66
ZAMONAVIY TEXNIKA VA
TEXNOLOGIYALAR
b
o
b
-
1-§. MEHNAT jARAYONINI TASHKIL ETISHDA TEXNIKA VA
TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI VA ROLI
Mamlakatimizda xalq hunarmandchiligi qadimdan rivojlangan bo‘ lib, yog‘och-
ga ishlov beruvchi hunarmandlar duradgorlar, naq qosh lar, ganchkorlar, yog‘och
o‘y ma korlar deb atalgan bo‘lsalar, metallga qizdirib ishlov beruvchi hunarmandlar
te mirchilar, sovuq holda ishlov beruvchi hunarmandlar chilangarlar deb atalgan.
Xalq hunarmandchiligi har bir xalqning, tarixiy rivojlanishi, milliy qadriyatlarini
ifodalaydigan soha bo‘lib, uning ma’naviy, moddiy va madaniy merosi hisoblanadi.
Bugungi kunda ish qurollarining takomillashishi, yangidan yangi moslama va
mexanizmlarning ixtiro etilishi tufayli qo‘l mehna tini yengil lash tiradigan, mehnat
unumini oshirish imkonini beradigan ma shi na lar yaratildi.
Mashinasozlik sanoati va uning barcha tarmoqlarini taraqqiy eti shi, ishlab chiqa-
rishning mexanizatsiyalashtirilishi va avtomatlashtiri lishi yog‘och va metallga ishlov
berish sohasidagi ishlarning takomilla shishiga va tarmoqlanishiga katta ta’sir ko‘r -
satdi.
Mexanizatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy samarasi ishlab chiqarish usu liga bog‘liq.
Ishlab chiqarishning mexanizatsiyalash tiri lishi va avtomat lash ti rili shidan qat’i
nazar, bunda albatta, asbob-uskuna, mexanizm va mashinalarni, stanoklarni ishga
sozlash, ta’mirlash kabi ish lar qo‘lda bajariladi.
Mexanizatsiyalash darajalari
1-shaklda berilgan.
Mehnat jarayonini tashkil etish
– mahsulot ishlab chiqarishda ishlarni belgi lan-
gan tartib-qoidalar va xavfsizlik texnikasi hamda sanitariya-gigiyena talablari asosida
olib borishdan iborat.
Texnika
so‘zi yunoncha “
techne
” – san’at, ustalik, mahorat kabi ma’nolarni angla-
tadi. Kengroq ma’noda oladigan bo‘lsak: