• Muammoli topshiriq
  • METALLGA ISHLOV BERISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI Texnologik xaritada belgilan gan texnologik jara yonga qat’iy rioya qilish tex- nologik
  • Texnologiya umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik




    Download 33,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/148
    Sana27.05.2024
    Hajmi33,06 Mb.
    #254829
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   148
    Bog'liq
    5-texnologiya (2)

    Mustahkamlash uchun savollar
    1. Metallga ishlov berish ustaxonasining tuzilishini tushuntirib bering.
    2. Chilangarlik dastgohi deb nimaga aytiladi?
    3. Chilangarlik tiskisi tuzilishiga ko‘ra qanday qismlardan iborat?
    4. Siz chilangarlik tiskisini bo‘yingizga mosligini qanday tekshirasiz?
    Ja vobingizni misollar bilan tushuntirib bering.
    Muammoli topshiriq
    54-rasmda berilgan qо‘l kaftining qaysi holati asbob dastasini mustahkam 
    tutish imkonini beradi? Sababini tushuntirib bering.
    a – holat b – holat
    54-rasm.
    Qо‘l kaftining kо‘rinishi.


    47
    47
    15-§.
    METALLGA ISHLOV BERISHDA XAVFSIZLIK 
    TEXNIKASI QOIDALARI
    Texnologik xaritada belgilan gan texnologik jara yonga qat’iy rioya qilish 
    tex-
    nologik
    intizom
    deb ata ladi.
    Texnologik intizomga rioya qilish ishlab chiqarishning normal borishini, mah su-
    lotning yuqori sifatli bo‘lishini, mehnat unum dorligini va buyum tannarxining ka-
    mayishini ta’minlaydi. 
    Metallarga ishlov berish ustaxonasida ishlarni bajarishda intizomga va xavfsizlik 
    texnikasi qoidalariga qat’iy amal qilish belgilangan. Bu qoidalar quyidagilardan iborat: 
    1. Mehnat intizomini saqlang, xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy amal 
    qiling. O‘qituvchining ruxsatisiz ish o‘rnini tashlab ketmang. Uskunalarga ortiqcha 
    teginmang, o‘quv mashg‘ulotida boshqalarga xalaqit bermang. 
    2. Metallga ishlov berish ustaxonasiga kirganda maxsus ish kiyi mida bo‘lish, 
    kiyimning barcha tugmalari qadalishi, kiyim yengidagi manjet qo‘l uchini siqib 
    turishi yoki tugmasi qadalgan bo‘lishi kerak. Galstuk va sharflar osilib qolmasligi, 
    sochlaringizni bosh kiyimi to‘liq yopib turishi lozim.
    3. O‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni belgilangan tartibga rioya qil-
    gan hol da bajaring. Ishni texnologik xarita asosida yoki ko‘rsa tilgan usullar bilan 
    olib bo ring. Vazifalarni bajarishda tana holatini to‘g‘ri saqlashga e’tibor bering.
    4. Metallga ishlov berishda tiskilar ishga yaroqli bo‘lishi, unga qistiriladigan 
    buyumlarni mahkam tutib turishi, dastgohlarga puxta o‘rnatilishi kerak. Tiskilarning 
    jag‘lari nosoz bo‘lmasligi shart.
    5. Tiskilarga detallarni o‘rnatishda ularni qotirishni faqat qo‘l kuchi bilan bajaring. 
    Detalni tiskidan chiqarib olishda uni chap qo‘lda tutib, tiskini ohista bo‘shating.
    6. Bolg‘a, bosqon, yog‘och to‘qmoq kabi zarb beruvchi asboblar ning dastalari 
    pishiq yog‘ochlardan tayyorlanishi va ular puxta o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
    7. Zubilo, kreysmeysel, chekich, sumba kabi zarb ta’sir etuvchi asboblarning 
    kallaklari ezilmagan bo‘lishi kerak. Ezilgan kallakli as bob lardan foydalanishga ruxsat 
    etilmaydi.
    8. Chilangarlik dastgohida ishlaganda ehtiyot to‘sqichi mustah kamligini tekshirib 
    oling.
    9. Mo‘rt metallarga ishlov berishda ulardan uchib chiqqan metall kukunlari ko‘zga 
    tushmasligi uchun ehtiyot ko‘zoynagini taqib oling.
    10. Ish o‘rnini tartibli va toza tuting. Ish joyini metall parchalari va kukunlardan 
    faqat cho‘tka yordamida tozalang.
    11. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinmaganda yoki shi kastlanish holati 
    yuz berganda darhol o‘qituvchiga xabar qiling.


    48
    48

    Download 33,06 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   148




    Download 33,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiya umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik

    Download 33,06 Mb.
    Pdf ko'rish