Texnologik ta`lim




Download 5,9 Mb.
bet4/18
Sana20.05.2024
Hajmi5,9 Mb.
#245314
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
7-sinf texnologiya yoʻnalishi boʻyicha metallarga ishlov berishni oʻrgatish uslubini ishlab chiqish

1-rasm. Shkalali o’lchov asboblari: a) chizg`ich; b) shtangenstirkul; d) mikrometr

S hkalasiz asboblarga (2-rasm) go’niya, malka, kronsirkul, nutromer va boshqalar kiradi. Go’niya, malka (2-rasm, a, b) to’g`ri-burchakni o’lchashda eng ko’p ishlatiladigan asboblar turiga kiradi. Detalni tayyorlash jarayonida uning o’lchamlarini tekshirish uchun kronsirkul va nutromer ishlatiladi. (2-rasm, d, e). Shablonlar (2-rasm, f, g) detallarning murakkab profilini tekshirish uchun ishlatiladi.




2-rasm. Shkalasiz o’lchash asboblari: a) go’niya; b) malka; d) kronstirkul; e) nutromer, f) radius shablonlari; g) rezba shablonlari
A ylanalar chizish uchun stirkul ishlatiladi (3-rasm, a). Konussimon chuqurchalar tushirish uchun kernerdan foydalaniladi (3-rasm, b).


3-rasm. Belgilash usullari: a) aylana chizish;
b, e) chizg`ich, goniya yordamida chiziqlar chizish; d) kerner bilan belgilash

Tekislash – qiyshaygan, notekis metall zagotovkalarining sirtini plita, bolg`a yoki to’qmoq yordamida tekislash yoki zagotovka sirtiga boshqacha geometrik shakl berishdan iborat chilangarlik operastiyasidir. Yupqa listli metall zagotovkalar qaychi bilan qirqilib, zubilo bilan kesilgandan keyin rejalashdan oldin tekislanadi.


Yupqa listli metall (po’lat, mis, alyuminiy) qalinligi 0,5 mm gacha bo’lsa, yog`och taxtacha — tekislagich bilan to’g`rilanadi. Buning uchun zagotovka tekis va qattiq yuzaga qo’yilib, taxtacha zagotovka ustida u yoq, bu yoqqa yuritiladi (4-rasm, a). Qalinligi 0,5 mm dan ortiq metall listlari to’qmoq bilan tekislanadi (4-rasm, b).

a) b)
4-rasm. Zagotovkani tekislagich va to’qmoq bilan to’g`rilash.
5-rasm. Detal namunasi asosida rejalash

Rejalashni andoza-detalning tekis namunasi yordamida bajarish mumkin. Bunda andozani zagotovkaning ustiga qo’yib bosib turiladi (buning uchun maxsus qisqichlardan ham foydalanish mumkin) va andozaning atrofini chizg`ich bilan aylantirib chizib chiqiladi (5-rasm).


Chizma bo’yicha to’g`ri burchakli detallarni rejalash uchun avval 8zagotovkaning baza cheti aniqlanadi va baza belgisi chiziladi. Undan boshlab rejalash amalga oshiriladi: chizg`ich bo’ylab baza belgisi ustidan chiziladi (6-rasm, a), burchaklik bo’ylab 90° li ikkinchi baza chizig`i o’tkaziladi (6-rasm, b), chizg`ich harakatlanayotgan tomonga biroz og`dirilib, qattiq bosib chiziladi (6-rasm, d).




Download 5,9 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 5,9 Mb.