|
Texnologiya darslarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishBog'liq Raxmatova Malika Qudratovna часть
2
«
Научный импульс
»
Декабрь
, 2022
1884
xom-ashyo va materiallarini ishlov berish usullari majmuasini tizimlashtiruvchi fanni
anglatadi. Shuning uchun bo’lsa kerak, ba’zida uni «texno» - hunar yoki san’at, «logos» -
fan deb, buyum olish uchun xom-ashyolarga ishlov berish san’ati haqidagi fan sifatida
e’tirof etishadi. Shu nuqtai nazardan bo’lsa kerak, Yevropa mamlakatlarida, jumladan
Germaniya va Rossiya maktablarida «Mehnat ta’limi» o’quv predmetini «Texnologiya» yoki
«Texnologik ta’lim» deb yuritilishi maqsadga muvofiq hisoblayman. Bundan tashqari,
o'quvchilarni texnologiya darslarida texnik ijodkorlikni, qobiliyatini, tafakkurini
rivojlantirish, dars jarayonida turli va tabiiy hamda metall va metallmas materiallarga
texnologiya asosida ishlov berish usullarini o‘rgatish orqali kasb-hunarga yo‘naltirishni
yanada kuchaytirish, xalq hunarmandchiligi asoslari, ro‘zg‘orshunoslik, elektrotexnika
ishlarini bajarishda kasb-hunarga yo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash
hamda ularni hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirish ko‘zda tutilgan. Umumiy o‘rta
ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi - o‘quvchilarda
texnik-texnologik hamda texnologik jarayon davomida bajariladigan operatsiyalar
yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo‘llash, kasb-
hunar tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha
olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida
texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy vazifalari: materiallar va ularning xossalari,
xususiyatlari hamda texnik obyekt va texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish;
texnik obyekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umummehnat
operatsiyalarini bilish;
texnologik jarayonlarni boshqarish, maxsus va umummehnat operatsiyalarini
amaliyotda qo‘llay olish;
texnik va kreaktiv fikrlashni, intellektual qobiliyatlarini shakllantirish; texnologik
jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni bajarish ketma-ketligi hamda mahsulot sifatini tahlil
qila olish;
buyum va jarayonlarni bajarishga oid xulosalar chiqarish hamda mehnat
operatsiyalarini, mahsulot sifatini baholay olish;
ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash ishlarini amalga oshirishda tayanch va
texnologiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fani boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida
umumlashgan holda, 5-9-sinflarda “Texnologiya va dizayn”, “Servis xizmati” yo‘nalishlarida
o‘qitiladi.
Texnologiya fanidan darslarda grafikli organayzerlardan foydalanish muhim
ahamiyatga ega bolib, mavzuga oid ma`lumotlarni og’zaki ravishda o`zlashtirish ko`rsatkichi
10% bolgan sharoitda dars otish samarasiz boladi. Darslar davomida o`quvchilarga o`quv
materialni ko`rgazmali shaklda taqdim etish lozim. O`quv materialini korgazmali taqdim
etish orqali o`qitish samaradorligi natijaviyligiga erishish mumkin. Chunki, xalqimizda bir
naql bor «Ming marta eshitgandan ko`ra, bir marta ko`rgan yaxshi». Shunday ekan,
Международныйнаучныйжурнал
№
5
(100),
|
| |