• 19-rasm.
  • Rejalash, arralash, kesish, egovlash, zubilo bilan ishlash usullari




    Download 5,9 Mb.
    bet7/18
    Sana20.05.2024
    Hajmi5,9 Mb.
    #245314
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
    Bog'liq
    7-sinf texnologiya yoʻnalishi boʻyicha metallarga ishlov berishni oʻrgatish uslubini ishlab chiqish

    Rejalash, arralash, kesish, egovlash, zubilo bilan ishlash usullari
    Dastaki arra tuzilishi va ishlash prinsipi, egov turlari va metallarni kesish mavzulari bilan siz 5-sinfda qisman tanishgansiz. Quyida sizlar metalga ishlov beruvchi asboblar va ulardan foydalanish tartib-qoidalari bilan tanishasizlar.
    Arra bilan metallni kesish quyidagicha amalga oshirilishi kerak.
    Kesiladigan material ishlanayotgan paytda surilib yoki sakrab ketmasligi uchun uni tiskiga mahkam qistirib qo’yiladi (18-rasm).
    Kesiladigan materialning qattiqligi, o’lchami va shakliga qarab tishlarining kattaligi bo’yicha tegishli arra polotnosi tanlanadi.
    9
    18-rasm. Chilangarlik arrasi bilan ishlashda gavda va qo’llarning holati
    Ishlovchi o’zining gavdasi va oyoqlarining to’g`ri holatda turishiga e’tibor beradi. Bu ishni bajarishda ham metallarni qirqishdagi kabi holatda turiladi. Ishlayotganda arrani ikki qo’l bilan ushlanadi va kesilayotgan tekislikka parallel holatda tutib, sakratmay hamda siltamay bir maromda yurgiziladi. Ҳar bir yurishda arra polotnosi uzunligining eng kamida 2/3qismi ishlashi shart.
    Arra polotnosining tishlari tez o’tmaslashib qolmasligi uchun ishlovchi uni qarshi tomonga yurgizishda (ishni bajarishda) bosib, orqaga qaytarishda (salt yurishida) bo’shatib turishi lozim. Arra bilan qo’lda kesishdan tezlik har daqiqada eng kami 30 dan 60 martagacha juft yurishdan iborat bo’lishi kerak.
    Arralashda metallga bir yo’la arraning eng kami ikkita-uchta tishi tegib turishi lozim. Metallni arralashda ishni uning o’tkir qirrasidan boshlash man etiladi (19-rasm). Metallni arralash oxiriga yetay deb qolganida (metall uzulishidan oldin) arraga bosimni kamaytirish zarur.

    19-rasm. Qirqishni boshlashda arraning holati: a - to’g`ri; b - noto’g`ri.

    20-rasm. Uzun zagotovkalarni polotnoni 900 burchak ostida burib arralash

    21-rasm. Trubalarni chilangarlik arrasi bilan qirqish.





    22-rasm. Arralash dastgohi:1- stanina; 2- tirak; 3- stol; 4- arra polotnosi; 5- arralash ramasi;6- sig (xartum); 7- viklyuchatel; 8- tugma (ishga tushirish - to’xtatish);9- mashina tiskisi.

    23-rasm. Trubakesgichda ishlash: 1- truba; 2,5- dastalar; 3- vint; 4- harakatli rolik; 6- trubakeskich; 7- qisgich.
    Metallni reja bo’yicha kesishda arrani belgi chizig`i bo’ylab yo’naltirish va kesish chizig`i belgi chizig`idan taxminan 0,5 mm oraliqda bo’lishi kerak.Arra bir tomonga yurib (qiyshayib) ketsa, ishni to’xtatish va kesishni yangi joydan boshlash yoki teskari tomondan arralash lozim.
    Yupqa metall listlarni yoki mayda trubalarni kesishda ularni (yupqa listlarning bir nechtasini) yog`och bruskalar orasiga olib tiskiga qistirish va metallni shu yog`och bruskalar bilan qo’shib arralash tavsiya etiladi (20-rasm). Sortli metallni chilangarlik arrasi bilan dastaki arralash usulidan tashqari mexanik yuritmali arralash dastgohlaridan ham foydalaniladi (22-rasm). Bunday dastgohlarda odatda o’lchamlari katta sortli metallar kesiladi. Trubalarni kesishda ishning unumdorligini oshirish uchun truba kesgichlardan foydalaniladi.

    Download 5,9 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




    Download 5,9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rejalash, arralash, kesish, egovlash, zubilo bilan ishlash usullari

    Download 5,9 Mb.