156
156
Ushbu jarayonni bir necha marotaba takrorlab ko‘ring. So‘ngra
bir-biringizni
tekshiring.
Har qanday rusumdagi mashinada ishlashdan oldin tikuv mashina sining ishga
yaroqli ekanligiga ishonch hosil qilish kerak. Ishni
yakunlagunga qadar tikish
qoidalariga rioya qiling. Bu sifatli mahsulot yaratish garovidir. Siz qo‘l choklarini
tikishni o‘rganib oldingiz. Mashina choklari deganda nimani tushunasiz? Agar
yaxshilab tahlil qilsak, ikkala chok ham bir-biri bilan chambarchas bog‘liq.
Baxyaqatorning sifatli chiqishida qaviqqatorning o‘rni katta.
Baxyaqator hosil bo‘lishi uchun ostki
ip moki ichi dagi naychadan, ustki ip
g‘altakdan keladi. Ignaning ostki va ustki iplari chatishishi
natijasida baxyaqator
hosil bo‘ladi. Baxyaqatorning uzun ligi buyumning yupqa yoki qalinligiga qarab
belgilanadi. Buyumni tikish dan oldin va yakunida baxyaqator mustahkamlanadi.
Bunda bizga ipni uzun-qisqa qiluvchi mashina moslamasi yordam beradi.
Tikuv mashinasida baxyaqator tikishda nimalarga rioya qilish
kerak?
Tikuv mashinasida ishlashda amal qilinadigan qoidalar
1.
Mashina chokining turi, gazlamaning qalin-yupqaligiga qarab igna va ip
tanlanadi.
2. Ustki va ostki iplarning raqami bir xil bo‘lishi kerak.
3. Iplarni o‘rnatish qoidalariga qat’iy rioya qiling.
4. Baxyaqatorning uzunligini tanlashda gazlama ning rangi, guli, yo‘llariga aha-
miyat bering.
5. Tikishdan oldin buyumni ignaning chap to moniga qu lay joylashtiring.
6. Baxyaqatorni shoshmas dan qo‘l choki bilan belgilangan chiziq bo‘yicha tiking.
7. Baxyaqator boshida va yakunida chokni mustah kam lashni unutmang.