• Fikriy hujum”
  • Klaster” metodi
  • Interfaol metodlar va ularning tavsifi




    Download 5,9 Mb.
    bet14/18
    Sana20.05.2024
    Hajmi5,9 Mb.
    #245314
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
    Bog'liq
    7-sinf texnologiya yoʻnalishi boʻyicha metallarga ishlov berishni oʻrgatish uslubini ishlab chiqish

    Interfaol metodlar va ularning tavsifi.
    Pedagogik texnologiyalardan majburan foydalanish mumkin emas. Aksincha, tajribali pedagoglar tomonidan asoslangan yoki ular tomonidan qo’llanilayotgan texnologiyalardan maqsadga muvofiq foydalanish bilan birga ularni ijodiy rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o’quvchilarning o’quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba to’plangan bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Quyida ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan interfaol metodlardan bir nechtasining mohiyati va ulardan foydalanish borasida so’z yuritamiz.
    Fikriy hujum” metodi. Mazkur metod o’quvchilarning mashg’ulotlar jarayonidagi faolliklarini ta’minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag’batlantirish hamda bir xil fikrlash inersiyasidan ozod etish, muayyan mavzu yuzasidan rang-barang g’oyalarni to’plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo’lgan fikrlarni yengishga o’rgatish uchun xizmat qiladi. “Fikriy xujum” metodi A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bulib, uning asosiy tamoyili va sharti mashg’ulot (baxs)ning xar bir ishtirokchisi tomonidan o’rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta’kidlash, har qanday hazil-mutoyibalarni rag’batlantirishdan iboratdir. Bundan ko’zlangan maqsad o’quvchilarning mashg’ulot (baxs) jarayonidagi erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim jarayonida ushbu metoddan samarali va muvaffaqqiyatli foydalanish o’qituvchining pedagogik mayorati va tafakkur ko’lamining kengligiga bog’liq bo’ladi.
    Aqliy hujum” metodi. Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo’llaniladigan metod sanalib, u mashg’ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish hamda o’z tasavvurlari va g’oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko’nikma hamda malakalarni hosil qilishga rag’batlantiradi. Bu metod yordamida tashkil etilgan mashg’ulotlar jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni topish imkoniyati tug’iladi. “Aqliy hujum” metodi tanlab olingan mavzular doirasida ma’lum qadriyatlarni aniqlash va ularga muqobil bo’lgan g’oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi. Metoddan samarali foydalanish maqsadida quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
    1. O’quvchilarni muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ularning mantiqiy fikrlarni bildirishlariga erishish.
    2. Har bir o’quvchi tomonidan bildirilayotgan fikrlar rag’batlantirilib boriladi. Bildirilgan fikrlar orasidan eng maqbullari tanlab olinadi.
    3. Har bir o’quvchi o’zining shaxsiy fikrlariga asoslanishi va ularni o’zgartirishi mumkin. Avval bildirilgan fikrlarni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o’zgartirish ilmiy asoslangan fikrlarning shakllanishiga zamin hozirlaydi.
    4. Mashg’ulot jarayonida o’quvchilar faoliyatini standart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga yo’l qo’yilmaydi. Ularning fikrlari baholanib borilsa, o’quvchilar diqqatlarini shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar, oqibatda yangi fikrlar ilgari surilmaydi. Metodni qo’llashdan ko’zlangan asosiy maqsad o’quvchilarni muammo bo’yicha keng fikr yuritishga undash ekanligini yodda tutgan holda ularning faoliyatini baholab borishdan voz kechish maksadga muvofikdir.
    Klaster” metodi. Klaster (g’uncha, bog’lam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo’lib, u o’quvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq o’ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar to’g’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. “Klaster” metodi aniq ob’ektga yo’naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan biologik ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o’quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o’zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo’lishini ta’minlashga xizmat qiladi.
    Stil va Stil g’oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan “ Klaster” metodi puxta o’ylangan strategiya bo’lib, undan o’quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh, asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Metod, guruh asosida tashkil etilayotgan mashg’ulotlarda o’quvchilar tomonidan bildirilayotgan g’oyalarning majmuyi tarzida namoyon buladi. Bu esa ilgari surilgan g’oyalarni umumlashtirish va ular o’rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi.
    6x6” metodi. Ushbu metod yordamida bir vaqtning o’zida 36 nafar o’quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. “6x6” metodi asosida tashkil etilayotgan mag’shulotda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo’lgan 6 ta guruh o’qituvchi tomonidan o’rtaga tashlangan muammo (masala)ni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach o’qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo’ladi. Yangi shakllangan guruh a’zolari o’z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo (masala) yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar. “6x6” metodining afzallik jihatlari quyidagilardir:
    -guruhlarning har bir a’zosini faol bo’lishga undaydi;
    - ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta’minlaydi;
    - guruhning boshqa a’zolarining fikrlarni tinglay olish ko’nikmalarini hosil qiladi;
    - ilgari surilayotgan bir necha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o’z fikrini himoya qilishga o’rgatadi.
    Eng muhimi, mashg’ulot ishtirokchilarining har biri qisqa vaqt (20 daqiqa) mobaynida ham munozara qatnashchisi, ham tinglovchi, ham ma’ruzachi sifatida faoliyat olib boradi. Ushbu metodni 5, 6, 7 va hatto 8 nafar o’quvchidan iborat bo’lgan bir necha guruhlarda ham qo’llash mumkin. Biroq, yirik guruhlar o’rtasida “6x6” metodi qo’llanilganda vaqtni ko’paytirishga to’gri keladi. Chunki, bunday mashg’ulotlarda munozara uchun ham, axborot berish uchun ham birmuncha ko’p vaqt talab etiladi. So’z yuritilayotgan metod qo’llanilayotgan mashg’ulotlarda guruhlar tomonidan bir yoki bir necha mavzu (muammo)ni muhokama qilish imkoniyati mavjud. “6x6x6” metodidan ta’lim jarayonida foydalanish o’qituvchidan faollik, pedagogik mahorat, shuningdek, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish layoqatiga ega bo’lishni talab etadi. Guruhlarning to’gri shakllantirilmasligi topshiriq yoki vazifalarning to’g’ri hal etilmasligiga sabab bulishi mumkin. “6x6” metodi yordamida mashg’ulotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi: O’qituvchi mashgulot boshlanishidan oddin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul qo’yib chiqadi. O’quvchilar o’qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo’linadilar. O’quvchilarni guruhlarga bo’lishda o’qituvchi quyidagicha yo’l tutishi mumkin: 6 ta stolning har biriga muayyan ob’ekt (masalan, kema, to’lqin, baliq, delfin, kit, akula) surati chizilgan lavhani qo’yib chiqadi. Mashg’ulot ishtirokchilariga kema, to’lqin, baliq, delfin, kit hamda akula surati tasvirlangan (jami 36 ta) varaqchalardan birini olish taklif etiladi. Har bir o’quvchi o’zi tanlagan varaqchada tasvirlangan surat bilan nomlanuvchi stol atrofiga qo’yilgan stuldan joy egallaydi.O’quvchilar joylashib olganlaridan so’ng o’qituvchi mashg’ulot mavzusini e’lon qiladi hamda guruhlarga muayyan topshiriqlarni beradi va munozara jarayoni tashkil etiladi. O’qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o’rinlarda guruh a’zolariga maslahatlar beradi, yo’l-yo’riqlar kursatadi hamda guruhlar tomonidan berilgan topshiriqlarning tug’ri hal etilganligiga ishonch hosil qilganidan so’ng guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so’raydi. Munozara uchun belgilangan vaqt oxiriga yetgach, o’qituvchi guruhlarni qaytadan shakllantiradi. Yangidan shakllangan har bir guruhda avvalgi 6 ta guruhning har biridan bir nafar vakil bo’lishiga alohida e’tibor qaratiladi. O’quvchilar o’z o’rinlarini almashtirib olganlaridan so’ng belgilangan vaqt ichida guruh a’zolari avvalgi guruhdariga topshirilgan vazifa va uning yechimi xususida guruhdoshlariga so’zlab beradilar. Shu tartibda yangidan shakllangan guruh avvalgi guruhlar tomonidan qabul qilingan xulosalar (topshiriq, yechimlari)ni muhokama qiladilar va yakuniy xulosaga keladilar.



    Download 5,9 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




    Download 5,9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Interfaol metodlar va ularning tavsifi

    Download 5,9 Mb.