuborilgach, ularni bir zumda ajratish vazifasini bajaruvchi qurilmaga starter yuritmasi deyiladi. Starter yuritmasining barchasi shesternani majburiy qo'shish usuliga asoslangan bo'lib, ular, o'z navbatida, bevosita va masofadan boshqariladigan yuritmalarga bo'linadi. Masofadan boshqariladigan starterlarda elektr dvigatel akkumulator batareyasi bilan tortish relesi yordamida ulanadie Yuritma mexanizmini shikastlanishdan asrash uchun elektr dvigatelga tok berishdan avval yuritma shesterna tishlari maxovigini tishli gardishiga to'liq kiritilishi lozim.Karburatorli avtomobil dvigatellarida starter kalit va rele orqali ulanadi. Yondirish kalitini «Starter» holatiga burab o'rnatilganda S kontaktlari ulanib tortish relesi Kl ishga tushiriladi .Yakordagi elektromagnit richag orqali yuritma shesternasini dvigatel maxovigini tishli gardishiga yaqinlashtiradi va ular to'liq tishlashishi bilan K I.I kontaktlari qo'shiladi, natijada elektr tok akkumulatoridan starter cho'tkalariga yo'naltiriladi. Starlerda ikki chulg'amli tortish relelari qo'llaniladi. Releni o'ziga t0ftuvchi VO chulg'ami starter zanjiriga ketma-ket ulangan, ushlab turuvchi UO chulg'am esa starter zanjiriga parallel ulangan. Bunday relelarning asosiy afzalliklari akkumulator batareyasini kam tok sarf qilishini ta'minlaydi. Rele kontaktlari KRS. I Ulanganda tok akkumulator batareyasidan ikkita VO hamda UO

Chulg'amlaridan o'tib yuritmalarni siljitib KTR.I kontaktlarni

ulaydi. Ushbu kontaktlar VO chulg'amini shuntlaydi natijada tok faqat UO chulg'amidan o'tadi.


Dvigatel ishga tushgandan so'ng KRS. I kontaktlari uziladi va tok VO chulg'amidan qarama-qarshi yo'nalishda o'tadi. VO va UO chulg'amlarining o'ramlar soni bir xil bo'lganligi sababli ulardan o'tayotgan tok ham bir xil bo'ladi, buning natijasida VO va UO chulg'amlarining yakorga umumiy ta'siri teng bo'ladi. Chap va o'ng tomonlarga ta'sir qiluvchi kuchlar teng bo'lganligi sababli yakorga u prujina yordamida dastlabki holatga qaytariladi va shu bilan birga KRS. I kontaktlari ajraladi. Traktor dizellarini yurgizib yuborish uchun elektr starter tizimidan ham foydalaniladi (ayrim hollarda katta quwatli dizellarni yurgizib yuborish uchun maxsus ikki taktli karburatorli dvigatellardan foydalaniladi). Masofadan boshqariladigan elektrostarterli yurgizib yuborish tizimining chizmasi 7- rasmda keltirilgan. Starter elektr dvigateli (14) tokni akkumulator batareyasi (l) dan Olib elektr magnit tortish relesini ulangan kontaktlari orqali oladi. Tortish, qo'shimcha hamda blokirovka relelari starterni masofadan boshqarishni va dvigatel yurgizib yuborilgandan so'ng starterni akkumulator batareyasidan avtomatik ravishda ajratib yuborish uchun xizmat qiladi. Undan tashqari ishlab turgan dvigatelda starter qo'shilib ketmasligini ta'minlaydi. Starter qo'shgich kontaktlari (4) ulanganida blokirovka relesi, tortish (5) va ushlab turish (6) chulg'amlari akkumulator (l) ga ulanadi. Tortish rele yakorini va yuritma mexanizm shtoki (8) hamda richag (9) yordamida shesterna (12) ni dvigatel maxovigining tishli gardishi (13) ga kiritadi. Yakor (7) siljishining oxirida kontakt diski (3) tok kontakt boltlari (2) ni bir-biriga ulaydi va starter elektr dvigateli
(14) tirsakli valni aylantira boshlaydi.
Download 446.06 Kb.




Download 446.06 Kb.