Texnologiya umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik




Download 33,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/148
Sana27.05.2024
Hajmi33,06 Mb.
#254829
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   148
Bog'liq
5-texnologiya (2)

duradgorlik dastgohi
deb 
nomlanadi (6-rasm).
Dastgoh barcha turdagi duradgorlik 
ish lari bajariladigan, maxsus oyoqlarga 
о‘r natilgan ish stolidan iborat bо‘lib, 
unda arralash, randa lash, о‘yish-teshish, 
qismlarni biriktirish kabi ishlar bajarila-
di. Stol ning asosiy qismlari bо‘ylama va 
kо‘ndalang tiskilardan, ponalar о‘rnatish 
uchun teshiklar ochilgan ish taxtasi va 
asbob-uskunalar qо‘yish uchun moslan-
gan novdan iborat.
Duradgorlik dastgohidan foydalanish-
da dastgohning balandligi о‘z bо‘y-bas-
tingizga qarab moslanadi. Dastgoh ba-
land ligining о‘z bо‘ yingizga mosligini 
tek shirishda qaddingizni bukmagan hol da 
ik ka la qо‘lingiz kaftini dastgoh ish taxtasi 
ustiga qо‘yasiz
 
(7-rasm, a). Bu holda qaddingiz bukilmasdan qо‘l kaftingiz ish tax-
tasiga yetsa, ish о‘rnining balandligi bо‘yingizga mos hisoblanadi. Bundan tashqari, 
duradgorlik dastgohlarini о‘z bо‘yingizga moslash imkonini beradigan yog‘och tag liklar 
bо‘lib, ular yordamida ish taxtasi balandligini о‘zgartirish mumkin (7-rasm, b). 
1
2
3
5
4
6-rasm.
Duradgorlik dastgohi tuzilishi: 
1 – oldingi (bо‘ylama) iskanja; 2 – ish taxtasi; 
3 – nov; 4 – orqa (yon) iskanja;
5 – asboblar tokchasi.
a) b)
7-rasm.
Duradgorlik dastgohining balandligini tekshirish (a) va yog‘och taglik (b).
2 – Texnologiya, 5-sinf


18
18
Usta
xonada barcha mehnat topshiriqlarini bajarishda xavfsizlik texnikasi qoida-
larini yaxshi bilib olish va ularga to‘liq rioya etish lo zim. Bu qoidalar quyidagilardan 
iborat:
1. Ish kiyimi to‘g‘ri kiyilganini tekshirish (xalatning qo‘l va old tugmalari qadalgan 
bo‘lishi kerak), bo‘yinbog‘ uchlarini qistirish.
2. Ish o‘rnini, asboblarni ko‘zdan kechirish va ishlatishga tayyor ligini tekshirish. 
3. Kesuvchi asboblarning tig‘i o‘tkir yoki o‘tmasligini tekshirish. Ular bilan ish-
laganda gaplashmasdan, hushyorlik bilan ishlash.
4. Elektr asboblaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish.
5. Asboblar va xomashyolarni ehtiyotkorlik bilan ishlatish.
6. Faqat ishga yaroqli asboblardan foydalanish, ularni o‘z o‘rnida ishlatish, 
asbob larni ish o‘rniga ulardan foydalanish uchun qulay ho latda joylashtirish.
7. O‘qituvchining ruxsatisiz ish o‘rnidan uzoqlashmaslik.
8. Har bir ish turi uchun belgilangan xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya 
qilish.
9. Ish joylarini almashtirib kо‘chib yurmaslik, boshqa ish о‘rinla ridagi asbob-
uskunalardan ruxsatsiz foydalanmaslik.
10. Ish o‘rnini payraha va qipiqlardan maxsus cho‘tka bilan toza lash.
11. Ishdan keyin qolgan materiallar va tugatilmagan ishlarni nav batchiga top-
shi rish.
12. Ish yakunlangandan keyin ish qurollarini ko‘zdan kechirish, belgilangan joy-
larga qo‘yish, nosoz asboblar to‘g‘risida o‘qituvchini ogohlantirish.
13. Ish oxirida kiyimni almashtirish, qo‘lni yuvish.
14. Mashg‘ulot jarayonida xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilgan va jarohatlanish 
yuz bergan hollarda yoki o‘zingizni yomon his qilsangiz darrov o‘qituvchiga xabar 
qilish.

Download 33,06 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   148




Download 33,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiya umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik

Download 33,06 Mb.
Pdf ko'rish