• Xayrullayeva Sarvinoz Tolibovna Buxoro viloyati, Vobkent tumani 25- umumiy o`rta ta`lim maktabining texnologiya fani o`qituvchisi Annotatsiya
  • Kalit so`zlar
  • Texnologiya darslarida qo`l mehnatidan foydalanish xayrullayeva Sarvinoz Tolibovna




    Download 0.77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana20.09.2023
    Hajmi0.77 Mb.
    #83119
    TuriИсследование
      1   2
    Bog'liq
    Xayrullayeva Sarvinoz Tolibovna
    2-Amaliyot topshiriqlari, Конс5пект отк55рытого56, Tasviri5y sana’tni o’qitish texnolo5giyasida didatika va metodika5, Qo198555445585, 1426069169 60401426069169 604044, 2-mustaqil ish Normamatov A, Amaliy mashg\'ulot-5, KUNDALIK NAMUNA, Mavzu boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga savod o’rgatish davrida , xx asr o`zbek adabiyoti, 425 02.08.2022, 1-kurs. sirtqi. O\'zbekistonning eng yangi tarix., 9-mavzu Katta guruhlar psixologiyasi, Mavzu XIX asrning 2 yarmi XX asrda jaxon pedagogika faning rivo


    Международный научный журнал №6 (100), часть1 
    «Новостиобразования: исследованиев XXI веке» январь, 2023г 
    1298 
    TEXNOLOGIYA DARSLARIDA QO`L MEHNATIDAN FOYDALANISH 
     
    Xayrullayeva Sarvinoz Tolibovna 
    Buxoro viloyati, Vobkent tumani 25- umumiy o`rta ta`lim maktabining texnologiya 
    fani o`qituvchisi 
    Annotatsiya:ushbu maqolada texnologiya darslarining maqsadi va uni o`qitishning 
    turli sinflarga xos xususiyati haqida bayon etilgan bo`lib, qo`l mehnatidan foydalanish 
    borasida ham fikr mulohazalar yuritilgan. Qo`l mehnatining texnologiya darslarida 
    foydalanilishi ham muhim jihat hisoblanadi. 
    Kalit so`zlartexnologiya fani, xavfsizlik texnikasi, qo`l mehnati, mehnat madaniyati. 
    Mehnatga o’rgatishda bolaning imkoniyatlarini nazarda tutib, hissiy bilish jarayonini 
    takomillashtirish zarur. Bundan tashqari bolaning xotirasini o’stirish ham alohida 
    ahamiyatga ega. Texnologiya fani bo’yicha o’quv materiallarni eslab qolish boshqa 
    predmetlarga nisbatan o’ziga xos xususiyatlarga ega. Barcha yangi asboblar, materiallarni, 
    operatsiyalarning nomini boshlang’ich sinf o’quvchilari so’z nomini, predmetini ko’rib idrok 
    etish bilan fikran biriktirib, tinglab fahmlaydilar, tushunib oladilar. 
    O’qituvchi texnologiya darslarida faqat tushuntiribgina qolmay, balki asosan 
    materiallar va buyumlar namunasini, asboblarni materialga ishlov berish usullarini, ish 
    bosqichlarini izchilligini ko’rsatadi. Shuning uchun texnologiya ta’limida eshitish, ko’rish 
    xotirasi va harakatlanuvchi xotira muhim rol o’ynaydi. O’quvchilarda texnologiya darsidan 
    yangidan-yangi bilim va ko’nikmalar mujassamlashib boradi, ularni esa anglash va xotiralab 
    qolish kerak. 
    Qo’l mehnatiga o’rgatishda boshqa fanlarni o’rgatishda bo’lganidek, o’qitishning 
    xilma-xil usullarini qo’llab, ular yordamida o’quvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalarini 
    egallab olishlariga, shuningdek bilish qobiliyatlarini rivojlanishiga erishiladi.
    O’quvchilar bayon etilayotgan aynan buyumni emas, balki o’z so’zlari bilan buyumni 
    bajarilishini eslashlari talab etiladi. Biroq, asosiy o’rinni hali ham namuna, tayyor ko’rgazma 
    bo’yicha ishlash egallaydi. Hozirgi zamon maktabi darsning zamonaviyligini oshirdi, 
    takomillashtirishda va unga sayqal berdi. O’qituvchi darsga tayyorlanar ekan, har bir tayyor 
    mavzu mazkur dars uchun uning maqsad va vazifalariga muvofiq keladigan ishni usul va 
    ko’rgazmali qurollarni tayyorlaydi. 
    Qo’l mexnati darslarida odatda bir yoki ikki asbobdan foydalaniladi, ularni esa 
    navbatchilar tarqatadi. Stolning ustida diqqatni chalgi`tadigan hech qanday ortiqcha narsa 
    bo`lmasligi kerak. 
    Ish xonasida o`quvchilarga asboblarni ishlatish va saqlash qoidalarini eslatib turuvchi 
    plakat – eslatmalar osig`lik bo`lishi kerak. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga to`liq rioya qilish 
    baxtsiz hodisalarning oldini oluvchi ishonchli garovidir. Asboblarni ishlatish qoidalarini 


    Международный научный журнал №6 (100), часть1 
    «Новостиобразования: исследованиев XXI веке» январь, 2023г 
    1299 
    o`quvchilar vaqti-vaqti bilan takrorlab turishi lozim. U yoki bu qoidani tushuntirishda 
    o`qituvchi nima uchun aynan shunday qilish kerakligini, bu qoidalarga rioya qilinmasa 
    qanday hodisalar ro`y berishi mumkinligini uqtirishi lozim. Xavfsizlik texnikasining barcha 
    qoidalari so`zsiz bajarilishi lozim. 
    Ish xonalarida ishlash va asboblardan foydalanish bo`yicha texnika xavfsizligi 
    qoidalarni quyidagicha umumlashtirish mumkin. 
    1. Ish xonasiga faqat o`qituvchi ruxsati bilan kiriladi. 
    2. Xar bir o`quvchi faqat o`z ish joyida ishlaydi. Agarda ish jamoa ravishda qilinadigan 
    bo`lsa, o`quvchilar o`z majburiyatlarini yaxshi biladilar. 
    3. Ish faqat o`qituvchining ruxsati bilan boshlanadi. 
    4. Ishni boshlashdan oldin, ish joyini tayyorlab, asboblarni to`g`irlab va qulay 
    joylashtirish kerak. O`ng qo`l bilan ushlanadigan asboblarni o`ng tomonga, chap qo`l bilan 
    ushlanadiganini chap tomonga qo`yish kerak, sanchiladigan, kesadigan asboblarni hech 
    qachon ikkita asbob orasiga qo`yma, ularni doimo o`z joyiga, o`tkir tomonini narigi, 
    dastasini bajaruvchining tomoniga qaratib qo`yish kerak. Asboblarni o`ynamaslik kerak, 
    ular o`yinchoq emas. 
    5. Ish vaqtida ish joyini tartibli saqlash lozim. 
    6.O`tmas yoki buzuq asbob bilan ishlamaslik kerak. 
    7. Asbobni ishlatganda, uni o`qituvchi ko`rsatganidek ushlash lozim. 
    8. Asboblarni asrab, ularni to`g`ri, o`z o`rnida ishlatib, ishlatgandan so`ng ularni
    tozalab, yuviladiganlarini yuvib, artadiganlarini artib qo`yish kerak. 
    9. Narsani, xar bir detalni oldingi safargidan yaxshiroq, chiroyliroq, tartibliroq 
    qilishga harakat qilish lozim. 
    Texnologiya ta’limini to’g’ri tashkil etish bolalarni qiyinchiliklarni yengishga
    qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida matonat va qa`tiyat bilan kirishishga, boshlangan ishni 
    chala tashlab ketmay, balki oxiriga yetkazishga o’rgatish lozim. Bu o’rinda ijobiy natijalar: 
    mehnatdan quvonish, lazzatlanish va qoniqish hissiyotlarining namoyon bo’lishi juda 
    muhimdir. 
    Ko`rilgan choralarga qaramay sinfda baxtsiz hodisa ro`y bersa, o`qituvchi birinchi 
    yordamni ko`rsatishi va maktab vrachini chaqirishi lozim. Ish xonasida yod, bint solingan 
    aptechka bulishi shart. 
    Boshlang`ich sinf qo`l mehnati darslari uchun o`quvchilar shaxsiy papkalarini 
    qo`llanilishi 1-3 sinf o`quvchilariga qo`l mehnati darslarini metodik to`g`ri tashkil etish va 
    ularni muntazam o`tkazish imkonini beradi. 
    Bunday papkalarning qulayligi shundaki, unda xar bir o`quvchi dars vaqtida kerakli 
    xamma narsalarga asboblar, materiallar, buyumlarga ega buladi. Papka o`quvchilarga 
    mehnat madaniyati malakalarini singdirishda yordam beradi. Shuningdek, papka 
    o`quvchilarda o`z ish joylarini va mehnat jarayonini uyushtirish, ko`nikma hamda 
    malakalarini shakllantirishga xam yordam beradi. Bunday eng oddiy mehnat malakalarini 


    Международный научный журнал №6 (100), часть1 
    «Новостиобразования: исследованиев XXI веке» январь, 2023г 
    1300 
    o`quvchilarda birinchi sinfdagi dastlabki qo`l mehnati darslaridan boshlab shakllantira 
    borish va ularni asta-sekin takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. 
    Mehnat tarbiyasi bolalarda mehnatga munosabatni tarbiyalashda muhim omil 
    bo`lib, dars va sinfdan tashqari ishlarning asosiy o`zagi hamda maktabning hayot bilan 
    aloqasini mustahkamlovchi asosiy yo`llardan biridir. Shu nuqtai nazardan qaraganda 
    o`quvchilarni mehnatga ruhiy va amaliy tayyorlash maktabning asosiy ta`limiy va tarbiyaviy 
    vazifalaridan biri vo`lib qolishi kerak. 

    Download 0.77 Mb.
      1   2




    Download 0.77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiya darslarida qo`l mehnatidan foydalanish xayrullayeva Sarvinoz Tolibovna

    Download 0.77 Mb.
    Pdf ko'rish