|
Metallarni sandon (plita) ustida qirqish
|
bet | 11/18 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 5,9 Mb. | | #245314 |
Bog'liq 7-sinf texnologiya yoʻnalishi boʻyicha metallarga ishlov berishni oʻrgatish uslubini ishlab chiqishMetallarni sandon (plita) ustida qirqish. Qirqiladigan metall material yoki zagotovkaning o‘lchami katta yoki uzun bo‘lsa, ularni tiskiga o‘rnatib qirqishning imkoni bo‘lmaydi. Bunday holatlarda qirqish ishlari sandon ustida bajariladi. Sandon yaxlit metall taglik bo‘lib, uning ustida metallarni to‘g‘rilash, parchinlash, qirqish kabi ishlar amalga oshiriladi (40-rasm). Sandon maxsus stol, tumbochka yoki kunda ustiga o‘rnatiladi. Metallarni sandon ustida qirqish uchun:
1) qirqiladigan metall rejalanadi. Yupqa metallar bir tomonidan, qalinlari esa ikki tomonidan rejalanadi;
2) rejalangan metall sandon ustiga qo‘yib qirqiladi.
3) yupqa metallar bir tomonlama yarmigacha yoki 2/3 qismigacha qirqilib, qolgan qismi qo‘lda qayirib sindirib olinadi;
4) qalin metallar ikki tomonlama qirqiladi. Bir tomonidan yarmigacha qirqilib, qolgan qismi ikkinchi tomondan qirqiladi. Buning uchun metall sandonga to‘ntarilgan holatda o‘rnatiladi. Ammo metall butunlay qirqib uzilmasdan, so‘nggi qatlam qo‘lda yoki tiskiga qistirib olib, qayirib sindiriladi;
5) qirqish metallning qalin-yupqaligiga qarab, bir marta yoki bir necha marta o‘tish bilan bajariladi. Bir necha marta o‘tish bilan qirqish vaqtida zubilo oldingi iz bo‘yicha surib boriladi; 10
6) uzun o‘lchamli reja bo‘yicha kesishda zubiloning o‘z-o‘zidan surilishini ta’minlash maqsadida uni kesish yo‘nalishi bo‘yicha orqaga ma’lum burchak (10-15º) ostida tutgan holda bolg‘alanadi. Bunday holat metallning bir tekis sifatli qirqilishini ta’minlaydi. Zubiloni ko‘tarib surganda, tig‘ining bir qismi qirqim ariqchasida qolishi kerak;
7) yumaloq va kvadrat shakldagi metallarni qirqishda reja hamma tomoniga aylantirib chiziladi. Qirqish ishlari ham aylantirib olib boriladi. Bu jarayonda metall oxirigacha qirqib tushirilmasdan, balki so‘nggi qatlami sindirib olinadi;
8) list metallardan egri chiziqli zagotovkalarni qirqib olishda, tig‘i yumaloqlangan (“y” simon) maxsus zubilolar ishlatiladi (41-rasm)
|
| |