|
O’quvchilarga metallarga ishlov berish texnologiyasi, konstruksiyalash elementlarni o’rgatishning na’munali dasr ishlanmasi
|
bet | 15/18 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 5,9 Mb. | | #245314 |
Bog'liq 7-sinf texnologiya yoʻnalishi boʻyicha metallarga ishlov berishni oʻrgatish uslubini ishlab chiqish2.2.O’quvchilarga metallarga ishlov berish texnologiyasi, konstruksiyalash elementlarni o’rgatishning na’munali dasr ishlanmasi.
Metallarga ishlov berish mashg‘ulotlari maktabning tegishli ustaxonasida o‘tkaziladi. Unda har biringizga doimiy ish o‘rni, ya’ni xonaning dastgoh o‘rnatilgan muayyan qismi ajratiladi Har bir ish o‘rni o‘rindiqlar bilan jihozlangan bo‘lishi zarur. Ish o‘rni maxsus moslamalar: tumbochka, suriluvchi quti, shkaf, asbob-uskuna uchun javon, himoya ko‘zoynagi, chizmalar va h.k. bilan jihozlanishi hamda ularning ish o‘rnidan tashqariga chiqib turmasligi ta’minlanishi kerak. Ish o‘rni va yo‘laklarni material, namuna buyum yoki chiqitlar bilan to‘sib qo‘yishga ruxsat etilmaydi. Asboblar uskuna yonidagi saqlanishi mumkin bo‘lgan quti, shkaf, mashina konstruksiyasida ko‘zda tutilgan holda uning ichki qismida maxsus joyda saqlanishi kerak. Ish o‘rnida hamma vaqt namunali tartib bo‘lishi va u yerga faqat mazkur dars uchun kerakli asboblar qo‘yilishi shart. Mеtallga ishlоv bеrish ustaхоnasida ish o‘rni dоim tartibli bo‘lishi, faqat o‘tiladigan dars uchun zarur asbоbuskunalar jоylashtirilishi kеrak. Kеsuvchi, zarb bеruvchi, tig‘li hamda o‘lchоvchi asbоblardan fоydalanishda ehtiyot bo‘lish talab etiladi. Maktab ustaxonalarida belgilangan ichki tartib-qoidalariga rioya qilish zarur. Mashg‘ulot boshlanishidan oldin ish kiyimini kiyish kerak. Ustaxonaga qo‘ng‘iroq chalinmasdan oldin kelish, har bir o‘quvchining qo‘lida o‘quv qurollaridan kundalik daftar, darslik, qalam, chizg‘ich, o‘chirg‘ich bo‘lishi shart. Mashg‘ulot boshlanishida har kim o‘zining ish o‘rnini ko‘zdan kechirishi va uni ishlash uchun taxt qilishi lozim. Shuningdek, hamma o‘z ish o‘rnida ishlashi va o‘qituvchining ruxsatisiz hech kim u yerdan ketmasligi kerak. Asboblar, moslamalar va uskunalarni ehtiyotlab saqlash, xomashyolardan tejamkorlik bilan foydalanish zarur. O‘qituvchining ko‘rsatmasi bilan ishni to‘xtatish va uning tushuntirishlarini diqqat-e’tibor bilan tinglash kerak. Tanaffus vaqtida deraza darchalarini ochib qo‘yib, so‘ng ustaxonadan chiqish lozim. O‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlarning o‘ziga xos xususiyati o‘quvchilardan ham, shuningdek usta hamda o‘qituvchidan ham nazorat-o‘lchov operatsiyalarini bajarish va mehnat usullarini ko‘rsatish vaqtida diqqat bilan nazar tashlashni talab qiladi. Bu jihatdan to‘g‘ri burchak shaklidagi ustaxonalar bir qancha jiddiy kamchiliklarga egadir: asbob-uskunalar (dastgohlar)ning 7-8 qator qilib ketma-ket joylashtirilishi (dastgohlarning so‘nggi qatori bilan o‘qituvchining ish joyi o‘rtasidagi oraliq taxminan 10-11 metrni tashkil qiladi) eshitishni, ayniqsa o‘qituvchining tushuntirayotgan va ko‘rsatayotgan mehnat usullarini ko‘rishni qiyinlashtiradi, ustaxona devorlari bir tomonlama yoritilishi natijasida yorug‘likni sust qaytarishi, quyosh nurlarining to‘g‘ri tushish soatlarida ko‘zni qamashtiruvchi yoritish zonasining haddan tashqari kattaligi (50 dan ortiq) ko‘zning tez charchab qolishiga va shu tufayli xatolarning ko‘payishiga olib keladi, bir tomonlama yoritish natijasida doskaga doimiy yoritish shu‘lalarining tushib turishi unda yozilgan narsalarning yon tomondan ko‘rinishini ayniqsa qiyinlashtiradi va nihoyat xonada to‘g‘ri burchaklarning mavjudligi toza havo oqimining kelishini tugatib qo‘yadi, natijada uning intensiv almashinib turishi keskin kamayadi.. U kamida 20 o‘quvchidan iborat guruhga mo‘ljallanadi. Bu ustaxonalarda faqat slesarlik va duradgorlik ishlarini muvaffaqiyatli egallash uchun shart-sharoit yaratilib qolmasdan, balki dasturning materiallariga mexaniq ishlov berish va elektrotexnika ishlari mavzularini o‘tish uchun ham zarur shart-sharoitlar yaratilgan bo‘ladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’quvchilarga metallarga ishlov berish texnologiyasi, konstruksiyalash elementlarni o’rgatishning na’munali dasr ishlanmasi
|