|
Metallarga qo‘lda ishlov berish asboblari, konstruksiyalash elementlari tahlili
|
bet | 3/18 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 5,9 Mb. | | #245314 |
Bog'liq 7-sinf texnologiya yoʻnalishi boʻyicha metallarga ishlov berishni oʻrgatish uslubini ishlab chiqish1.2.Metallarga qo‘lda ishlov berish asboblari, konstruksiyalash elementlari tahlili.
Qora metallar qotishmalari cho`yan va po`latning asosiy mexanik hossalari:
qattiqlik, elastiklik, plastiklik va mo`rtlik.
Metallar har xil xossalarga ega bo’lib, ularning ayrimlari yumshoq va qayishqoq, ayrimlari esa qattiq, bukiluvchan yoki mo’rt bo’ladi. Metalldan buyumlarni yasashda ularga mos ashyolarni tanlash uchun metallarning xossalarini bilish zarur.
Po’lat va cho’yan – temir va uglerodning qotishmasidir. Lekin po’latning tarkibidagi uglerod cho’yandagidan kam, 2 foizgacha bo’ladi. Cho’yandagi uglerod 2-4 foizni tashkil etadi. Cho’yan tarkibida kremniy, marganest, fosfor va oltingugurt ham bo’ladi. Cho’yan mo’rt, qattiq qotishmadir.
Metallar issiqlik va elektr tokini o’zidan yaxshi o’tkazadi. Metallarning ana shu xossasini fizika fanidan batafsil bilib olasiz. Metallarga ishlov berishda ularning qattiqlik, elastiklik, plastiklik va mo`rtlik kabi mexanik xossalarini bilib olishimiz muhim ahamiyatga ega.
Metallning qattiqligi uning boshqa narsalar, ya’ni qattiqroq jismlar ta’siriga qarshilik qobiliyati bilan belgilanadi. Agar po’lat plastinka ustiga qo’yilgan kernerga bolg`a bilan urilsa, plastinkada kichkinagina chuqurcha hosil bo’ladi. Bordi-yu, bu ish mis plastinka bilan qilinsa, chuqurcha kattaroq bo’ladi. Bundan po’lat misga nisbatan qattiqligini anglash mumkin.
Metallning elastikligi deganda metallning kuch ta’siridan keyin yana o’z holatiga qaytishiga aytiladi. Po’latdan va misdan tayyorlangan prujinalarni bir paytda tortib va qo’yib yuborib ko’ring. Bunda po’lat prujina yana o’z holatiga kelishini, mis prujina esa cho’zilganicha qolishini ko’rasiz. Demak, po’lat misga nisbatan bukiluvchan ekan.
Metallning plastikligi deganda esa agar metall tashqi kuch ta’sirida o’z shaklini o’zgartirsayu, lekin sinmasa, uni plastik metall deyiladi. Metallning mana shu xossasidan uni tekislashda, bukishda, yoyishda va shtampovkalashda keng foydalaniladi.7
Metallning mo’rtligi – metallning ortib boradigan kuchlarga qarshilik ko’rsatish qobiliyatidir. Masalan, cho’yan plitaga bolg`a bilan urilsa, u sinadi. Cho’yan mo’rt metalldir.
Qora metallar qotishmalaridan tayyorlanadigan buyumlar
Cho’yan mo’rt, qattiq qotishma bo’lganligi uchun undan kuchli zarb tushmaydigan buyumlar tayyorlashda foydalaniladi. Masalan, cho’yandan isitish radiatorlari, stanok staninalari, korpusli detallar va boshqa shu kabi buyumlar tayyorlanadi.
Cho’yanni marten pechlarida, konvertorlarda va elektr pechlarda po’lat lomlari bilan aralashtirib po’lat hosil qilinadi.
Po’lat ham cho’yan singari kremniy, fosfor, oltingugurt va boshqa elementlarning aralashmasiga ega. Ammo bular cho’yandagidan kamroq bo’ladi. Po’lat faqat qattiq bo’lishi bilan birga bukiluvchan hamdir. Shuning uchun unga mexanik ishlov berish qulay. Po’latning yumshoq va qattiq xillari mavjud. Sizlar tunukani, ya’ni yumshoq yupqa po’lat listni bilasiz. Qattiqroq po’latdan simlar, mixlar, burama mixlar, parchinmixlar va boshqa buyumlar tayyorlanadi. Juda qattiq po’latdan metall konstrukstiyalar, asbobsozlik po’latidan kesuvchi asboblar tayyorlashda foydalaniladi. Asbobsozlik po’latining tarkibida uglerod va boshqa aralashmalar ko’pligi sababli u konstrukstion po’latga nisbatan qattiqroq va mustahkamroqdir.
O`lchash, rejalash va dastlabki ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash va ishlash usullarini o`rganish
Tayyorlanayotgan detal shaklining berilgan chizmaga nisbatan to’g`riligini bilish uchun uni tayyorlash jarayonida o’lchash asboblari bilan tekshiriladi. Ular shkalali va shkalasizlarga bo’linadi. Shkalali asboblarga: chizg`ich, shtangenstirkul, mikrometr va boshqalar kiradi.
Chizg`ich yordamida 1 mm aniqligi bilan tashqi va ichki o’lchamlar o’lchanadi (1-rasm, a).
Shtangenstirkul (1-rasm, b) yordamida tashqi va ichki diametr uzunlik, qalinlik, chuqurlik va boshqalar o’lchanadi. o’lchash aniqligi 0,5 mm. Konus yordamida aniqligi (0,1; 0,05; 0,02 mm) bilan o’lchash mumkin.
Mikrometrlar tashqi o’lchamlarni 0,01 mm aniqlik bilan o’lchash imkonini beradi. Ularni tokarlik ishlarida ham o’lchash uchun ishlatiladi (1- rasm, d).
|
| |