Texnologik ta`lim




Download 5,9 Mb.
bet5/18
Sana20.05.2024
Hajmi5,9 Mb.
#245314
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
7-sinf texnologiya yoʻnalishi boʻyicha metallarga ishlov berishni oʻrgatish uslubini ishlab chiqish

a) b) d)
6-rasm.Chizma bo’yicha to’g`ri burchakli detallarni rejalash

Sirkul yordamida rejalash uchun dastlab kernernnng muhrasiga bolg`a bilan sekin-sekin urib yoylar va aylanalarning markazlari tushiriladi (7-rasm, a). Mana shu markazlarga rejalash stirkulining oyog`i o’rnatiladi. Rejalashda stirkulni harakatlanayotgan tomoniga biroz og`diriladi, og`irlik esa aylana markazida turgan oyog`iga tushadi (7-rasm, b).



a) b)
7-rasm. Stirkul bilan rejalash
Rejalashdan oldin zagotovkaning changlari, iflos joylari, zanglari tozalanadi, rejalash asboblarining sozligi tekshiriladi.
Rejalash juda mas’uliyatli operastiya. Yasaladigan buyumning sifati rejalashning qanchalik aniq bajarilishiga bog`liqdir.
Tekislash va rejalashda xavfsiz ishlash uchun:

  • zagotovka ushlanadigan qo’l jarohatlanmasligi uchun unga yenglik kiyib olish;

  • soz holatdagi bolg`a va to’qmoqdan foydalanish;

  • chizg`ichni ehtiyotlik bilan ishlatish, ko’z va qo’lingizni jarohatlashdan saqlash;

  • chizg`ichni xalatning cho’ntagiga solmaslik, u bilan o’ynashmaslik, ortiqcha harakatlar qilmaslik lozim.

Metalga ishlov beruvchi asboblarning ishchi qismlarini sozlash va ta’mirlash
Metallni qirqish. Metallni bo’laklarga bo’lish uchun arralash polotnosi, qaychi va boshqa kesuvchi asboblardan foydalaniladi.
Metallni qirqish uchun asbob. Qalin bo’lgan listli, polosali kesimi doira shaklida bo’lgan, profilli metallarni qirqish uchun qo’l-temir arrasi ishlatiladi. U paz, shlis, aylana bo’ylab belgi qilish uchun ham ishlatiladi (8-rasm).
Temir arra polotnosi tishlarini shunday o’rnatish kerakki, uning egilgan tishlarining uchlari ushlagichga teskari bo’lsin. Sal tortilgan polotnoning tishlari arralagan paytida sinib ketishi mumkin, aksincha agar polotno juda qattiq tortilib o’rnatilsa, sal qiyalikdan ham polotno sinib ketadi.

8-rasm.Qo’l temir arrasi: 1 - Qirqich; 2 - barashkali gayka; 3 - arra stannogi; 4 - ushlagich; 5 - arra polotnosi.

Polotno tishlarinng qayrilish burchagi odatda 60 ° ni tashkil qiladi. Metallni qirqayotgan paytda ishqalanish kuchini kamaytirish uchun ikki tomonga qayiriladi. Polotno to’lqinsimon qilib ishlangani uchun uning qirqish eni 0,25-0, 6 mm ko’proq bo’ladi. Temir arra polotnosining uzunligi odatda 250-350 mm, eni 12-15 mm, qalinligi 0,6-0, 8 mm bo’lib« tishlar qadami 0,6-1,2 mm ni tashkil qiladi.


Metallni qirqish usullari. Temir arrani qanday ushlash 12-rasmda ko’rsatilgan. Ishga tushishdan oldin qirqiladigan materialni tiskida mahkam qotirib olish kerak. Arralanadigan joy tiskiga yaqin bo’lishi shart. Agar u tiskidan uzoqroqda joylashsa, unda kesish paytida 1 tebranib, polotnoni sindirib yuboradi. Qirqish paytida shunga ahamiyat berish kerakki, chizilgan chiziq o’chib ketmasin. Ishlagan paytda temir arra gorizontal holatda ushlash lozim. Uni keskin tortmay asta sekin harakatlantirish va oldinga qarab surilganda sekin egish kerak. Temir arraning xarakat tezligi tahminan ikki tomonga bir minutda 35-50 marta bo’lishi tavsiya qilinadi.
Qirqishni zagotovkani uchidan boshlamaslik kerak, chunki tishlari sinib qolish extimoli bor (9-rasm).

9-rasm. Prokatni qirqish usuli
Polotno bilan qirqilayotganda detallning devori orasidagi ishqalanish kuchini kamaytirishi uchun unga tinmay yog` surtish kerak. Agar polotnoning tishi sinib qolsa, unda qirqishni to’xtatib, singan tishni olib tashlab, o’rniga charh yordamida yoysimon shakl berib, yana qirqishni davom ettirish mumkin.
Bir xilda uzun zagotovkani qirqayotgan paytda temir arraning dastgohi zagotovkaning tepasiga tegib qolgani uchun uni qirqish imkoni bo’lmay qoladi. Shunda dastgohni polotnoga nisbatan 90 ° ga burib mahkamlab olsangiz, unda bemalol qirqishni davom ettirishingiz mumkin. 10-rasm Uzun metallarni qirqish usuli . 11-rasm Listli metallni qirqish usuli.




10-rasm 11-rasm
Ingichka metall listlarni qirqish uchun uni ikkita yog`och bruslar orasiga mahkamlab qirqish mumkin (11-rasm).
Quvurlarni qirqish uchun ularni tiskida gorizontal holatda o’rnatiladi. Devori ingichka bo’lgan quvurlarni qirqish uchun yog`och bruslar yoki bo’lmasa, ingichka metall listlardan foydalaniladi (12-rasm, a, b).


Download 5,9 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 5,9 Mb.