132
Ishchi ishlaydigan maydon kengligi har ikkala ishlab chiqarish oqimlari uchun quyidagicha
tavsiya etiladi:
- tik turib bajariladigan dazmollash va qo'l ishi o'rinlarida -0,5;
- buyumni ish stoliga qo'yib, o'tirib bajaradigan operatsiyalarda - 0,55m;
- buyumni tizzaga olib, o'tirib bajaradigan operatsiyalarda - 0,75m;
Buyumni presslash ish joylarida issiqlikdan saqlash maqsadida to'siq ko'zda tutiladi.
Bunda:
- press bilan boshqa uskuna oralig`i ( ishchining ish joyi ko'zda tutilmagan bo'lsa) - K - 0,4-
0,8m;
- presslar oralig`i ( ishchining ish joyi ko'zda tutilsa)- L- 0,6 m yoki L- 0,40,6 m ( ishchining ish
joyi ko'zda tuilmagan bo'lsa);
- press bilan boshqa uskuna oralig`i ( ishchining joyi ko'zda tutilgan bo'lsa) - L-0,9 1,4 m;
- press bilan konveyer tasmasi oraliqi - K = 0,20,4m.
Ishlab chiqarish oqimida ish o'rinlarini joylashtirish ishlab chiqarish oqimdagi hamma ish
o'rinlarini 10 foiz miqdorida rezerv ish o'rinlari bo'lishini ham nazarda tutiladi.
Rezerv ish o'rinlari ish hajmi nisbatan ko'proq uchastkalarda yoki murakkabroq operatsiyalar
bajariladigan joylarda o'rnatiladi.
Ish hajmi nisbatan ko'proq uchastkalar moslik grafigi va murakkabroq operatsiyalar tartib
grafiklar bo'yicha belgilanadi. Ishlab chiqarish oqim boshlanadigan joyda bichiqlarni ishlab
chiqarish oqimga uzatish joyi mumkin qadar yaqin joylashtirilishi lozim. Tayyor buyum
ishlab chiqarish oqimidan chiqadigan joy esa tayyorlash buyumni omborga topshiriladigan joyga
mumkin qadar yaqin bo'lishi kerak.
Ishlab chiqarish oqimdagi ish o'rinlarining tehnologik sxema bo'yicha tashkiliy
operatsiyalarga mos tartibda joylashtirishdan so'ng, ishlab chiqarish oqimini sex maydonida
joylashtirishga kirishiladi.
Sexning kengligini 18 m olish tavsiya etiladi.
Ishlab chiqarish oqimlarini joylashtirishda sexning eni va uzunasi bo'ylab o'tish yo'llari
quyidagicha (5-rasmga qarang)
- Yon tomon devorlaridan ishlab chiqarish oqim boshlanadigan va tamom bo'ladigan
joygacha - 3,54.5 m;
- ishlab chiqarish oqimining yon tomonidan devorgacha- 1.11.2;
-ishlab chiqarish oqimlarining orasidagi yo'l (asosiy o'tish yo'li ) sexining uzunasi bo'ylab -
2.53.0 m ;
-ishlab chiqarish oqimlarining orasidagi yo'l (asosiy o'tish yo'lidan tashqari) sexning eni bo'ylab -
1.52.5;
-ishlab chiqarish oqimidagi ish o'rinlari bilan tirgak ustunlar oraliqi - 0.20.4 m;
Bichiq va tayyor buyumni tashish uchun sex maydonida liftlar ko'zda tutiladi. Liftning o'lchami
1,5*1,5m, yoki 2,0*2,0 m ga teng.
Yuqoridagi talablarga rioya qilib, sexning kengligi belgilanadi va sexning uzunligi
aniqlanadi. Ishlab chiqarish oqimiga buyumni tushirish va bitkazib chiqarish joyi borligiga qarab
o'tish yo'llarini kengligi qabul qilinadi. O'tish joylarida ishlab chiqarish oqimga buyumni
tushirish va bitkazib chiqarish o'rinlari bo'lganida o'tish joylari imkoni boricha kengroq qilib
belgilanadi, bo'lmaganida esa torroq qilib belgilanadi.
Tushuntirish xatida bu bo'lim bo'yicha quydagilar beriladi:
- bajarilgan sex planiga qisqacha ta'rif;
- 1: 100 masshtabida vatman chizma qog`ozidan loyihalashgan sexning plani.
Sexning ihtisoslashtirilishiga qarab qo'shimcha tikib bitqazib chiqarish uchun tikuv buyum
turlari tanlanadi va hisoblanadi. Natijalari 17- jadvalga tushiriladi.